Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Internetga ulanishning quyidagi usullari mavjud: - Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Internetga ulanishning quyidagi usullari mavjud:
- kommutatsiyali ulanish;
- • ajratilgan liniya orqali ulanish;
- • kengaytirilgan liniya orqali ulanish;
- • raqamli tarmoq xizmatlari to‘plami;
- • lokal tarmoq orqali ulanish;
- • sun’iy yo‘ldosh orqali ulanish;
- • kabelli telekanal orqali ulanish;
- • simsiz texnologiya orqali ulanish.
1. Kommutatsiyali ulanish - Dial-Up, bunda ulanish oddiy modem bilan telefon raqamini terish orqali telefon simi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda analogli telefon tarmog‘idagi ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s gacha bo‘ladi; - 1. Kommutatsiyali ulanish - Dial-Up, bunda ulanish oddiy modem bilan telefon raqamini terish orqali telefon simi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda analogli telefon tarmog‘idagi ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s gacha bo‘ladi;
2. Ajratilgan liniya orqali ulanish - kommutatsiyasiz ulanish, bunda ulanish telefon raqamisiz telefon stansiyalararo ajratilgan liniya orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish yuqori tezlikli Internetga ulanishni ta’minlab beradi va oddiy o‘rama juftlik sim orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish kommutatsiyasiz va doimiy bo‘ladi, shu bilan oddiy telefon aloqasi bilan farqlanadi. Unda ma’lumotlarni uzatishda 100 Mbit/c tezlikka erishish mumkin. - 2. Ajratilgan liniya orqali ulanish - kommutatsiyasiz ulanish, bunda ulanish telefon raqamisiz telefon stansiyalararo ajratilgan liniya orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish yuqori tezlikli Internetga ulanishni ta’minlab beradi va oddiy o‘rama juftlik sim orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish kommutatsiyasiz va doimiy bo‘ladi, shu bilan oddiy telefon aloqasi bilan farqlanadi. Unda ma’lumotlarni uzatishda 100 Mbit/c tezlikka erishish mumkin.
- 3. Kengaytirilgan liniya orqali ulanish - DSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent liniyalari to‘plami, oddiy telefon liniyasi asosida, internetga yuqori tezlikli kirish kanalini yaratish texnologiyasi. DSL texnologiyasi, kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchidan uzoq bo‘lmagan (6 km gacha ) masofalarda yuqori tezlikdagi aloqaga ega bo‘lib, uning barcha turlanishlari xDSL tarzida belgilanadi (ADSL, VDSL, HDSL, ISDL, SDSL, SHDSL, RADSL). Internetga tezkor asinxron kirish Asimmetric DSL (ADSL) texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi, tezkor sinxron aloqa esa Simmetric DSL (SDSL) texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi. Juda yuqori tezlikdagi bog‘lanishni 50 Mbit/s ta’minlay oladi (amalda 2 Mbit/s gacha). Ushbu xDSL texnologiyasining asosiy afzalligi, uning telefon liniyalarini o‘zgartirmasdan, undan foydalanishdir. Bunda oddiy telefon aloqasi ham saqlanib qoladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |