4-маъруза. Uftt va mobil aloqa operatorlarini ngn texnologiyasiga migratsiyalash usuli


Softswitch va IMS larni taqqoslash



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana26.05.2022
Hajmi1,08 Mb.
#610203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
vlvpVop82tD8LlVA9cf04AYhuqdpY38mWxLCd7hy

Softswitch va IMS larni taqqoslash 
Softswitch va IMS arxitekturlari darajali bo‘linishga ega, shu bilan 
birga darajalar chegaralari xuddi o‘sha bir xil joylardan o‘tadilar. 
Softswitch arxitekturasi uchun birinchi navbatda tarmoq qurilmalari 
tasvirlangan, IMS arxitekturasida esa funktsiyalar darajasida aniqlangan. 
Shuningdek IP-tarmoq bazasida hamma xizmatlarni berish va 
chaqiruvlarni boshqarish va kommutatsiya funktsiyalarini ajratish g‘oyasi 
bir hil. Mohiyati bo‘yicha, allaqachon ma’lum bo‘lgan Softswitch 
funktsiyalariga OSA shlyuzi va abonent ma’lumotlari serveri 
funktsiyalari qo‘shiladi. 
Ikkila arxitekturalardagi funktsiyalar ro‘yxatini baholab, sezish 
mumkinki, funktsiyalar tarkibi amaliy farq qilmaydi. Xulosa qilish 
mumkin edi, ikkila arxitekturalar deyarli o‘xshash. Bu to‘g‘ri, ammo faqat 
qisman: ular arxitektura ma’nosida o‘xshash. Agarda funktsiyalardan har 
birini mazmunini tekshirsak, unda Softswitch va IMS tizimlarida katta 
farqlar topiladi. Masalan, CSCF funktsiyasi: uning bayonidan Softswitch 
ning o‘xshash funktsiyalaridan farqi ko‘rinmoqda. Buni ustiga agar 
Softswitch arxitekturasida funktsiyalar etarlicha shartli bo‘linish va 
bayonga ega bo‘lsa, unda IMS xujjatlarida esa funktsiyalarni qattiq 
bayonini va ularning o‘zaro hamkorligi protsedurlarini beriladi, 
shuningdek tizim funktsiyalari orasidagi interfeyslar aniqlangan va 
standartlashtirilgan. 
Softswitch - bu birinchi navbatda konvergentli tarmoq uskunasidir. 
Shlyuzlarni boshqarish funktsiyasi (tegishli ravishda MGCP/MEGACO 
protokollari) unda ustivorlik qiluvchi hisoblanadi (SIP protokoli ikkita 
Softswitch/ MGC ni o‘zaro hamkorligi uchun). 
IMS IP ga to‘liq asoslangan, 3G tarmoq ramkasida 
loyihalashtirilgan edi. Uning asosiy protokoli bo‘lib, abonentlar orasida 
bitta sessiya o‘rnatishga yo‘l beruvchi va xavfsizlik, mualliflashtirish, 
xizmatlarga kirish va hokazolar bo‘yicha servisli funktsiyalarni beruvchi 
tizim sifatidagina IMS ni ishlatuvchi, SIP hisoblanadi. Shlyuzlarni 
boshqarish funktsiyasi va mediashlyuzning o‘zi bu erda faqatgina 3G 
abonentlarini fiksatsiya qilingan tarmoq abonentlari bilan aloqasi uchun 
vositasidir. Shu bilan birga faqtgina UfTT ko‘zda tutiladi. 
Shuningdek IMS xususiyatlariga IPv6 protokoliga orientatsiya 
qilishi kiradi: ko‘pgina mutaxasislar hisoblaydilarki, IMS ning 


ommaviyligi, IP protokolining oltinchi versiyasini tadbiq qilishning 
cho‘zilganiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bu xozircha ba’zi bir 
muammo bo‘ladi: UMTS tarmoqlar ham IPv4 ham IPv6 quvvatlaydi, u 
vaqtda IMS kabi - qoidaga ko‘ra, faqat IPv6. Shuning uchun IMS- 
tarmoqda kirishida sarlavhalar formatini va manzil axborotini 
o‘zgartirnvchi, shlyuzlar bo‘lishi kerak. Bu muammo faqatgina IMS xos 
bo‘lmay, balki IPv6 ning hamma tarmoqlariga ham tegishli. 
IMS muammolar mavzusini davom etirib, SIP protokoli haqida 
aytish lozim. Gap shundaki, SIP IETF qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilgan va ixtisoslashtirilgan, lekin IMS da ishlatish uchun u qisman 
ishlab to‘ldirilgan va o‘zgartirilgan. Natijada vaziyat vujudga kelishi 
mumkin, SIP so‘rovlarim olinganda yoki ularni tashqi tarmoqqa 
jo‘natilgan vaqtda SCSCF funktsiyachasi SIP protokolining tegishli 
kengayish yo‘qligini topishi mumkin va/yoki ulash o‘rnatishdan bosh 
tortishi mumkin, shuningdek unga noto‘g‘ri ishlov berishi mumkin. 
Xozirgi vaqtda IPCC yondoshuvning kuchli tomonlaridan biri 
bo‘lib uni tarqalganligi hisoblanadi: jahonda mana shu rivijlanish yo‘lidan 
o‘tgan ko‘pgina tarmoqlar bor va endi SoftSwitch- arxitekturasini tadbiq 
qilish bo‘yicha keng tajribaviy material yig‘ilgan. Quvvatlanuvchi 
texnologiyalarning katta miqdori operatorga, uni talablariga ko‘proq 
javob beruvchi va oldindan bor tarmoq resurslari bilan optimal tarzda 
o‘zaro hamkorlik qilishga yo‘l beruvchi uskunani tanlab olish 
imkoniyatini beradi. SoftSwitch-echim nisbatan engil masshtablash 
mumkin, korporativ sektorga xizmat ko‘rsatuvchi, oddiy arxitekturadan 
boshlab, yirik masshtabli regionallararo operatori loyihalar bilan tugallash 
orqali. Shu tarzda, operator keyingi avlod tarmog‘iga boshlang‘ich 
kiritmani minimallashtirishi mumkin. Ushbu xususiyat esa yirik 
masshtabli loyiha yaratayotgan operatorga yangi tarmoq resurslaridan 
foydalanishga yo‘l beradi (demak, foyda olish) va darhol ularni 
o‘rnatgandan keyin foyda olishi mumkin. Agar sanab o‘tilgan 
afzalliklarni umumlashtirsak, unda ularni bitta so‘z bilan tariflash 
mumkin - "egiluvchanlik", uning tagida operatorning xohlagan so‘roviga 
adaptatsiya qilish nazarda tutiladi. Lekin IPCC echimida boshqa tomon 
ham bor. Ushbu bozor segmentida keltirilgan uskunaning turli-tumanligi, 
uning birga bo‘la olishlik muammosini vujudga keltiradi. Tizimli o‘zaro 
hamkorlikni ta’minlovchi ko‘p sonli markazlar uni qisman echishga 
yordam beradilar, chunki ko‘pincha testlar dasturiy ta’minotning 
versiyalarini yangilanish orqasidan etib bora olmaydi va operatorlar 
tarmoqlarida ishlayotgan, qurilmalarning hamma mumkin bo‘lgan 


kombinatsiyalarini qamrab ololmaydi. Bu shuningdek operatorlarning bir 
biri bilan o‘zaro hamkorligining kengroq muammosini tug‘diradi va 
foydalanuvchi va xizmatlar mobilligini ta’minlash bo‘yicha, ko‘pgina 
texnologiyalari ko‘zda tutgan imkoniyatlarini yo‘qqa olib keldi. Ba’zi bir 
uskunani ishlab chiqaruvchilar firmaning tarmoqni boshqarish tizimini 
taqdim etadilar, ular hamma vaqt ham, operator tarmog‘iga uni 
integratsiyasida, har xil tomon etkazib beruvchilar uskunalari bilan 
korrektli va juda yaxshi sifatli ishlavermaydilar, chunki faqatgina amalga 
oshirishda farq bo‘lmay, balki ko‘pgina tizimning funktsionalligida ham 
farq bor. IMS da uskunani birga bo‘la olishlik muammolari qisman 
tekislanadi, chunki funktsional modullarning o‘zaro hamkorligi 
standartlar bilan regulirovka qilinadi. Xizmatlarni taqdim etishga yangi 
yondashuv haddan tashqari muvaffaqiyatli bo‘ldi va xizmatlar roumingni 
ta’minladi, bu esa operatorga qo‘shimcha foyda keltirishi kerak. IMS bir 
xil tizimini keyingi avlod tarmog‘ining simli qismida va 3G mobil 
tarmoqlarida ishlatilishi kelajakda fiksatsiya qilingan va mobil 
tarmoqlarni konvergentsiya imkoniyatini - g‘oyalarini ko‘rishga yo‘l 
beradi, u jahon bo‘ylab ommaboplikni yig‘ayapti, buning tasdig‘i bo‘lib, 
FMCA (Fixed- Mobile Convergence Alliance) - yirik aloqa operatorlarni 
xalqaro birikmasi ishtirokchilar sonining doimiy o‘sishini misol qilsa 
bo‘ladi. 
Simsiz aloqa tarmog‘ining rivojlanishi. Telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 1991-2004 yillardagi rivojlanishi yangi texnologiyalar va 
xizmatlarining yangi turlarining jadal suratda rivojlanishi bilan xamoxang 
bo‘ldi. 
2003 yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK yangi turdagi faoliyatni 
- CDMA-450 standartida simsiz radiokirish xizmatlarini ko‘rsatishni 
o‘zlashtirishni boshladi. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AKning 
“O‘zbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi 
O‘zbekiston Respublikasida umummilliy simsiz aloqa tizimini 
rivojlantirish deb belgilandi. 2003 yilning o‘zidayoq Samarqand va Jizzax 
viloyatlarida simsiz radiokirish aloqa tizimi ishlay boshladi. 2004 yil 
dekabrida Buxoroda CDMA-450 standarti qo‘llanilgan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining borish qiyin 
bo‘lgan tumanlari axolisini simsiz aloqa bilan ta’minlash uchun, simsiz 
abonent kirishi tarmog‘ining joriy etilish tantanasi bo‘ldi. Ushbu ishlar 
JBIC loyixasi doirasida bajarildi. 
Xozirda 
O‘zbekistonning 
shimoliy 
to‘rtta 
hududida 
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) 


umumiy sig‘imi 20000 abonentli Lucent Technologies kompaniyasining 
5ESS kommutatori va 30 bazaviy stantsiyalari montajlanib foydalanishga 
topshirilgan. Shuningdek mazkur loyixada yuqorida ko‘rsatilgan 
hududdagi hamma viloyatlarga 4250 statsionar terminallar o‘rnatish 
nazarda 
tutilgan. 
CDMA-450 
standartining 
yangi 
uskunalari 
O‘zbekistonning shimoliy to‘rtta hududi axolisiga nafaqat odatiy telefon 
aloqa xizmatlarini ko‘rsatibgina qolmay, ularga ma’lumotlar uzatish 
bo‘yicha xizmatlarni, jumladan Internet tarmog‘iga 153 kBit/sek tezlikda 
kirish imkonini berdi. 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
zamonaviy 
bosqichida birinchi o‘ringa ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha xizmatlarni 
rivojlantirish, jumladan jaxon tarmog‘i Internet resurslariga sifatli kirish 
chiqmoqda. 
“O‘zbektelekom Mobayl” filiali bugungi kunda mijozlarga CDMA-
450 standartidagi simsiz aloka xizmatlarini taqdim etib kelayapti. Ushbu 
filial mijozlari sonini keskin oshirish, aloka sifatini yanada yaxshilash va 
tarmoqni 
rivojlantirish 
maqsadida 
2008 
yilda 
Xitoy 
Xalq 
Respublikasining «ZTE» korporatsiyasi va Germaniyaning «Alcatel 
Shanhay Bell» kompaniyasi bilan ko‘plab shartnomalar imzoladi. Mazkur 
import shartnomalari asosida «ZTE» korporatsiyasidan CDMA-450 
standartidagi mobil va turg‘un telefon apparatlari olindi. 
«Alcatel Shanhay Beli» kompaniyasi bilan tuzilgan import 
shartnomalari asosida filialga 40dan ortiq CDMA-450 standartidagi baza 
stantsiyalari keltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu baza stantsiyalarini 
abonentlar zich joylashgan, hamda tarmoq, yaxshi kamrab olmagan 
xududlarga joylashtirish natijasida aloqa sifati keskin ortadi, hamda 
xizmat doirasi kengayadi. 
O‘zbekiston axolisining 40 % dan ortig‘i uyali aloqa xizmatlaridan 
foydalanadi, hamma yirik operatorlar o‘zlarining 3G tarmoqlarini testli 
ekspluatatsiyaga chiqarishganini e’lon qilishdi. 
Uyali operator – Beeline (Bilayn savdo markasi) kompaniyasi 
O‘zbekistonda uyali aloqa uchinchi avlodining tajribaviy tarmog‘ini ishga 
tushirayotganini e’lon qildi. 
Perfektum Mobile kompaniyasi 2009 yil CDMA standartli uchinchi 
avlod uyali aloqani joriy etishni rejalashtirgan. 
“O‘zbektelekom” AKning “O‘zbektelekom Mobayl” filiali 3G 
tarmoqni 2009 yil joriy etish rejasini bayon qilgan, shuningdek bu 
kompaniya mavjud tarmoqni modernizatsiyalash va kengaytirishni 
davom etmoqda. 


MDX mamlakatlarida 3G - tarmoqlarning to‘plami mavjud, lekin 
ular boshqa CDMA-2000 standartida ishlaydilar. 
Xozirda O‘zbekistonda mobil aloqaning beshta operatori faoliyat 
ko‘rsatmoqda, jumlada: UMS (“O‘zdunrobita”, GSM standarti), Beeline
(Bilayn savdo markasi, GSM standarti), Ucell (Ucell savdo markasi, 
standart GSM), Perfektum Mobile (Rubicon Wireless Communcation, 
CDMA standarti) va “O‘zbektelekom” AKning “O‘zbektelekom 
Mobayl” filiali (Uzmobile savdo markasi, CDMA standarti). 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish