4-mavzu. Ijtimoiy ishlab chiqarish. Mahsulot va uning xususiyatlari



Download 33,62 Kb.
bet2/6
Sana11.04.2022
Hajmi33,62 Kb.
#543910
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU.IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISH. MAHSULOT VA UNING XUSUSIYATLARI

Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir.




Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifi turli neʼmatlar Ishlab chiqarishda jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo’linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim.
Aytganimizdek, iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Har qanday ishlab chiqarishda ikki omil — shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi.
Shaxsiy-insoniy omil — bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo’lmish ish kuchi va uning faoliyat qilishidir.
Shaxsiy-insoniy omil mehnatga layoqatli aholi, uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va saviyasi, malaka va mahoratidir. Mazkur aholi O’zbekistonda 2015 yilda 31,6 million kishini tashkil etdi. Bu omil insoniy qobiliyat bo’lgani sababli inson shaxsi bilan birgalikda, undan ajramagan holda namoyon bo’ladi va inson shaxsida gavdalanadi.
2. Ishlab chiqarish omillari va samaradorligi
Omillarning birikishi tufayli olingan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot ikki turga bo’linadi: birinchisi — natural mahsulot bo’lib, uni ishlab chiqaruvchining o’zi iste’mol etadi. Bu mahsulot ayirboshlash uchun bozorga chiqarilmaydi. Masalan, fermer xo’jaligida etishtirilgan donning bir qismi natural mahsulot bo’lib, xo’jalikning o’zida molga em uchun yoki fermer oilasiga oziq-ovqat uchun ishlatiladi; ikkinchisi tovar shaklidagi mahsulot bo’lib, ishlab chiqaruvchining o’z iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratiladi. Mahsulotni bozorda oldi-sotdi qilish uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish deb yuritiladi. Mana shu tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyotining asosidir. Bozor uchun, bozorda sotish uchun chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tovar deyiladi.
Tovarning ikki xil xususiyati bor. Birinchidan, u kishilarning hayotiy ehtiyojini qondirib, ularga naf keltiradi. Ikkinchidan, u boshqa tovarlarga almasha olish xususiyatiga egaki, bu uning almashuv qiymati deyiladi. Tovarning yaratilishidan tortib, to u iste’mol etilgungacha bo’lgan jamiki mehnat sarfi tovarning qiymatini tashkil etadi.
Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan harajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
R q F G’ IX x 100%
Bu erda: R – foyda normasi; IX – iqtisodiy resurs sarflari.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun.
Vaqtni tejash qonuni namoyon bo’lishining aniq shakli bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1) Mehnat unumdorligining o’sishi;
2) Mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;
3) Ishlab chiqarish material sig’imining pasayishi;
4) Xo’jalik nisbatlarining optimallashuvi.
Bundan ko’rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri - mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi. U ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagi formula bilan belgilanadi:
MUqMG’V
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.



Download 33,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish