4. Raqamli tarmoq xizmatlari to‘plami - ISDN(Integrated Services Digital Network – raqamli aloqa tarmog‘i orqali kommutatsiyali ulanish texnologiyasi. Bitta aloqa kanali uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 Kbit/s va ikkita aloqa kanali uchun esa 128 Kbit/s bo‘ladi;

5. Lokal tarmoq orqali ulanish - Fast Ethernet. Ulanish tarmoq platasi orqali amalga oshiriladi, tarmoq doirasida ma’lumotlarni uzatish tezligi 100 Mbit/sek va magistral bo‘yicha 1 Gbit/s gacha bo‘ladi. Kompyuterga alohida o‘rama juftlik kabel tortiladi va bunda telefon liniyasi qo‘llanilmaydi.
6. Sun’iy yo‘ldosh orqali ulanish - (DirecPC, Europe Online). Bunday ulanish ikki xil bo‘ladi – asimmetrik va simmetrik:
sun’iy yo‘ldosh bilan ma’lumotlar almashuvi ikki tomonlama;
ma’lumotlarni uzatish oddiy kanallar orqali va qabul qilish esa sun’iy yo‘ldosh orqali bo‘ladi. Ma’lumotlarni qabul qilish maksimal tezligi 52,5 Mbit/s gacha.
7. Kabelli telekanal orqali ulanish - (“coax at a home”). Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi 2 dan 56 Mb/sek gacha. Ma’lumotlarni uzatish simmetrik va asimmetrik bo‘lishi mumkin.
Kompyuterlar bir-biri bilan ulangandan so‘ng ularga aniq manzil berish muammosi tug‘iladi. Tarmoq tugunidagi texnik uskunaga beriladigan manzilga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Kompyuterlar bir-biri bilan ulangandan so‘ng ularga aniq manzil berish muammosi tug‘iladi. Tarmoq tugunidagi texnik uskunaga beriladigan manzilga quyidagi talablar qo‘yiladi:
manzil yagona bo‘lishi va tarmoqdagi kompyuterni istalgan tarmoq bo‘yicha aniqlab olishi shart;
manzillarni belgilash tarmoq ma’muriyati tomonidan ko‘p vaqtni talab qilmasligi va takrorlanmasligi kerak;
manzillash tizimi iyerarxik tuzilishga ega bo‘lishi kerak;
manzil foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda bo‘lishi kerak;
manzil oddiy ko‘rinishda bo‘lib, kommunikatsiya qurilmalari uchun og‘irlik qilmasligi kerak.
Ushbu talablarni to‘liq bajarish oson bo‘lmaganligi sababli, amaliyotda uning bir necha variantlari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda quyidagi uchta manzillashtirish tizimlari qo‘llaniladi: