3. Iqtisodiy harajatlar, ularning tarkibi va turlari
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsulot ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 x 1000) ga teng bo’ladi.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o’rtasidagi farqdan iborat:
FIChq NU - T
Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.
Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan harajatlarning puldagi ifodasidir.
Harajatsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi, binobarin, foyda topish ham mumkin emas. Tadbirkorlar orasida «harajatsiz harakatning natijasi nolga teng» degan hazil-mutoyiba yuradi. Bu gapning tagida chuqur ma’no bor. Ishlab chiqarish albatta resurslarni talab qiladi, resurslarni esa hech kim tekinga bermaydi, ularni tadbirkor sotib olishi kerak.
Firma o’z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pullik xizmatlardan foydalanadi. Shunindek, firma ilgari sotib olingan resurslarni - binolar, mashina, stanok, asbob-uskunalarni ham ishlatadi, ularga ham ilgari harajatlar qilingan. Bundan tashqari, firma ijara haqi, banklardan olgan qarzi uchun foiz to’lab turadi. Shu boisdan harajatlar tashqi va ichki harajatlarga bo’linadi. Tashqi harajatlarga ish kuchi, xomashyo, yoqilg’i, energiya sotib olish, transport, aloqa va boshqa xizmatlar uchun, shuningdek, soliq uchun to’langan pul kiradi. Binolar, asbob-uskunalar, ijara haqi va boshqa sarflarning hammasi ichki harajatlar hisoblanadi. Harajatlarga, bulardan tashqari, tadbirkorning me’yordagi foydasi ham kiradi. Shunday qilib harajatlar o’zining kelib chiqish manbalariga qarab har xil sarflardan iborat bo’ladi.
Doimiy va o’zgaruvchan harajatlarning yig’indisi umumiy harajatlar deyiladi.
Iqtisodiyotda harajatlarning umu¬miy miqdori emas, ularning samarasi muhim. Agar harajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar tezroq o’ssa ish samarali bo’ladi. Shu boisdan o’rtacha harajatlarning ahamiyati katta. O’rtacha harajat mahsulot birligiga sarflangan harajatdir.
Me’yoriy harajatlar. Iqtisodiyotda me’yoriy harajatlar degan tushuncha ham bor. Me’yoriy harajat deganda qo’shimcha ravishda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan qo’shimcha harajat tushuniladi.
Umumiy harajatlardagi qisqa muddatli siljishlar faqat o’zgaruvchi harajatlar hisobiga yuz beradi. Ularni oshirish yoki qisqartirish hisobidan ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi. Masalan, bosmaxona kitobni ko’proq bosib chiqarishi uchun qog’oz, bo’yoq, karton, elim, ip va elektr energiyasi sarfini ko’paytirishi kerak. Bunda mashinalarni ko’paytirmasdan, ularning ishlash soati oshiriladi. Sarflarni qisqa vaqtda o’zgartirish uchun resurslarni sotib olib, korxonaga keltirishning o’zi kifoya, bu esa uzoq vaqt talab etmaydi. Lekin bu yo’l bilan mahsulot hajmini oshirishning cheki bor. Firmalar tovariga talab oshgan kezlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun uzoq muddat talab etadigan ham doimiy, ham o’zgaruvchan harajatlarni ko’paytirish zarur. Yana bosmaxona misoliga qaytsak, kitobning bozori chaqqon bo’lib, uni sotishga ko’proq tashlash uchun o’zgaruvchi harajatlarni oshirish kifoya qilmaydi. Buning uchun yangi tsexlar va omborlar qurish, yangi harf teradigan, bosadigan va muqovalaydigan mashinalarni o’rnatish kerak bo’ladi. Albatta, uzoq muddatli o’zgarishlar vaqti bir xil emas. Masalan, yangi konni ochib, uni texnika bilan jihozlashga ko’p vaqt, bosmaxona uchun yangi tsex qurib, uni jihozlashga oz vaqt talab etiladi. Unumdorlikni oshirish rezervlari (ichki imkoniyati) tugagach, uning pasayishiga qarab, harajatlar ortib boradi. Narx o’zgarmagan sharoitlarda harajatlarning ortishi foydani qisqartiradi. Foydani oshirish zarurati esa mehnat unumdorligini ko’tarish choralarini talab qiladi. Bu choralar joriy etilgach unumdorlik yana ortib, harajat pasayishga moyil bo’ladi. Unumdorlikning o’zgarishi vaqti-vaqti bilan bo’lib turganidan, shunga yarasha harajatlar ham o’zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |