Strukturasiz oqsillar reproduksiya jarayonini ta’minlash uchun zararlangan hujayrada sintezlanadi va ular virion tarkibiga kirmaydi, bular:
virusindusirlangan fermentlar
virus genomini trasnkripsiya va translyasiyasiga xizmat qiladi
regulyator (boshqaruvchi) oqsillar
noturg'un oqsillar
virionning strukturali oqsillarini
shakllantiruvchi boshlang‘ich oqsillar
fermentlar, modiflsirlangan virus oqsillari (proteazalar, proteinkinazalar va boshqalar).
Lipidlar- zararlangan hujayraning hujayrali, yadroli va boshqa ichki membranalaridan ajralib virionning tarkibiga o‘tadi va superkapsidning asosiy komponenti hisoblanadi, virionning turg‘unligini ta'minlaydi. Detergent yoki efir bilan ishlov berish virionning buzilishiga, natijada lipidlaming yo'qolishiga olib keladi.
Uglevodlar- hujayraviy kelib chiqishga ega va virusning yuza oqsili - glikoproteinlar tarkibiga kiradi, superkapsidning tashqi yuzasiga oqsillami tashish vaqtida ulaming glikolizlanishi hujayra fermentlari tomonidan amalga oshadi, bunda hujayra oqsillari membranadaji ajralib chiqadi.
Viruslar reproduksiyasi Hujayradagi viruslar reproduksiyasi (produktiv infeksiya) — yagona jarayon bo‘lib, shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
Virionning hujayraga adsorbsiyasi.
Virusning hujayraga kirishi.
Virionning deproteinizasiyasi va uni nuklein kislota (genom) dan ozod bo‘lishi.
Virus genomini ekspressiyasi va virion komponentlarining sintezlanishi (transkripsiya, translyasiya, replikasiya).
Virionning shakllanishi (morfogenez).
Hujayradan virion yangi avlodining chiqishi.
Boshlang‘ich 3 bosqich tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Xususiy
reproduksiya 4-bosqichdan boshlanadi. Bunda virus genomiga bog‘liq programmaga mos ravishda jarayon sodir bo‘lib, hujayraning biosintetik tizimlarda yangi avlod virionining ishlab chiqarilishiga moslashishi va ulaming hujayradan ozod bo‘lishi kuzatiladi.
Reproduksiya jarayoni viruslaming turli xil oila va avlodlarida sezilarli farqlanadi, bu virionning xususiyatlari va ularda nuklein kislotaning tuzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun turli xil viruslarda reproduksiyaning ketishi «xususiy virusologiya» bo’limida to‘liq ko‘rib o‘tiladi. Viruslar reproduksiyasi quyidagi umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi:
Virionning hujayraga adsorbsiyasi mavjud bo‘lgan maxsus retseptorlar orqali amalga oshiriladi. Oddiy viruslarda - u kapsid yuzasidagi biriktiruvchi oqsillar, murakkab viruslarda biriktiruvchi oqsil superkapsidning yuzasida o‘simtalarni hosil qilgan glikoproteinlar hisoblanadi. Hujayra membranalarida joylashgan retseptorlar soni hujayrada 104 da bo‘lib, turli xil tarkibga (proteinlar, lipo- yoki glikoproteinlar, lipidlar) ega bo‘lishi mumkin. Hujayraga viruslar adsorbsiyasi nomaxsus fazada boshlanadi, so‘ngra maxsus fazaga o‘tadi. Bunda virusning biriktiruvchi oqsillari o‘ziga komplement retseptorlami «taniydi» va ular bilan mustahkam bog‘lanadi.
Viruslarning turli xil hujayra retseptorlariga birikish qobiliyati viruslar tropizmi bilan bogManadi, ya’ni organizmdagi a’zo va to‘qima hujayralarini tanlab zararlashi kuzatiladi.
Virionning hujayraga kirishi retseptorli endositoz (viropeksis) yo‘li yoki virus superkapsididagi membranaga qo‘shilish yo‘li bilan sodir bo’ladi va bu ikkala usul birgalikda ham kuzatilishi mumkin.
Retseptorli endositozda virus adsorbsiyasi kuzatilgan joyda (retseptorlar joylashgan chuqurchada klatrin oqsili bilan) hujayra membranasida virus saqlagan endosomalarrting hosil bo’lishi bilan sodir bo’ladi. So'ngra endosoma yirikroq protoplazmatik vakuola va hujayra lizosomalari bilan bogManib retseptosoma hosil bo’ladi. Shunday usul bilan oddiy viruslar va ko‘plab murakkab viruslar hujayraga kiradi.
Ikkinchi usulda virus superkapsidi qobigMning hujayra membranasiga qo‘shilishi bilan tugallanadi. Natijada virusning ichki qismi (uning nukleokapsidi, o‘zagi) hujayra sitoplazmasiga kirib qoladi. Hujayraga kirishning bunday usuli F-yondosh oqsili yoki boshqa glikoproteinlar (masalan, gripp virusida gemagglyutinin) tutgan murakkab viruslar uchun xos.
Viruslar deproteinizasiyasi («yechinishi») — nuklein kislotadan ozod bo’lishi, b'u jarayon hujayraga kirish usullariga qarab har xil viruslarda turlicha kechadi.
Retseptorli endositoz yo‘li bilan hujayraga kirgan va retseptosomada joylashgan viruslar hujayradan membrananing qo‘shilish yoMi bilan chiqadi, agar bu murakkab viruslar bo’lsa kapsidning yuza oqsillari ishtirok etadi, agar bu oddiy viruslar bo’lsa membranada joylashgan retseptosomalar va lizosomal fermentlar ta’sirida viruslarning qisman deproteinizasiyasi sodir bo’ladi. Qisman dezintegrasiya bo’lgan viruslar sitoplazmaga tushadi, u yerda hujayra ichi membranasining proteazasi va hujayraning boshqa fermentlari ta’sirida viruslarning «yechinishi» davom etadi.
Membrananing qo‘shilish yo‘li bilan viruslarning hujayraga kirishida hujayra membranasining fermentlari yordamida virionning deproteinizasiyasi boshlanadi va u yuqorida ko‘rsatilganidek hujayra ichida davom etadi.
Deproteinizasiya natijasida virionning dezintegrasiyasi sodir bo’ladi. Ajralib chiqqan genom nuklein kislotasi viruslar reproduksiyasini keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo’ladi. Ayrim viruslarda nuklein kislotaning ajralishi toMiq bo’ladi, lekin odatda genom (ichki) oqsillari nuklein kislota bilan birikkan holda qolib ketadi, masalan, polimerazalar va ba’zan - kapsid oqsillari. Keyinchalik bu oqsillar reproduksiya jarayonida qatnashadi va nuklein kislotani hujayraviy nukleazadan himoya qiladi.
Virus genomining ekspressiyasi virus nuklein kislotasining ajralib chiqqanidan so‘ng sodir bo‘lishi mumkin, ba’zida uni hujayra yadrosiga tashilishi va hujayra genomi bilan o‘zaro ta’sirini talab qiladi.
Virus irsiy programmasining realizasiyasi transkripsiya jarayoni bilan boshlanib, translyatsiya va virus genomining replikasiyasi bilan davom etadi. Natijada virus komponentlari - virusning strukturali oqsili va virus genomi nusxasi shakllanadi.
Transkripsiya - bu matrisada hujayra ribosomalarida virus oqsilining sintezi va navbatdagi translyatsiya uchun zarur bo‘lgan genom nuklein kislotaga komplementar axborot RNK (a-RNK)ning shakllanishi.
Translyatsiya - bu a-RNK ga qo‘yilgan, maxsus tartibli aminokislotalardagi genetik axborotni o‘tkazish jarayonidir. Hujayra ribosomalarida a-RNK translyatsiyasi amalga oshiriladi, bunda hujayra oqsil sintezi to‘xtatiladi va virus oqsili translyatsiyalanadi.
a-RNK ni uzunligiga bog‘liq holda virus oqsillarining 2 xil shakllanishi mavjud.
Yetilgan virus oqsili alohida qisqa, monosistronli a-RNK da kodlanadi. Uzun polisistronli a-RNK virus genomining barcha axborotini yoki uning ma’lum bir gigant poliprotein translyatsiya qiladigan qismini saqlashi mumkin. Bu polipeptid virus va hujayra proteaza fermenti ta’sirida alohida virusning strukturasiz (regulyator oqsillar va reproduksiya jarayoniga xizmat qiluvchi fermentlar) va strukturali oqsilga bo‘lib tashlanadi. Ayrim viruslarda oqsillaming ikki xilda shakllanishi birgalikda kechishi mumkin.
Transkripsiya va translyatsiya jarayonlari virusning nuklein kislotasining turi va tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Ikki ipli DNK li viruslarda bu jarayonlar barcha tirik organizmlar uchun quyidagi umumiy (universal) sxemada sodir bo‘ladi: DNK genomi > transkripsiya > a-RNK > translyatsiya > oqsil
Ko‘pchilik DNK tutuvchi viruslardagi kabi transkripsiya yadroda sodir bo‘lsa, u RNK-polimeraza (transkriptaza)ga bog'liq holda hujayra DNKsi bilan amalga oshiriladi. Agar sitoplazmada sodir bo‘Isa, transkripsiyani virionning tarkibiga kiradigan virus transkriptazasi bajaradi. DNK tutuvchi viruslarda alohida oqsillami kodlovchi genom bo Magi ketma-ketligi hisobga olinadi, qisqa a-RNK ni shakllantiradi, awaliga erta a-RNK, so‘ngra kechki a-RNK shakllanadi. Ribosomalarda awal virusning erta strukturasiz, so‘ngra esa kechki strukturali oqsillar translyasiyasi sodir bo’ladi.
Musbat-RNK li viruslarda RNK genomi bir vaqtning o‘zida axborot RNK ham hisoblanadi, shuning uchun transkripsiya bosqichi bo’lmaydi va sxema qisqaradi:
Musbat -RNK genomi > translyatsiya > oqsil
a-RNK vazifasini bajaruvchi musbat - RNK poliribosomalarga tushadi va proteazalar ta’sirida strukturasiz va strukturali oqsillarga parchalanuvchi gigant polipeptid translyatsiyalanadi.
Manfiy-RNK li viruslarda (bir ipli va ikki ipli RNK) oqsilning sintezlanishi quyidagi sxema bo‘yicha sodir bo’ladi:
Manfly - RNK genomi > transkripsiya > a-RNK > translyatsiya > oqsil
Transkripsiya jarayoni virusning transkriptazasi bilan amalga oshiriladi, bunda individual yetilgan oqsil yoki polipeptidni translyatsiyasi bilan ham qisqa, ham uzun a-RNK si shakllanishi mumkin.
Retroviruslarda transkripsiya va translyatsiyaning boshqa tiplari ham mavjud.
Retroviruslar (OIV infeksiya qo‘zg‘atuvchisi, onkogen viruslar) 1 ipli musbat-RNK ning 2 ta o‘xshash molekulasi va RNK ga bogMiq DNK polimeraza (teskari transkriptaza yoki revertaza) fermentini tutgan diploid genomga ega bo’ladi.
Retroviruslarda irsiy axborotni RNK dan DNK ga o'tkazish yoMi o‘ziga xos bo’lib, bu yoM boshqa viruslarda kamdan-kam uchraydi. Shunga o‘xshash yoM gepatit V virusida va virusli kana ensefalitida ham topilgan.
Retroviruslarda oqsil sintezi sxemasi quyidagicha:
RNK genomi > komplementar DNK (provirus) >
transkripsiya >
a-RNK > translyatsiya > oqsil
Musbat-RNK genomi matrisasida teskari transkriptaza fermenti yordamida komplementar DNK (manfiy - ip) sintezlanadi. So‘ngra virus RNKsi nukleoproteaza ta’sirida parchalanadi va uning o‘mida hujayraning DNK - polimeraza fermenti ishtirokida DNK ning ikkinchi ipi (musbat ip) tuziladi. Halqasimon shakldagi ikki ipli DNK (retrovirusining irsiy axborotini saqlagan) hosil bo’ladi va hujayra xromosomasiga provirus ko'rinishida integrasiyalanadi. Bunday provirus DNKsidan a-RNK transkripsiyasi va keyinchalik oqsil translyatsiyasi sodir bo‘ladi.
Virus genomining replikatsiyasida matrisada dastlabki virus nuklein kislotasining ko'plab nusxalari (bo‘lg‘usi virus genomlari) sintezlanadi. Ko‘pchilik viruslarda replikatsiya hujayra yadrosida, ayrimlarida sitoplazmada sodir bo‘ladi.
Replikatsiya jarayoni replikatsiyaga xizmat qiluvchi strukturasiz : erta oqsillaming yig‘ilishidan so‘ng boshlanadi.
Virus genomining replikatsiyasi virus yoki hujayraning polimeraza fermenti amalga oshiradigan a-RNK transkripsiyasi bilan o'xshashlikka ega. Asosiy farqi shundan iboratki, replikatsiyada virus genomi har doim to‘liq ko‘chiriladi va hosil bo'lgan nusxalar matrisa genomi bilan bir xil bo‘ladi. Bizga ma’lumki, a-RNK transkripsiyasida esa, alohida genlar yoki virus genomining katta bo’lmagan bir qismi ko‘chiriladi. Har xil tipli genomga ega viruslarda replikatsiya jarayoni ham bir-biridan farqlanadi:
Ikki ipli DNK genomi replikatsiyasi hujayraviy
DNKga bog‘liq DNK polimeraza (replikazalar) yordamida yarimkonservativ usul bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bir ipli musbat-RNK genomlari virusindusirlangan
RNK-polimerazalar yordami bilan replikasiyalanadi. Boshlang‘ich musbat- RNK ipidan komplementar ravishda manfiy-ip hosil boiadi, ya’ni 2 ipdan iborat oraliq replikativ tuzilma shakllanadi. Ajralayotgan manfiy- RNK iplardan boshlang‘ich genomning musbat-RNK siga o‘xshash musbat-RNK ipi, shakllanadi va ko'plab genom nusxalari yig‘ilishi sodir bo‘ladi.
Bir ipli manfiy-RNK genomlari virion tarkibiga kiruvchi
RNKga bog‘liq RNK polimerazalar yordami bilan musbat-RNK genomlari kabi (ya’ni oraliq replikativ tuzilma shakllanib) replikatsiyalanadi. Natijada boshlang‘ich genomga o‘xshagan manfiy- RNK genomining ko‘plab nusxalari shakllanadi.
Retroviruslarda genom RNKsi replikatsiyasi uchun
transkripsiya jarayonidagidek bosqichlar amalga oshishi kerak, bunda albatta, hujayra xromosomasiga provirus DNKsining integratsiyasi yuz beradi. Provirus DNK matrisasida DNKga bog‘liq bo‘lgan RNK- polimerazalari yordamida bir ipli musbat-RNK nusxalari, ya’ni retroviruslarning yangi qiz populyatsiyasi genomlari replikatsiyalanadi.
Retroviruslar uchun hujayra integrativ va produktiv infeksiyalarining qo‘shilishi xarakterlidir. Agar integrativ infeksiya kuchlilik qilsa, provirus zararlangan hujayrada uzoq muddat saqlanadi va uning bo’linishi vaqtida xromosoma tarkibida qiz hujayraga o‘tadi (virus persistensiyasi kuzatiladi).
Shunday qilib, virus genomi ekspressiyasi natijasida infisirlangan hujayrada virus komponentlari - genom nusxasi va strukturali oqsillar to‘planadi. Virus oqsillari va nuklein kislotalarining sintezi odatda hujayraning har xil qismlarida va har xil vaqtda sodir bo’ladi, shuning uchun virusning bunday reproduksiya qobiliyati disyunktiv yoki uzilib- uzilib ko‘payish deb nomlanadi.
Virusning alohida komponentlaridan virionning shakllanishi ko‘pchilik viruslarda sitoplazma ichida amalga oshiriladi. Oddiy viruslar virusning nuklein kislotasi va kapsid oqsilining o'zaro ta’siri natijasida o‘z-o‘zini yigMsh yoMi bilan hosil bo’ladi, bunda kapsid spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tip bo‘yicha shakllanadi. Hosil bo’lgan struktura turg‘un bo’ladi va nukleokapsid deb nomlanadi.
Murakkab viruslarda virion bir necha bosqichlarda shakllanadi. Avval hujayra membranasi (tashqi, ichki va yadro membranasi) bilan ta’sirlashuvchi nukleokapsid hosil bo’ladi, so'ngra superkapsid qobigM bilan o‘raladi, ayrim viruslarda superkapsid ostida matriks qavat (M- qavat) shakllanadi.
Hujayradan virionning chiqishi hujayrani lizisga
uchrashi yoki kurtaklanish yoMi bilan sodir bo’ladi. Birinchi usul oddiy viruslarga xos bo’lib, «portlash» yoMi bilan chiqish deyiladi.
Ikkinchi usul murakkab viruslarda kuzatiladi, ya’ni hujayra membranasi orqali kurtaklanadi, bir vaqtning o‘zida virus oqsili — glikoproteindan iborat superkapsid qobigM hosil bo’ladi. Bunda hujayra darrov halok bo’lmaydi, balki virionning yangi avlodini hosil qilib ajratishda davom etadi.