Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo‘ladigan jarayonlar tasvirlangan. Bunda, user – foydalanuvchi; browser – saytni ochish dasturi (opera, mozilla, chrome); webserver – sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting. DNS – domain name server (domenlar haqida malumotni saqlovchi server) Internetdagi biror saytga kirish uchun sayt nomi yozilganda, brouzer dasturi dastlab DNS serverga murojaat qiladi va undan shu manzilning IP manzilini so‘raydi. Boshqacha qilib aytganda, shu sayt qaysi hostingda joylashganini so‘raydi. DNS o‘zining bazasini tekshiradi va so‘ralgan sayt nomini izlaydi, Agar topsa uning IP manzilini brauzerga yuboradi (ya’ni internetga kirgan odamning kompyuteriga saytning qayerdaligini bildiradi) Keyin esa shu vaqtning o‘zida brouzer berilgan manzilga (ya’ni hosting) bilan bog‘lanib undan saytning kerakli sahifasini so‘raydi. Shunday qilib hosing tomonidan sayt ko‘rinishlari sizning brouzeringizga yetib keladi. - Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo‘ladigan jarayonlar tasvirlangan. Bunda, user – foydalanuvchi; browser – saytni ochish dasturi (opera, mozilla, chrome); webserver – sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting. DNS – domain name server (domenlar haqida malumotni saqlovchi server) Internetdagi biror saytga kirish uchun sayt nomi yozilganda, brouzer dasturi dastlab DNS serverga murojaat qiladi va undan shu manzilning IP manzilini so‘raydi. Boshqacha qilib aytganda, shu sayt qaysi hostingda joylashganini so‘raydi. DNS o‘zining bazasini tekshiradi va so‘ralgan sayt nomini izlaydi, Agar topsa uning IP manzilini brauzerga yuboradi (ya’ni internetga kirgan odamning kompyuteriga saytning qayerdaligini bildiradi) Keyin esa shu vaqtning o‘zida brouzer berilgan manzilga (ya’ni hosting) bilan bog‘lanib undan saytning kerakli sahifasini so‘raydi. Shunday qilib hosing tomonidan sayt ko‘rinishlari sizning brouzeringizga yetib keladi.
- Hosting – bu sayt uchun ajratilgan joy bo‘lib, saytdagi malumotlarni (matn, rasm, fayllar va hokazo) o‘zida saqlaydi. Uning hajmi bir necha MB (megabayt) yoki GB (gigabayt) bo‘lishi mumkin. Domen yoki hosting olish uchun internet provayderiga murojaat qilish mumkin. Domen uchun yillik to‘lov to‘lanadi. Hosting uchun esa har bir provayderning tarif narxlariga ko‘ra bir necha oylik yoki yillik to‘lov to‘lash mumkin. O‘zbekistonda domen yoki hosting beruvchi kompaniyalar (provayder yoki registrator) hozirda ko‘plab shaharlarda faoliyat yuritmaqda. Masalan: BCC (www.bcc.uz) , Arsenal-D (www.webname.uz) , Active (www.active.uz) , Uzinfocom (www.uzinfocom.uz) va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |