Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
• asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
Simmetriyali tizimlarda kuyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar kanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit ko‘llaniladi. Biridan ikkinchisini xisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul kiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qullash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo buladi.
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
• foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniklash:
• tarmok abonentlari aloqasini urnatish jarayonida ularni o‘zaro autentnfikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari
Kriptografiya — ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining tuplami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yunaltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik.
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Kriptografiya tizimini sxematik ravishda kuyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu yerla kalit kandaydir ximoyalangan kanal orkali junatiladi (chizmada punktir chiziklar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluklidir.
Assimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda kuyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal bo‘yicha ochiq kalit jo‘natilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar uz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.
Kriptotizimning mustaxkamligi uning kaliti bilan aniklanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib xisoblanadi.
Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga malum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vakt va mablag‘ talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni ximoyalash talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |