ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini
joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun
qo’shimcha resurslar jalb qilish;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar,
innovatsion
texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va
boshqalar) innovatsion faoliyat sub‘ektlariga iqtisodiy qo’llab-quvvatlash
mexanizmlari yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga
soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
innovatsion sohada yuqori malakali
kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimlari yaratish;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta‘minlaydigan, samarali
faoliyat ko’rsatadigan, bozorga yo’naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning
texnik darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro
hamkorlik va tarmoqlararo
kooperatsiya ilg’or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada
foydalanish.
Bizga ma‘lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat
keltirishning uchta omili mavjud. Ya‘ni o’z raqobatchilariga nisbatan
tovarlarining ustunligi, iste‘molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib
turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning
innovatsion marketing,
yuqori ITTKI va
ishlab chiqarish, ya‘ni texnologik nou-xauning
mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi
omillar innovatsion marketingda muhim o’rin tutadi.
Ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda
hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat
qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi
tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o’rinda korxonalar
faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion
marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi
kunda
innovatsion
faoliyatni
amalga
oshirishni
rag’batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat
sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi
mumkin.
Innovatsion faoliyat o’zgarishi omillari o’rtasida uskunalar xarid qilish,
loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi
bozorlarda
keskin
raqobat
mavjudligi
innovatsiyalarning
asosiy
maqsadlarini belgilab beradi.
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi
roli texnologik
bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni
egallash va bu bilan iqtisodiy o’sishning yanada yuqori sur‘atlariga
erishishda o’z aksini topadi. Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy
o’sishning asosini tashkil etgan holda ishlab chiqarish sohasining ko’pgina
xususiyatlarini ham belgilaydi (2-rasm).
Paydo bo’lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo’lishi mumkin.
Ichki omillar:
-
ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;
-
korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning
maqsadi;
-
boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;
-
boshqaruv uslubi va uslubiyoti;
-
ishlab chiqarishning yangilik darajasi;
-
turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;
-
xodimlarni rag’batlantirish tizimi;
-
xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;
-
tashkiliy madaniyat va boshqalar.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
bozor tuzilmalari;
-
soliq tizimi;
-
qonuniy-huquqiy tizim;
ekologik
texnik-
texnologik
ijtimoiy-
huquqiy
tashkiliy
-
moliya-kredit tizimi;
-
umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar;
-
tarixiy va milliy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: