4-Ma’ruza. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li. Reja Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li»



Download 65,6 Kb.
bet4/10
Sana16.08.2021
Hajmi65,6 Kb.
#149067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Maruza 4c05fc094bea57440b2262ec258bce9d

3. Islom davlatchiligida din davlat siyosati darajasiga ko’tariladi. Bunga bir qancha arab va islom davlatlarini misol qilib keltirish mumkin.

Albatta O’zbekiston o’z milliy davlatchiligini rivojlantirib, dunyoviy davlat qurish yo’lidan borishda yuqorida aytilgan asosiy elementlarga e’tibor beribgina qolmay, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda belgilab olish imkoniyati mavjud bo’ladi.

birinchi Prezidentimiz «O’zbek modeli» ni 1992-93 yillarda o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’z yo’li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Prezidentimiz har bir mamlakat o’ziga xos «o’tish davri»dan borib, islohotlarni amalga oshirishi mumkinligini aytgan edi. Bu modellar klassik (an’anaviy) asosda kechishi mumkin. Bunda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bir necha yillar, hatto asrlarni o’z ichiga olgan. Umuman «O’zbek modeli» bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda va bu model asosida iqtisodiyotda, siyosatda, ma’naviyatda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo’lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g’oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o’tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:

1.Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;

2.Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;

3.Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;

4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;

5.Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;

6.Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash;



Yurtimizda 80-yillar oxirida vujudga kelgan vaziyatni chuqur o’rgangan olimlar, ekspert va tahlilchilar aynan ana shu iborani qo’llaydilar. Darhaqiqat, o’sha suronli yillarda O’zbekistondagi ahvol juda qaltis edi. O’sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o’rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o’rtacha ko’rsatkichdan ancha kam edi. Qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o’zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi. Islom Karimov O’zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq hukumat majlisida respublikada vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho berdi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday yakuniy xulosa chiqardi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”. Bu da’vat yurtimizda siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish yo’lida keng qamrovli ishlar, milliy davlatchilik tarixida yangi davrning boshlanishi bo’lganini keyingi jarayonlar yaqqol ko’rsatdi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan davlatlarda qo’llanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan to’g’ridan-to’g’ri nusxa ko’chirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini o’rganib, o’zimizga mos va o’zimizga xos taraqqiyot yo’lini tanladik. Bu yo’l davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishga asoslangan ana shu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Hyech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi. Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli o’tishiga sabab bo’lgan omillari ko’p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo’ldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yo’lidan borish tamoyilidir. Islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi ana shunday tadrijiylikning muhim jihatidir. Xalqaro tashkilotlar ham bugun o’tish davri iqtisodiyotida, chuqur islohotlarni amalga oshirishda davlatning roli haqiqatan ham katta ekani, buni O’zbekiston tajribasi amalda isbotlaganini keng tan oldi. Hozirgi vaqtgacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli oshayotgani O’zbekistonning bu boradagi yo’li naqadar to’g’ri ekanini ko’rsatdi. birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimizda dunyo davlatlari orasida birinchilardan bo’lib Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirildi. Agar ko’pchilik xorijiy davlatlarda qabul qilingan inqirozga qarshi dasturlar ko’rilgan talofatlarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lsa, O’zbekistonning dasturi yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish hamda iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, uning raqobatdoshligini oshirishga yo’naltirilgani bilan ajralib turadi. Ana shunday uzoqni ko’zlab ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli inqiroz avjiga chiqqan eng og’ir yillarda ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlandi. O’zbekiston iqtisodiyoti dunyodagi eng kam talofat ko’rgan mamlakatlardan biri bo’ldi. Toshkent shahrida ushbu dasturni va uning samaradorligini o’rganishga bag’ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan jahon miqyosida ko’zga ko’ringan yirik iqtisodchi olimlar, ekspert va tahlilchilar O’zbekistonning taraqqiyot yo’lini to’la qo’llab-quvvatlab, bu tajribani boshqa davlatlar amaliyotida qo’llash bo’yicha tavsiyalar berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yilda e’lon qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi “o’zbek modeli”ni nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitdi. Ushbu konsepsiya mamlakatimizni modernizasiya qilish va demokratik yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarimizni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan.

Istiqlol xalqimizga yangi taraqqiyot ufqlarini ochib berdi. Tarixan qisqa, mazmunan boy mustaqillik yillarida Vatanimiz istiqboli yo’lida asrlarga tatigulik o’zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang” tamoyili asosida olib borilgan islohotlar tufayli turli yo’qotishlarga yo’l qo’ymasdan, barcha soha mutanosib holda isloh etildi va rivojlantirildi, yangi jamiyatning mustahkam asoslari yaratildi. Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O’zbekistonimizda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003 yillarda o’rtacha o’sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yildan bu jarayon yangi bosqichga ko’tarildi – 7,5-9 foiz o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Dunyoning aksariyat davlatlarida iqtisodiy o’sish tushib ketgan, haligacha resessiya holati kuzatilayotgan, rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzi va byudjet taqchilligi oshib, ishsizlik darajasi o’sib borayotgan inqiroz davrida – 2008-2012 yillarda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati yiliga o’rtacha 8,4 foizni tashkil qildi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 2012 yilda 1990 yilga nisbatan 4,1 barobar oshdi, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8 barobar ko’paydi. O’zbekiston barqaror yuqori o’sish sur’atlari davom etayotgan yetakchi o’n davlat qatoridan joy oldi. Bunday yuksak natijalarga erishishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini qo’llab-quvvatlash, mahalliy tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish hisobidan iqtisodiyotda, avvalambor, ichki talabga hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirishga qaratilgan tarkibiy o’zgartirishlar muhim ahamiyat kasb etdi. O’z navbatida ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasidagi keng ko’lamli tajriba ham o’zining yuksak samaralarini berdi. Milliy iqtisodiyotimiz nafaqat hajm jihatidan, balki sifat jihatdan ham tubdan o’zgardi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarining ulushi izchil oshib bormoqda. Agar 1990 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida ushbu sohalarning ulushi tegishlicha 17,6 va 33,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda ularning salmog’i 24 va 52 foizga yetdi. Istiqlol yillarida qishloq xo’jaligi tarmog’ida barqaror o’sish kuzatildi va 2012 yilda 1990 yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 2,1 barobar oshdi. Shunga qaramasdan, uning YaIMdagi ulushi ushbu yillarda 33,4 foizdan 17,5 foizgacha tushdi. Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan oziq-ovqat muammosini o’z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, g’alla mustaqilligini ta’minlashni qat’iy vazifa qilib qo’ydi. Ekin maydonlari tarkibi, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, qayta ko’rib chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi, don mustaqilligi ta’minlandi. O’tgan yillarda g’alla yetishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko’proq oshdi. Rivojlangan davlatlar tajribasini hamda xalqimizning ishbilarmonlik, hunarmandlik fazilatlarini hisobga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib iqtisodiyotda nodavlat sektorning ulushi 83 foizdan oshdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog’i esa 54 foizdan ko’paydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining salkam 98 foizi fermer va xususiy tadbirkorlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlarga o’z bilim va malakasidan, tadbirkorlik qobiliyatidan kelib chiqqan holda erkin mehnat qilish, uning mahsulidan o’zi va jamiyat a’zolarini bahramand etish, mulkka egalik qilish, barqaror daromad manbalari yaratishning eng muhim omiliga aylandi. Hozir aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan tushayotgan daromadlarning ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o’zgartirish, qayta ishlangan hamda qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni ko’paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozisiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda. Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo’ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi, Asakadagi yengil va Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan korxonalar, yuzlab zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Hozir O’zbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilinmoqda. Umuman, istiqlol yillarida yurtimizda eksport hajmi 32,2 barobar oshdi. Agar islohotlarning dastlabki yillarida eksportning 60 foizini paxta tolasi tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda uning tarkibida tolaning ulushi 9 foizdan ham kamaydi. Ilgari eksport tarkibida xomashyo bo’lmagan mahsulotlar hajmi 30 foizni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunda uning ulushi 70 foizdan oshib ketdi. Istiqlolning dastlabki yillarida chetdan sotib olingan mahsulotlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73 foiz edi. Endilikda uning hissasi 10 foizga ham yetmaydi. Aksincha, yildan-ilga eksportda oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. Bunda qishloq xo’jaligida tub islohotlar amalga oshirilgani, dehqon yerning haqiqiy egasiga, fermerlar jamiyatimizning hal qiluvchi kuchiga aylangani, mehnat munosabatlari butunlay o’zgargani asos bo’lmoqda.

“O’zbek modeli”ning eng muhim va ustuvor tamoyillaridan biri – kuchli ijtimoiy siyosatdir. Bozor islohotlari ushbu tamoyil asosida amalga oshirilgani, aytish kerakki, eng og’ir o’tish davrida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni saqlash imkonini berdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganda demografik vaziyat juda murakkab edi. Yangi ish o’rinlari yaratish esa mutlaqo to’xtagan edi. Bu 70 yil mobaynida to’planib qolgan ijtimoiy mummolarning yanada chigallashib, chuqurlashib ketishiga sabab bo’lgandi. Ayniqsa, o’sha paytda aholining 60 foizdan ortig’i istiqomat qilayotgan qishloqlarda sharoit juda og’ir edi. Prezidentimiz tomonidan uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun 2,5 million oilaga 700 ming gektar sug’oriladigan yer ajratib berilgani ulkan tarixiy voqyea bo’ldi. Bu eng og’ir o’tish davrida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi, qishloq aholisi turmush darajasi tushib ketishining oldini oldi. Mustaqillikning birinchi kunlaridan belgilab olingan “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyiliga qat’iy amal qilindi. Chunki islohotlarning barcha tamoyili zamirida inson omili mujassam. Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan katta mablag’lar ajratilmoqda. Buni davlat byudjeti taqsimotida yaqqol ko’rish mumkin. Agar 1990 yilda xarajatlarning atigi 31 foizi ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2012 yilda qariyb 60 foizni tashkil etdi. Uning 34 foizi ta’lim, 15 foizi sog’liqni saqlash sohasiga yo’naltirildi. Yurtimizda tizimli asosda, bosqichma-bosqich ijtimoiy sohalarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan, dunyoda keng e’tirof etilgan umummilliy dasturlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim, sog’liqni saqlash, bolalar sportini, san’at maktablarini, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoiti va qishloqda namunaviy uy-joy qurish borasidagi dasturlar bugungi kunda o’zining yuksak samaralari bilan xalqaro hamjamiyatning havasini tortmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarda olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi yalpi daromadlari 12,2 barobar oshdi. Aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 67 yoshdan 73,2 yoshga yetdi. O’zbekiston ushbu ko’rsatkich bo’yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashdi.

Taraqqiyotning muhim omillaridan biri bu, shubhasiz, tinchlik-osoyishtalikdir. Dunyo ishbilarmon doiralari ham har jihatdan barqaror, tinchlik va xavfsizlik kafolatlangan davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik muhiti barcha sohadagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “O’zbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida qanday ulkan yutuq va marralarga erishgan bo’lsa, bularning barchasining negizi – yurtimizda tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizda”. Mamlakatimizdagi barqaror yuqori iqtisodiy o’sish, aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi – barcha-barchasi tinchlik tufayli ta’minlanayotganini barchamiz yuksak qadrlashimiz va uni mustahkamlash uchun kurashishimiz darkor. Bugun jahonda ro’y berayotgan murakkab va qaltis voqyealar barchamizdan doimo hushyor va ogoh bo’lishni talab qiladi. Mana shunday musaffo osmon, fayzu barakali hayotning qadriga yetish, uni yanada mustahkamlash har birimizning fuqarolik burchimizdir.

O’zbekiston mustakillikka erishganidan sung kun tartibida jaxon andozalariga mos keladigan davlat kurish, siyosiy, ijtimoiy va iktisodiy soxada tub isloxotlarni amalga oshirish, ularni konun bilan mustaxkamlaydigan xukukiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobik sosialis­tik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo kilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshkarish, ishlab chikarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iktisodiy xayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni takozo etar edi. Shuni xam aytish kerakki, jaxonda xamma mamlakatbop ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bulgan tayyor andozalari xech kachon bulmaydi. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jixatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bulgan O’zbekistonday kadimiy makonda uziga xos yul tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Birok, vaktni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun xam «mustakil O’zbekiston tugilgai kuniyok oyokka turishga, uzi yurishga majbur edi. Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston, respublika uz mustakilligini kulga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bulgani kabi uning tashkarisida xam unga ishonmaydigan, shubxa bilan karaydiganlar bor edi. Xatto sobik markazdagi ayrim karomatguylar O’zbekistonga nisbatan «O’zlaringni mustakil boshkarishga, mustakil davlat kurishga kodir emassizlar», «Sizlar mute, karam millatsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha garazguylik kilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar urtasida «Endi O’zbekiston kanday yuldan boradi? Kanday jamiyat kuradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barkarorlik ta’minlanadimi? — kabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim uzicha javob qidirar edi.



Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O’zbekiston uchun o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o’z andozasini ishlab chiqish g’oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O’z navbatida bunday vazifani uddalash O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o’rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyokarashi, jumladan, diniy e’tikodi, rux,iyati va xulkatvor normalari shuni takozo etardi. Ayni chogda, O’zbekiston­ning uz ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish andozasini ishlab chikishda rivojlangan mamlakatlarning kup asrlik tajribasini urganish, ularning foydali kismini uzlashtirish bilan birga O’zbekiston xalkining turmush tarzi va an’analariga xam tayanish lozim edi. Shuning uchun xam Uzbekiston mustakilligining dastlabki kunidanok, «jaxon va uzimizningamaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan xolda uz ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy-xukukiy taraqqiyot yulini tanlab olishga kirishdi. Albatta, mamlakat uchun xayot-mamot boskichi bulgan bir paytda uning yangi jamiyatga utishi bilan bokpik vazifalarni bajarish davlat raxbaridan yangi sharoitga mos boshkaruv tizi­mini ishlab chikishni, jamiyatning iktisodiy asosini vujud­ga keltirishni takozo kiladi. Axolining barcha toifalarini yagona maksad atrofida birlashtiruvchi goyalar tizimini yaratishni talab etardi. O’zbekistonning uziga xos taraqqiyot yuli ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiklolining tashabbuskori va raxnamosi sifatida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xuddi ana shunday paytda uzining kat’iy, ilmiy jixatdan asosli, xayotiy jixatdan yashovchan xulosalarini urtaga tashladi. X,ali sobik, ittifok, mavjud bulgan davrda u respublika raxbarligiga kelgan vaktdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub uzgarishlarni boshlab yuborgan edi. 1990 yil mart oyidayok sobik, ittifok, respublikalari ichida birinchilardan bulib, O’zbekistonda Prezidentlik boshk,aruvining tashkil etilishi, goyaviyik,arashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bulmayotgan O’zbekiston Kompartiyasini Xalk, demokratik partiyasiga aylantirilishi, xokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, xukumat, maxalliy idoralar kuliga utishi, uzbek tiliga davlat tili mak,omi berilib, milliy kddriyatlarning tiklana boshlagani O’zbekistonning uz istikuyul va taraqqiyot yuli shakllanayotganini kursatar edi. O’zbekiston mustakil bulgach, I. Karimovning respublika raxbari sifatida xalk, oldidagi mas’uliyati yana xam oshdi. U endi markazga boglik, bulmagan xolda, butun muammolarni uzi xal kilishga, xar kanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat kursatishga majbur edi. Ana shunday karama-karshiliklar kurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi raxbarlik maxorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi. Islom Abduganiyevich Karimov umumxalk ovoz berishi yuli bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanok uzining butun amaliy faoliyatida xalk va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat kursatdi. U Oliy Kengashning 1992 yil, 4 yanvarda bulib utgan navbatdan tashkari IX sessiyasida shunday degan edi: «Menga kanday yuksak mas’uliyat yuklanganini xis kilgan xolda xalkning munosib turmush kechirishi uchun kanday yullar tanlaganimiz xakdda ba’zi fikrlar bilan urtomashmokchiman. Xalk iktisodiyotni barkarorlashtirish uchun kat’iy xarakatlar kilishni kutyaptn. O’tmish koldiklari xalk yelkasiga ogar yuk bulib kolgan. Eng muxim vazifalardan biri xalkning baxtli xayotini ta’minlashdir. Birinchi Prezidentimiz shidsat bilan kirib kelayotgan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muxgoj kishilarni uz domiyligiga olishi kerak. Bular — kupbolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar. Bundan keyin xam biz uchun shu tamoyil kat’iy bulib kolaveradi» Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur axamiyatiga molik bulgan davlat siyosatining strategiyasini anik-ravshan kursatib berdi. Millatlararo tinchlikni ta’minlash, fukarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlodtarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, xukukiy davlatda konun ustivor bulishini alodida ta’kidladi. Tabiiyki, ushbu koidalar O’zbekiston istikloli va taraqqiyotining asosiy yullarini belgilab berish uchun asos bulib xizmat kildi. Masalaga ana shunday yondashish mustakillikning ilk kunlaridanok anik, tartib-intizomga rioya kilish, konun ustivorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barkodorlikni ta’minlashda muxim omil buldi. Davlat O’zbekistonning mustakil taraqqiyot yulini ishlab chikar ekan, utmishdan, sobik sovet tuzumidan meros bulib kolgan tajribadan sabok chikardi. Ayni chokda 90-yillar boshlarida, ya’ni mustakil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iktisodiy isloxrtlarni chukur taxdil kildi. Shu asosda soxta inkilobiy sakrashlarsiz, fojiali okibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yul bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga utish — tanlab olingan yulning asosiy mazmun va moxiyatidir,— degan xulosaga keldi. Bosh isloxotchi sifatida maydonga chikkan Davlat O’zbekistonning chinakam mustakilligini ta’minlash yullarini ish­lab chikishda avvalo respublikani rivojlantirishning uziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini xisobga oldi. Ma’lumki, uzbek xalki azaldan jamoa bulib, uyushib yashashga odatlangan, tuyda xam, azada xam yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga kumaklashgan. Kattalarni xurmat kilish, oila va farzandlar tugrisida gamxurlik kursatish, millatidan katiy nazar odamlarga xayrixoxdik, uzgalarga yordam tuygusi uzbek xalkiga tarixan xosdir. Shuning uchun xam I. Karimov 1992 yil, 2 iyulda Uzbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiklol yullari va muammolari» mavzuida nutk suzlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida uz yulimiz bor, deb e’lon kildik. Bozor iktisodiyotiga utar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalsimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini xisobga olamiz,» — dedi va tub isloxrtlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilini belgilab berdi.


Download 65,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish