METODIKASINING UMUMIY MASALALARI.
Reja:
1. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan algebraik matireallar va ularning xossalari.
2. Ifoda, amal komponentlari, sonli va harfiy ifoda tushunchalari.
3. O`zgaruvchili ifodalar haqida tushunchalar va mashqlar asosidagi tahlili.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Boshlang`ich sinflarda algebraik materiallar turkumiga nimalarni,
qanday elimentlarni
kiritamiz?
2. Algebra elementlari boshlang`ich sinflar matematikasiga qachondan boshlab kiritilgan va
ungacha qanday materiallar o`rgatilgan?
3. Algebraik materiallarning sinflar bo`yicha o`rgatilishning tahlili.
4. Ifoda va ifodaning qiymati tushunchalari nimani anglatadi va ularni farqlari.
5. Sonli va harfiy ifodalar. Ularning turlari va komponent nomlari bilan bog`liq
tushunchalar
tahlili?
6. O`zgaruvchili ifodalar haqida tushunchalar va mashqlar asosidagi tahlili.
7. a+b=, c·k=, k-m=, m:v= bular nimalar deyiladi va ularning komponent nomlarini aytib
tushuntiring.
8. a+b=, c·k=, k-m=, m:v= bularda qanday va a+b=d, c·k=l, k-m=g, m:v=e
bularda qanday tushunchalar o`rgatiladi.
9. Yuqoridagi ikkita tushuncha birgalikda kelganda qanday yangi tushuncha paydo bo`ladi?
10. Harfiy ifodalarni qanday turlari boshlang`ich sinflarda o`rgatiladi va ularga doir qanday
topshiriqlar bajartiriladi?
Boshqotirmalar bilan ishlash.
ИККИ ҚИСМЛИ КУНДАЛИК
Boshlang`ich matematika fanida o`rgatiladigan asosiy tushunchlardan
algebraik va noalgebraik
elementlar
Algebraik elementlar
Noalgebraik elementlar
Darslik bilan ishlash:
1-sinf darsligidan 91-110-mavzularni o`rgatilishini tahlil qilish.
Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash.
Masalalarni metodikasi bilan yeching.
1-masala.Bir ayol bozorda tuxum sotdi. 1-xaridor tuxumlarning yarmini va yana yarimta tuxum,
ikkinchisi qolgan tuxumlarning yarmini va yana yarimta tuxum, uchinchisi esa oxirgi 10 ta
tuxumni oldi. bu ayol bozorga nechta tuxum olib kelgan? uning tuxumlarini sindirishiga to‘g‘ri
keladimi?
2-masala.Sinfdagi o‘quvchilarning uchdan bir qismi musiqa to‘garagiga, chorak qismi tasviriy
san’at to‘garagiga qatnashadi. qolgan 15 nafar o‘quvchi hech qaysi to‘garakka qatnashmaydi.
sinfda necha nafar o‘quvchi bor?
3-masala.Palov tayyorlash uchun guruch va sabzi teng solinadi. go‘sht guruchdan 2 marta kam,
yog‘ guruchdan 4 marta kam. piyoz esa guruchdan 8 marta kam solinadi. agar 8 kg guruchdan
palov tayyorlamoqchi bo‘linsa, ularning har biridan necha kg sotib olish kerak.
4-masala.Do‘konga birinchi mashinada bir qancha ayollar ko‘ylagi va undan 4 marta ko‘p sumka
keltirildi. ikkinchi mashinada esa 8 ta ayollar ko‘ylagi va 1 dona sumka keldi. shunda do‘kondagi