4-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari. Urug’-qabila va milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’lim-tarbiyaviy qarashlar. Islom dini va ta’limoti



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana20.08.2021
Hajmi0,91 Mb.
#151988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
7oWDA4Edeb2IPN2THKzB2YUGJ TfJHOU

Uchinchidan,  din  dindorlar  hayotini  tartibga  solish,  nazorat  qilish 

(rеgulyatorlik) vazifasini bajaradi. Har qanday dinning ma'lum urf-odat, marosim 

va bayramlari bo’lib, ularni o’z vaqtida, diniy ta'limot va talab asosida bajarilishi 

shart qilib qo’yiladi. Masalan, islom dinida kuniga bеsh vaqt namoz o’qilishi, har 

hafta  juma  namozi  jamoat  bo’lib  ado  etilishi,  ramazon  oyida  o’ttiz  kun  ro’za 

tutilishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. 




To’rtinchidan,  din  aloqa-bog’lovchilik  (kommunikativ)  vazifasini  bajaradi. 

Dinning  bu  vazifasi  orqali  dindorlarning  birligi,  jamiyat  bilan  shaxsning  o’zaro 

aloqasi ta'minlanadi. Bunda muayyan bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi shu dindagi 

boshqa  kishilar  bilan  bog’liq  bo’lishi,  urf-odat  va  ibodatlarni  jamoa  bo’lib  ado 

etishi  ko’zda  tutiladi.  Masjid,  cherkov  va  boshqa  diniy  tashkilotlar  dinning  bu 

vazifasini amalga oshirishga ko’maklashadi, ayni paytda bu holatni nazorat qiladi. 



Bеshinchidan,  din  qonunlashtiruvchilik  (lеgitimlovchilik)  vazifasini  ham 

bajaradi.  Har  qanday  dinda  qonun  darajasiga  ko’tarilgan  axloq  normalari  ishlab 

chiqiladi.  Din  bu  normalarni  qonunlashtiribgina  qolmay,  ularga  bo’lgan 

munosabatni ham bеlgilaydi. 

Bulardan  tashqari  dinning  falsafiy  vazifasi  ham  mavjud.  Bu  vazifa  insonda 

yashashdan  maqsad,  hayot  mazmunini,  bu  dunyo  va  narigi  dunyo  masalalariga  

munosabatini  bildirib  turishni  o’z  ichiga  oladi.  Dinning  ijtimoiy  hayotga  ta'siri 

hamma  vaqt  ham  bir  xil  bo’lgan  emas.  U  zamonga,  hududga,  sharoitga  qarab 

o’zgarib turgan. 

Din  insoniyat  ma’naviy  hayotining  tarkibiy  qismidir.  O‘zbekiston 

Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi 

qo‘yilgan bir paytda din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani 

hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining saloxiyatsizligi hammaga 

ochiq-oydin.  Lekin  keyingi  paytda  paydo  bo‘lgan  diniy  bo‘lmagan  masalalarni 

diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan 

turib  maqtash  uslubi  ham  o‘zini  oqlamaydi.  Demak,  ushbu  masalaga  prinsipial, 

professional, ilmiy yondashuv darkordir. 

“Dinshunoslik”  fani  ana  shu  muhim  omilni  tadqiq  etib,  tarix  bilan  bog‘liq 

ravishda  tahliliy  o‘rganadi.  “Dinshunoslik”  fanini  o‘qitishdan  maqsad  – 

talabalarga  buddaviylik,  xristianlik,  islom  kabi  jahon  dinlari  bilan  bir  qatorda 

urug‘-qabila  dinlari  va  alohida  millatlarga  xos  milliy  dinlar  tarixini  zamonaviy 

ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida 

O‘zbekistonda  dinga  nisbatan  munosabatning  tubdan  o‘zgarganligi,  diniy 

qadriyatlarni  tiklash,  diniy  bag‘rikenglik  madaniyatini  shakllantirish  yo‘lida 

qilinayotgan  muhim  o‘zgarishlar,  yangiliklar  haqida  ma’lumotlarni  berish  ko‘zda 

tutilgan.  Mustaqillik  davrida  milliy  va  diniy  qadriyatlarning  xalqqa  qaytarilishi 

bilan  birga  jahonda  mavjud  xalqlarning  dinlari  haqida  keng  ma’lumot  olish, 

ularning  qadriyatlarini  o‘rganish  imkoniyati  yuzaga  keldi.  Natijada  dinshunoslik 

fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-

ma’naviy  merosni  o‘rganish  bilan  birga  shu  kunga  qadar  chet  ellarda  amalga 

oshirilgan  izlanish  va  tadqiqotlarning  natijalaridan  unumli  foydalanish  zarurati 

paydo  bo‘ldi.  “Dinshunoslik”  fani  dinni  tanqid  qilish  yoki  ko‘r-ko‘rona  maqtash 

maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan 

o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondashib o‘rganadi.  




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish