4-mavzu. Mantiq



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana27.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#710095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
№4-Mavzu - uz

x
P


S


Juz’iy 
tasdiq hukm 

Ba’zi S–R 
S i P 

x(S(x) 

P(x)) 


S


Juz’iy 
inkor hukm 

Ba’zi S–P emas 
S o R 

x(S(x) 

)
)
(
x
P


S


Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: 
atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va 
xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq
qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga 
kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa 
bo‘ladi. 
Masalan: «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik xayvon emas». 
Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi 
hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining o‘zaro hech qanday umumiylikka ega 
emasligi haqida fikr bildirilgan. 
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun 
bo‘lakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati 
butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki 
sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. 
Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. 
Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda 
ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar 
o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli 
munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, 
yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi. 
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti 
fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi 
ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix 
o‘qituvchisi gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim 
ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz 
tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini 




o‘rganadilar» 
(juz’iy-yakka); 
«Gruppamizdagi 
ba’zi 
talabalar 
«Paxtakor» 
komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy). 
Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga 
bo‘linadilar. 
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada 
mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar 
(ehtimol yomg‘ir yog‘adi) ni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy 
hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chiqmaymiz, 
chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat 
hukmlarini munosabat hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin. 
SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi 
hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada 
qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma 
o‘qitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. 
Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar 
«va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal 
terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan 
hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning 
quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, 
ekvivalent. 
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning 
«va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil 
bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi». 
2.»A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Ahmad 
Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar». 
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog‘lanishidan hosil 
bo‘lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro 
bog‘langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo‘lgan ikki 
oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. O‘zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», 
«biroq", kabi bog‘lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar 
kon’yunksiya belgisi, «

« orqali ifodalanadi. 
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli 
belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm»p

q formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv 
hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma 
oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqa hamma 
holatlarda esa, xato bo‘ladi. Masalan, «YOlg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» 
hukmidagi birinchi oddiy gap «YOlg‘on gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmaganligi uchun, 
bu hukm chin bo‘lmaydi. 





CHin 
chin 
xato 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
chin 
xato 
xato 
xato 
Ayiruvchi (dizyunktiv) xukm deb «yo», «yoki», «yohud» mantiqiy bog‘lamalari 
vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki 
oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan 
ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida 
o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi 
bog‘lamalar «V» - dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) 
hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy 
hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa 
tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm (p

q) 


formulasi bilan, qat’iy dizyuktiv hukm 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish