4-mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti va asosiy manbalari



Download 71,69 Kb.
bet4/9
Sana06.07.2022
Hajmi71,69 Kb.
#744096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu Islom dini. Islom ta’limoti va asosiy manbalari

Uhud jangi

Makka zodagonlarining boshlig’i Abu Suf’yon payg’ambardan va musulmonlardan o’ch olishga qaror qiladi. U Madina vohasidagi Banu Nazir degan yahudiy qabilasi bilan yashirin til biriktirib, ulardan musulmonlar to’g’risida ma’lumotlar to’playdi. 625 yil 21 martda Uhud degan adirlikda jang bo’lganligi uchun «Uhud jangi» deyiladi. Bu jangda makkaliklardan 3000 otliq va tuya minggan askar va musulmonlardan ming kishilik lashkar Muhammad qo’mondon-ligida qatnashadi. Maydonga makkaliklardan pahlovon Abu Talha va madinaliklardan Bahodir Ali tushadi. Ali Talhani yengadi va musulmonlar hujum boshlab makkaliklarning markazi yanchib tashlanadi. G’alaba alomatlari ko’rina boshlaganda askarlardan bir qismi makkaliklar qarorgo-hidagi o’ljalarga tashlanadi. Bularni ko’rgan kamonchilar ham o’ljaga qarab ketadilar, natijada mudofaa mavqyei ochiq qoladi. Makkaliklarning 200 otliqdan iborat guruhi Hamid Ibn Valid boshchiligida musulmon qo’shinlarining o’ng qanotini osongina qirib tashlaydi. Madinaliklar chekina boshlagan paytda Muhammad boshiga urilgan qilichdan yaralanadi. Madinaliklar payg’ambarni jang maydonidan olib chiqadilar va tog’ orasiga yashiradilar. Jang maydonini aylanib chiqqan Abu Suf’yon musulmonlardan o’chini olganiga qanoat hosil qilgach, ularning iziga tushib ta’qib qilmasdan orqaga, Makkaga qaytadi.


Musulmonlar tog’ oralig’idan chiqib halok bo’lganlarni yig’adilar. Payg’ambarning, ular shahid (ya’ni islom dini uchun jang qilib fidoyi bo’lganlar), shu boisdan yuvish va kafan-lashga muhtoj emas, degan hukmi asosida o’z kiyimlarida dafn qiladilar. Bu keyinchalik aylanadi. Musulmonlar shaharga qaytgach, bir necha kun motam tutadilar. Ilk manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra, musulmonlardan 70-74 kishi, ular orasida payg’ambarning eng jangovar amakisi Hamza ham shu jangda halok bo’ldilar. Makkaliklar talofati esa 24 kishidan iborat bo’ldi.
Uhud jangidagi mag’lubiyatdan keyin Madinada bir oz kelishmovchilik, payg’ambarni ayblash bo’lib o’tadi, ammo umuman Muhammadning obro’siga putur yetmagan. Dushman bilan til biriktirgani va payg’ambar, uning safdoshlariga suiqasd uyushtirgani uchun Banu Nazir yahudiy qabilasi bilan urush olib boriladi hamda 625 yilning sentyabrida bu qabila ko’chirib yuboriladi.
Ularning yerlariga musulmonlar ko’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi.
Banu Nazir qabilasi bilan urush bo’lib turgan vaqtda bir necha musulmon qayerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o’zaro janjallashadilar. Shu munosabat bilan Qur’onning 5-Moida surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf qiladigan ichkilik harom, deb ko’rsatilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ichkilikni Qur’onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog’ini siqib olish kabi Allohning ne’matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat). Madinaga xijrat qilingach, oradan ko’p o’tmay, maydan ma’lum foyda ham bor, lekin uning foydasidan zarari ko’proq deyilgan (2-sura 219-oyat). Payg’ambarning yaqin safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so’ng) kayf bilan namozga kirib, Qur’on surasini buzib o’qiydi. 4-sura 43-oyatdagi «kayf holatingizda namozga yaqinlashmangiz», degan ko’rsatma ana shu hodisa bilan bog’liq hisoblanadi. Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad rahbarligida atroflardagi badaviy arablari musulmonlikka dohil qilindi, jamoa mustahkamlandi. Payg’ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo’mondon (lashkarboshi), ham ma’muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi.
Hijratdan keyingi o’tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlarni takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va ular keyinchalik islom shariatida mustahkam o’rin egallaydi. Bu qoidalarning asosiy qismi Qur’onning 2-al-Baqara («Sigir») va 4-al-Niso («Ayollar») suralarida bayon etilgan.(Qarang: Qur’oni Karim. Alouddin Mansur. «Cho’lpon».T. 1990 y. 6-35.54-71-betlar). 2-al-Baqara surasida jumladan, hijratning ikkinchi yilida Makkadagi Ka’ba tomon qibla, deb hisoblangan (2-sura, 143-150 oyatlar). Jihod urushlarida (islom dini uchun) halok bo’lgan kishilar shahid deb belgilangan (2 suraning 154-oyati). Musulmonlarga o’limtik go’shti, qon, to’ng’iz go’shti, Allohdan boshqa (sa-nam)larning nomini tilga olib so’yilgan hayvonlarning go’shti harom qilingan (2-sura 173-oyat). Qasos olish, o’lim oldidan o’z mol-mulkini vasiyat qilish, ro’za tutish, haj marosimlarini ijro etish (2-suraning 196-200-oyatlari), qurbonlik qilish (2-suraning 196-oyati) haqidagi qoidalar kiritilgan (2-suraning 178-187-oyatlari). Pora berish va pora olish ta’qiqlangan (2-suraning 188-oyati). Kayf qiladigan ichkilik ichish noma’qul deyilgan, maysir (arablar o’rtasida keng tarqalgan qimor o’yini) ta’qiqlangan (2-suraning 219-oyati). Oila-nikoh qoidalari, mahr berish, taloq, uch taloq, erdan ajralgan yoki eri o’lib beva qolgan ayollarning kutish muddatlari (addat-idda), farzandni emizish, otalik-onalik huquqi kabi (2-sura 226-243-oyatlar) qoidalar kiritilgan.
625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, yetim-yesirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o’tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ularning oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4-suraning 71-104-oyatlari).
Islom tarixida, sho’ro islomshunosligida va targ’ibotga moyil adabiyotlarda ko’pgina munozara, kelishmovchilikka sabab bo’lgan ko’p xotin olish (poligamiya) masalasiga alohida to’xtalib o’tmoq zarur. Bu masalaning tub tarixiy mohiyatini oyatning matnini tahlil qilmasdan tushunish qiyin. 4-suradagi 3-oyat «Oyat at-taadud az-zavjot» (ko’p xotinlilik haqidagi oyat) deb nomlangan. Uning arabcha matni quyidagicha: «Va ni xiftum allo tuksitu fi-l-yatomo fankixu mo toba lakum minan-nison masno va sulosa va rubo’a, fa in xiftum allo ta’dilu fa-voxidatan av mo malakat aymonikum, zolika adno allo ta’ulu», ya’ni «Agar yetimlarga nisbatan adolatsizlikdan qo’rqsangiz, u holda o’zlaringizga yoqqan ayollardan ikkitasini, uchtasini, to’rttasini nikohingizga olingiz. Ularga nisbatan teng bo’lolmaslikdan qo’rqsangiz, unda faqat bittasiga, yoki o’z qo’l ostingizda bo’lganlarga nikohlaningiz. Bu adolatdan chetlanmaslikka yaqinroq».
Ma’lumki, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to’qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi. Ulardan qolgan tul xotinlaru yetim bolalarning turmushi va ta’minoti masalasi paydo bo’lgandi. Yetimlar va bevalarni boqish, tarbiyalash maqsadida to’rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo’lsa bitta xotin olsin, hatto o’z cho’risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolarni hal qilish zaruriyati yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo’lish uchun payg’am-barning o’zi Uhud jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning yetim qolgan ikki o’g’ilchasini o’z tarbiyasiga oladi.
Feodalizm sharoitida o’rta asrlar musulmon mamlakat-larida diniy mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik g’oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun yetimlarga g’amxo’rlik emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg’ulari hamda oilaning mol-mulkini ko’paytirish, o’z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillarni qo’pol buzish bo’ldi.
-----------------------------
Xandak jangi va Xudaybiya ahdnomasi

627 yilning mart-aprel oylarida yuz bergan «Xandak jangi» islom tarixida muhim rol o’ynadi.


Makkada Abu Suf’yon 10000 kishidan iborat askar to’pladi, Muhammad payg’ambar esa 3000 askar to’play oldi. U Madina atrofiga xandak, ya’ni suv bilan to’ldirilgan chuqurlik qazdirdi. U 7 km uzunlikda va 4 metr kenglikda edi. Abu Suf’yon qo’shini 627 yilning 31 martida Madinaga yetib kelib, mudofaa inshootlarini ko’rib hayratga tushadi. U o’z qo’shini bilan Madinani qamalga oladi, lekin na piyodalar, na otliq askarlar xandak himoyachilarini yorib o’ta olmaydilar. Chunki Madina ahli mudofaachilarni o’q-yoy, oziq-ovqat, suv bilan muntazam ta’minlab turdilar, kamonchilar yaxshi mergan bo’lib dushmanga talofat yetkazardi. Qamal 15 kun davom etdi. Makka armiyasi oziq-ovqat, suvsizlikdan juda qiynaladi, norozilik va ruhiy tushkunlik kuchayadi. Natijada Abu Suf’yon 14 aprelda qamalni bekor qilib chekinishga majbur bo’ladi. Madinaliklar jangda g’alaba qiladi.
Makkaliklar qaytib ketgach, ahdnomani buzganligi uchun Quraysh qabilasiga hujum boshlanadi va tor-mor etiladi. Oqibatda ko’plab askarlar asir olinadi. 1500 ta qilich, 300 ta sovut, 100 ta nayza, 1500 ta qalqon, bir qancha tuya va boshqa hayvonlar o’lja olinadi, qabila yerlari, mol-mulki musulmonlar ixtiyoriga o’tadi va ular yersiz kishilarga bo’lib beriladi.
Xandak jangidan keyin arablarning islomga kirishi kuchaydi. Madinada diniy va siyosiy-ma’muriy tartiblar, ahloqiy masalalar mustahkamlandi. Masalan, xotin-qizlar yot kishilarga yuzini ko’rsatmaslik, sharm-hayoli bo’lish uchun yopinchiq yopinishi Qur’oning 24 va 33-suralarida nozil qilingan. Qur’onda tilga olingan «hijob» yopinchiq, ayolning yuzi va bo’yinlarini to’sib turadigan ro’molni, undagi «jilbob» degan ibora esa hovlidagi erkaklar va ayollar qismini ajratib turadigan to’siq, pardani anglatadi. Keyinchalik musulmon xalqlarida bu xilma-xil shakl kasb etgan. Hozirgi arab ayollarida hijob peshona va og’iz-burunni to’sib turadigan ro’mol, o’zbek va tojiklarda maxsus paranji-chochvon, afg’onlarda maxsus chodra, eroniylar, ozarbayjonlar, turklarda katta ro’mol, turkmanlarda esa yashmak va h.k. Namangan shahri va viloyatda «oq yopinchiq» deyiladi.
Qur’onda faxshlik atamasi bo’lib, u erkak va ayolning buzuqchilik qilishini, tanfurushlikni anglatadi. Bu ahloqsizlikka yo’l qo’ygan kishi o’lim jazosi yoki 100 darra urib jazolash belgilangan. O’rta asr sharoitida jamiyatni huquqiy va ahloqiy boshqarish uchun bunday chora-tadbirlar zarur edi. Lekin hozir ham bu tadbirlar foydasiz emas, fahshlik oila va jamiyatga katta ma’naviy zarar keltirishi isbotlangan.
Mustaqil O’zbekistonning istiqlol sari rivojlanib borishida ahloqsizlik, fahshlik va vijdonsizlikka to’siq qo’yilgan. Aholini ma’naviy rivojlanishiga alohida talablar va tadbirlar ishlab chiqilgan. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun bunga yaqqol misol bo’ladi.
Prezident I.Karimov Oliy majlisning 1995 yil 3-fevraldagi 1-sessiyasidagi nutqida ham shu haqda batafsil gapirgan.

Xudaybiya ahdnomasi. Xudaybiya - Makkadan Jidda shahriga boradigan yo’lda 15-20 kilometr masofada joylashgan qadimgi quduq. O’z mavqyeini mustahkamlab olgach, Muhammad 1000 kishi bilan birga 628 yil 13 martda haj-umraga (zu-l-Xijja oyida umumiy shaklda o’tadigan katta hajdan farq qilgan holda, yilning boshqa vaqtlarida Ka’ba ziyoratiga borish va xajning barcha marosimlarini bajarish) boradi. Payg’ambar yo’lga faqat qilich taqqan kishilar bilan ehromda1 chiqadi, bu urush qilish niyati yo’qligini bildiradi.


Makkaliklar qo’shin to’plab payg’ambarni Makkaga kiritmaymiz, deb turib olgach, Xudaybiyada Madina bilan Makka vakillari ahdnoma tuzishadi va bu tarixda «Xudaybiya ahdnomasi» deb nom olgan. Unga asosan Makka bilan Madina 10 yil davomida bir-biri bilan urushmaslik, karvonlarga hujum qilmaslik, xohlagan boshqa guruhlar bilan ahdlashaverishga kelishilgan. Payg’ambar 70 ta tuya va boshqa qurbonlikka olib kelgan hayvonlarni Xudaybiyaga so’ydirib hajni shu yerda o’tkazadi va orqaga qaytib ketadi. Ahdnomaning maxsus bandida kelgusi yili payg’ambar hajga bemalol kelishi aytilgan edi. Xudaybiyadan keyin payg’ambar Suriyaga tez-tez yurish qiladi, chunki o’sha tomonga ko’chib ketgan yahudiylar badaviylar bilan til biriktirib Madinaga hujumga tayyor-lana boshlagan edi. Natijada payg’ambar askarlari shimoldagi Haybar va Fadak vohalarini qo’lga oladi.
629 yil haj vaqtida Muhammad va 2000 kishidan iborat boshqa hojilar ehrom kiyib Makkaga hajga keladilar. Makkaliklar uch kun payg’ambar va uning safdoshlariga Makka va Ka’bani bo’shatib beradilar. Makka ahli payg’ambarning obro’si naqadar balandligi va uning kuch-qudratini ko’rib tan beradilar, unga xayrixohlik qiladilar. Mashhur harbiy sarkarda Xalid ibn Valid birinchi bo’lib islomni qabul qiladi, uning orqasidan Amr ibn al-Os ham islomni qabul qiladi. Abu Suf’yon o’zini yakkalanib qolganini his qiladi. 629 yilda Abu Suf’yon Madinaga Muhammad payg’ambar bilan muzokara olib borish maqsadida keladi. Muzokarada ma’lum bo’ladiki, Makka zaiflashgan. U Madina bilan ko’p qon to’kil-masligi uchun sulh tuzishga kelganligini aytadi.
Muhammad 10 minglik qo’shin to’plab 630 yil yanvar oyining boshida Makkaga yurish boshlaydi. Payg’ambarning yagona tirik qolgan amakisi Al-Abbos yo’lga chiqib uni kutib oladi va islomni qabul qiladi. Makka deyarli jangsiz olinadi. G’alabadan so’ng payg’ambar Makkani tomosha qiladi. Ka’bani ziyorat etadi, u yerdagi qabila xudolarining sanamlarini olib chiqib, uloqtirishni buyuradi, devorlardagi rasmlarni o’chirtiradi, keyin u yerda namoz o’qiydi. Ka’ba oldidagi baland zinaga chiqib, umumiy avf-kechirish e’lon qiladi va Ka’bani Islom ibodatxonasiga aylanganligini aytadi. U bundan buyon Ka’baga mushrikiylar kiritilmas-ligini ta’kidlab o’tadi.
Avf - gunohkor gunohidan o’tmoqlik hamda ularga uqubatu siyosat qilmoqdan voz kechmoqlik.
Saxovat - bu dunyo va oxiratda yaxshi nom qoldirib, Alloh taoloning rahmati va ajru savoblariga sazovor bo’lmoqqa sabab bo’lur. (Qarang: Abu Abdulloh Muhammal ibn Ismoil Buxoriy. ¥adis 2 Al Jomi’ As-Saxix. (Ishonarli to’plam). Qomuslar Bosh tahririyati, Toshkent-1996, 604,605-betlar).
Muhammad Makka zadogonlaridan uch-to’rt kishini o’z vazifasida qoldiradi, avval unga dushmanlik qilgan besh-olti kishini jazolaydi. Ertasiga safo tepaligiga chiqib o’ltirgan holda Makka ahlining unga bo’ysunganligi to’g’risidagi qasamni qabul qiladi. Ular Islomning barcha talablarini bajarishga qasam ichadilar. Shunday qilib 630 yil yanvarda butun Arabistonda yangi din - islom vujudga keladi, arab qabilalari birlashadilar.
Ammo ko’p o’tmay Makkadan sharqda joylashgan Toif va Hunayin vohalarida islomga qarshi bo’lgan qabilalar 20 mingdan ortiq lashkar to’plab jangga tayyorlanayotganligi haqida xabar olinadi. Muhammad payg’ambar 12 ming askar bilan jang qilib dushmanni yengadi. 6000 asir (bolalar va chol-kampirlar, juvonlar) olinadi. 24 ming tuya, 40 mingdan ziyod qo’y, 160 ming dirham kumush puldan iborat g’oyat katta o’lja olinadi. Toif shahri taslim bo’ladi. O’ljani taqsimlash vaqtida Muhammad payg’ambar oradagi ishonchsizlikni yo’q qilish maqsadida Makkaliklarga, ayniqsa, ko’p ulush beradi. Dushman qabila erkaklari islomga kirganlaridan so’ng asirlar bo’shatiladi. Jangdan qaytgach, payg’ambar yana Ka’ba-ni ziyorat qiladi, umra marosimlarini ehromda ado etadi va mart oyining o’rtalarida Madinaga qaytib ketadi.
631 yilning martida hajga payg’ambarning o’zi bormay Abu Bakrni boshliq qilib yuboradi. Shundan keyin nozil bo’lgan 9-at-Tavba surasining matnini yozdirib, Ali orqali Abu Bakrga jo’natadi va uni Ali Mino vodiysida hojilarga o’qib beradi. Bu surada musulmonlarning mushrikiylar va ahli kitobga (yahudiy va xristianlarga) nisbatan munosabati, kelajakdagi islom dinining yoyilishi va Ka’baning islom dinining markaziga aylanishi, musulmonlarning islom dinini va diniy jamoani himoya qilishi, zakot va sadaqa tarzida yig’ilgan mol-mulklarni taqsimlash qoidalari, musulmonlarga yuklanadigan ayrim ahloqiy va huquqiy vazifalar yozilgan edi.
631 yilda Muhammad payg’ambar Arabistonning ayrim hududlarida paydo bo’lgan soxta payg’ambarlar (Asvad, Musay-lima, Tulayxa, Sajjax)ga qarshi kurash olib boradi. Shimol-ga qilingan yurishlar natijasida Vizantiya bilan chegaradosh yerlar mustahkamlanadi. Janubga qilingan yurishlar oqibatida Yaman va Najran bo’ysundiriladi. 630-631 yillar orasida islomni qabul qilish masalasida juda ko’p qabilalar-dan Madinaga vakillar keladi va ular musulmon bo’ladilar.
632-yilning yanvarida Muhammad payg’ambar o’zi hajga boradi. U 100 ta tuyani qurbonlik qiladi. O’zi bilan olib kelgan Ka’ba yopig’i (arabcha «kisva»)ni Ka’ba ustiga yopadi. Bu an’ana hozir ham saqlanib qolgan. Har yili haj boshlanish oldidan Ka’ba ustiga yangi kisva yopiladi, eskisini hojilarga, parchalab, tarqatiladi.
Muhammad payg’ambar qurbonlikdan so’ng barcha hojilarni to’plab ularga xutba aytgan, haj marosimini ado etish bilan bog’liq juda ko’p masalalarga anikqlik kiritgan. Bu payg’am-barning oxirgi haj safari bo’lganligi uchun u islom tarixida «haj-al-vido’» (vidolashuv haji) deyiladi.
Muhammad payg’ambar hajdan qaytgach bir necha oydan keyin salomatligi yomonlashadi, boshi qattiq og’riydi va dar-monsizlanib yotib qoladi.
Bir necha hafta kasal bo’lib yotgandan keyin Rasululloh 632 yil 8 iyunda o’z uyida vafot etadi. Abu Bakr ba’zi yaqin safdoshlari bilan birga uni yuvib va kafanlab, o’sha uy ichiga kovlangan qabrga qo’yadilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi hukmdorlar kabi payg’ambar o’ziga biror yuksak unvon ham olmagan. Payg’ambar tiriklik paytlarida hamma unga «rasululloh» (Ollohning elchisi) deb murojaat etishi odat bo’lgan. Vafotidan keyin ham barcha musulmonlar o’rtasida va butun islom diniy adabiyotida ana shu unvon bilan atash saqlanib qolgan.
Dunyoda juda ko’p payg’ambarlar (54 ming) o’tgan, ularning ko’pchiligi to’qima obrazlar bo’lgan, ammo Muhammad payg’ambar tarixiy shaxs, oxirgi payg’ambar, to’g’ri yo’l tutgan Allohning buyuk elchisi edi.



Download 71,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish