qo‘shiladi.
3.
IMS ni boshqarish asosiga turli qurilmalar o‘rtasida boshqaruv
jarayonlarnini ajratish bilan Softswitch kontseptsiyasi qo‘yilgan.
4.
IMS tizimining talab qilinadigan funktsionalligini ta’minlash
uchun boshqaruv yadrosining arxitekturasini sezilarli darajada
murakkablashtirish kerak, bu esa MGC
ni Softswitch dan bir necha
elementlarga dekompozitsiya qilinishiga olib keldi.
Keltirilgan to‘rtta parametrlar IMS ning texnik echimlarini aniqladi.
IMS ning keltirilgan yangiliklari haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
IMS kontseptsiyasining Softswitch dan birinchi farqi - bu abonent
tarmog‘i tushunchasidir. Gap shundaki, Softswitch kontseptsiyasi
kompyuter telefoniyasidan kelib chiqqan bo‘lib,
shu sababli uning bir
necha kamchiliklari mavjud, chunki u avvalo faqat telefonli abonentlarga
mo‘ljallangan edi. NGN spetsifikasi o‘zgartirishlarini kiritdi va
zamonaviy Softswitch talqinida abonent sifatida kompyuter va SIP-
terminal va boshqalar bodishi mumkin. IMS kontseptsiyasi “abonent”
tushunchasini “abonent tarmog‘i” tushunchasiga o‘zgartirdi, shu sababli
IMS tizimida oxirgi qurilmalarga NGN tarmog‘iga
birlashtirilgan turli
tizimlar oilasi ham kiradi. Bu tushunchani talqin qilishda ma’lum
erkinliklar mavjud, chunki IMS abonent tarmog‘i hajmini aniqlamaydi.
Eng sodda holatda bu konvergent abonent ulanishi bo‘lishi mumkin,
masalan, Wi-Fi tarmog‘i bilan ADSL va unda bir necha qurilmalarning
ulanishi. Ammo IMS nuqtai nazaridan an’anaviy TDM tarmog‘ining
segmenti yoki NGN segment ham abonent tarmog‘i sifatida qabul
qilinishi mumkin. Abonent tarmog‘ini bunday talqin qilishda IMS
kontseptsiyasining demokratikligi va yangiligi ko‘zga ko‘rinadi.
Ushbu
yangilik shunchalik murakkabki, unda zamonaviy texnologiyaning
barcha xarakteristikalari ko‘rsatilmagan, ammo aynan u IMS ni “HLR
o‘rnatilgan Softswitch” sifatida ko‘rish imkonini beradi.
IMS tizimida abonent joylashuvini
hisobga olish tizimining
mavjudligi - IMS abonentlari mobilligining aniq yutug‘idir. Bu erda
ushbu masalani muhokama qilishning zaruriyati yo‘q. Faqat shuni
ta’kidlash kerakki, HSS funktsiyalari sotali
aloqa tizimlaridagi HLR
funktsiyalariga nisbatan kengroqdir. Birinchidan, sotali tarmoqda telefon
abonentlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasi o‘rniga IMS da
yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi abonent tarmoqlari joylashuvini
nazorat qilish funktsiyalari realizatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, IMS
xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni hisobga olishni talab
qiladi. Agar HLR da barcha abonentlar bir xil statusga ega bo‘lsa, HSS da
ular kategoriyalarga ajratilishi kerak va personal xizmatlar kontseptsiyasi
rivojlangani sari HSS da kategoriyalar ko‘payib boradi. Shu tarzda, HSS
strukturasi HLR strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: