4-Ma’ruza Mavzu: Harorat datchiklari. Rezistiv datchiklar, kontaktli va tenzometrik datchiklar. Reja


Qarshilik termometrlarining tuzilishi



Download 1,15 Mb.
bet6/9
Sana26.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#608791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

Qarshilik termometrlarining tuzilishi. Bu termometrlar termoelement (sezgir element) va tashqi (himoya) armaturadan tuzilgan.Metall qarshilik termometrlarining sezgir elementi, odatda, shisha, kvars, keramika, slyuda yoki plastmassadan kilingan karkasga o’ralgan sim yoki lentadan iborat.
Sezgir element termometr uchining qisqichlariga o’lchov asbobiga boradigan simlar ulangan.
M is qarshilik termometrlarining sezgir elementi 0,1 mm diametrli, karkasga bir necha qavat o’ralgan, izolyatsiya qilingan mis simdan tashkil topgan. Sim qavatlari o’zaro va kar­kas laki bilan mahkamlanadi. Simning ikkala uchiga 1—1,5 mm diametrli mis quloqchalar kavsharlanadi. Sezgir elementni himoya qobig’iga joylashtiriladi. Karkasliklardai tashqari bu termometrlarning karkassiz sezgir elementlari ham chiqariladi. Sezgir element 1 izolyatsiya qilingan 0,08 mm diametrli simdan induktivliksiz karkassiz o’ramga ega bo’lgan holda yasaladi (7.2-rasm).



Alohida qavatlari lak bilan mahkamlanadi va so’ngra barcha sezgir element ftorplastli plyonka 2 bilan qoplanadi. Sezgir element yupqa devorli himoya metalli kobiqqa joylashtiriladi, unga keramik kukun sepiladi va germetizatsiyalanadi. Sim uchlari 3 quloqchalarga kavsharlanadi, ular termometr uchi qisqichlariga ulanadi.
Platina termometrlarning sezgir elementi ikkita yoki to’rtta keramik karkas 1 ning kapillyar kanallarida joylashgan ketma-ket ulangan spirallar 2 dan tashkil topgan (7.3- rasm).
Karkas kanallari keramik kukun 3 bilan to’ldiriladi,bu poroshok izolyator bo’lib xizmat qiladi va spiralning prujinaga o’xshash egiluvchanligini ta’minlaydi. Spiral uchlariga platinali yoki iridiy rodiyli (60% rodiyli) simdan qilingan kuloqchalar 4 kavsharlangan. Keramik karkasda sezgir element maxsus glazur’ (yoki termotsement) 5 bilan germeti­zatsiyalanadi. Karkas kanalining spirallari va devorchalari orasidagi bo’shliq alyuminiy oksidi kukumi bilan to’ldirilgan, u izolyator bo’lib xizmat kiladi hamda spirallar va kar­kas orasida issiqlik kontaktini oshiradi. Platina qarshilik termometrlarining sezgir elementlari diametri 0,04—0,07 mm li platina simdan tayyorlanadi.
Qarshilik termometrlarining tuzilish varianti 7.4- rasmda keltirilgan. Qarshilik termo­metrlarining sim 1 dan qilingan sezgir ele­menti to’rt kanalli keramik karkas 2 ga joylashtirilgan.
Mexanik shikastlanishdan va o’lchanayotgan yoki atrof-muhitning zararli ta’siridan saqlanish uchun sezgir element himoya qobig’i 3 ga joylashtirilgan. U keramik vtulka 4 bilan zichlashtirilgan. Sezgir elementning quloqchalari 5 izolyatsion keramik truba 6 orqali o’tadi. SHularning hammasi o’lchash ob’yektida rez’bali shtutser 8 yordamida o’rnatilgan himoya g’ilofi 7 da joylashgan.
Himoya g’ilofining uchida termometrning ulaydigan uchi 9 joylashgan. Uchida termometrquloqchalarini mahkamlash va ulovchi simlarni ulash uchun vintlari 11 bo’lgan izolyatsion kolodka joylashgan. Uchi qopqoq bilan yopiladi. Ulovchi simlar shtutser orqali chiqariladi. Tashqi elektr va magnit maydonlari ta’sirini kamaytirish uchun qarshilik termometrlarining sezgir elementlarini induktivsiz o’ramali qilib yasaladi. 7.5-rasm, a da sterjenli termo­rezistor ko’rsatilgan. U quloqchalar 3 kavsharlaigan kontaktli qopqoqchalar 2 ga ega bo’lgan silindr 1 dan tashkil top­gan. silindr emal’ bo’yoq bilan qoplangan, uning yuqori qismida shisha izolyator 6 bor.

Munchoqli termorezistorning (7,5- rasm, b) yarim o’tkazgich elementi 1 diametri 0,5 mm li va shisha qobiq 4 bilan himoya qilingan sharcha shakliga ega. SHarchaga 0,05 mm diametrli pla­tina simdan qilingan va nikelli quloqchalari 3 bilan ulangan elektrodlar 2 joylashtirilgan.
Kam temperaturalarni o’lchash uchun mo’ljallangan germaniyli termometrlar mis gil’zadan (7.5- rasm, v) iborat bo’lib, gazsimon geliy bilan to’ldirilgan va germetik tiqin 2 bi­lan yopilgan. Gil’za ichida sur’ma bilan legirlangan germa­niy 3 ning monokristali joylashgan. Kristall 4 ga oltin o’t­kazgich 4 yopishtirilgan bo’lib, ularga platina quloqchalari 5 kavsharlangan. Kristall plyonka 6 bilan izolyatsiya qilingan. Bunday termometrlar 1,5 dan 50 K gacha temperaturalarni o’lchashda qo’llaniladi.
Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi temperaturasi o’lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarining monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurla­nish ravshanligi rostlanadigan cho’g’lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu gruppadagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho’g’lanish tolasi yo’qolib ketadigan monoxromatik op­tik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 8.1-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’yektiv 1 orqali yig’iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proyeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’yektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai ye ning o’zgarmas tokidan cho’g’lanadi. Manbaning kuchlanishini reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo’li bilan ob’yekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. SHu payt ob’yekt tasviri bi­lan kesishgan tolaning qismi rasmda ko’rsatilganidek, yo’qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so’ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o’lchaydigan asbob bilan pirometr ko’rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning temperaturasini o’lchash diapazoni 800°S dan 10000°S gacha. Yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi. Optik pirometr ko’chma asbobdir. U bilan uzluksiz o’lchash va temperaturani qayd qilish mumkin emas.
Bunday pirometrdan farqli o’laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr pirometrlar) ko’rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu asboblardan tez o’tadigan protsesslardagi temperaturani o’lchashda foydalaniladi.
Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi fotoelementning fototokni o’zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fo­totok tushayotgan yorug’lik oqimi intensivligiga bog’liq bo’lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
(8.6)
bu yerda a— asbobning sezgirligiga bog’liq bo’lgan asbob doimiysi; n — asbobning spektr xarakteristikasiga bog’liq bo’lgan asbob doimiysi; T— fi­zik jicmning temperaturasi.




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish