Windows NT tizimiga asoslangan Windows amalioyti uchun
tizimlar turlari (versiyalari).
Windows NT amaliyot tizimi hozirgi Windows ATining versiyalari uchun asos hisoblanadi, ularni tarmoqdagi ikkita kompyuter va ishchi stansiyalarida ishlatish mumkin, bundan faqat Windows 2000 amaliyot tizimi mustasno (2-jadval)6.
2-jadval. WindowsNT bazasidagi Windows versiyalari.
Ishlabchiqarilgan
yili
|
Versiyasi
|
Versiyahaqida
|
2000
|
Windows 2000
|
Uyali kompyuterlarda foydalanish uchun moljallanmagan
|
2001
|
Windows ХР
|
Uyali kompyuterlarda foydalanish
|
1995
|
Windows Vista
|
Yangi foydalanuvchi interfeysi
|
1998
|
Windows 7
|
Funktsionallik va samaradorlikka urg’u berilgan
|
2000
|
Windows 8
|
Yangi grafik interfeys
|
Windows NT kompyuter olamida keng tarqalgan amaliyot tizimiga aylandi. Hozirgi kunda butun dunyoda Windows NTning noutbuklarda, shaxsiy kompyuterlarda, serverlarda va Xbox konsollarida turli original versiyalarini uchratish mumkin.
Windows 2000 amaliyot tizimi. Windows 2000 AT Windows 98 ATning bir qancha foydali sifatlarini qabul qilgan, masalan, “ulan va o’yna” texnologiyasini qo’llab quvvatlash. Ushbu amaliyot tizimi bir qancha versiyalarda taqdim etilgan. Ulardan biri ishchi stansiyalar uchun bo’lib, u yerda serverlar uchun bir qancha versiyalar ishlab chiqilgan.
Windows XP. 2001 yilning avgust oyida taqdim etilgan. Windows ATining eng ommaviy versiyasi bo’lib, Windows XP birinchi martta Windows NT 5.1 ko’rinishida taqdim etilgan va Windows NT 5.2 amaliyot tizimigacha takomillashtirilgan.
Windows XPning bir qator versiyalari mavjyd bo’lib, ularning asosiy 2tasi foydalanuvchilar o’rtasida ommaviylashdi:
-Windows XP Home (uyali kompyuterlarda foydalanish uchun);
-Windows XP Professional (kompaniyalarda foydalanish uchun).
Ular deyarli bir xil bo’lib, XP Professional Windows XP Home ATga qaraganda ma’lum qo’shimcha imkoniyatlarga ega.
Windows Vista. 2006 yilning noyabr oyida yaratilgan. Windows Vista (Windows NT 6.0) yuzlab yangi va o’zgartirilgan funktsiyalarni o’z ichiga olgan. Windows Vistaning yangi funktsiyalaridan biri Windows Aero va Windows Vista nomli yangilangan foydalanuvchining grafik interfeysidir. Bundan tashqari BITLOCKER vositasi tavsiya etilgan, ushbu vosita qattiq disklarni shifrlash uchun mo’ljallangan. Windows Vista ATda mukammallashgan havfsizlik ta’minlangan, chunki Windowsning avvalgi versiyalari aynan havfsizlik borasida ko’pgina tanqidlarga uchragan.
Windows 7. Windows 7 (Windows NT 6.1) 2009 yilning oktyabr oyida yaratilgan. Windowsning boshqa versiyalaridan farqli ravishda Windows 7da yangi kiritilgan funksiyalar soni ko،p emas, bu tizim Windows Vista tizimining davom ettirilgan versiyasi hisoblanadi. Windows 7 tizimning maqsadi avvalgi versiyalarga qaraganda amaliyot tizimining funksionalligini va mahsuldorligini oshirish edi.
Windows 8. Windows 8 (Windows NT 6.2) 2012 yilning oktyabr oyida ishlab chiqildi va ushbu tizim yangi grafik interfeysga ega. Bu interfeys Metro nomi bilan tanilgan bo،lib, u asosan planshetlar, noutbuklar, shahsiy kompyuterlar va Windows Phonelar uchun ishlatiladi. Sensor ekranlari uchun optimallashtirilgan Metro interfeysi sichqon va klaviatura yordamida ham boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, Windows 8 avvalgi versiyalarga qaraganda tez va muqobil yuklanadi. 2014 yilning aprel oyida Microsoft Windowsning 8.1 versiyasini ishlab chiqdi va taqdim etdi. Undagi asosiy yangi imkoniyatlar foydalanuvchi interfeysida, tizim havfsizligini ta’minlashda va qurilmalarning moslashuvchanligida namoyon bo،lgan7.
Microsoft kompaniyasi Windows amaliyot tizimining local tarmoqlarda server sifatida ish yuritishga mo’ljallangan bir nechta versiyalarini ishlab chiqdi. Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan birinchi tarmoqda ishlovchi amaliyot tizimi Windows 3.11 bo’lib, u Windows 3.1(1992) deb ham yuritilgan. Windows 3.11 ning yana bir nomi ishchi guruxlar uchun yaratilgan Windows bo’lib, bu versiya tarmoqda ishlashga yordam beruvchi bir qancha qo’shimcha funksiyalardan tashkil topgan. Bular:
Tarmoq kartalari va kabellari;
Katalog, disk va printerlarni birgalikda ishlatish;
Electron pochta va ma’lumotlarni o’zaro almashtirish tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |