3.Texnologok reglament.
Sanoat reglamenti. Sanoat reglamenti bir necha qismlardan iborat, jumladan texnik va analitik nazorat о‘tkazish qismi.
Mazkur qismda sifatni nazorat etish tartibi aniq qilib belgilangan, ya’ni nazorat obyekti va vositalari, nazorat etilishi shart bо‘lgan о‘lchamlar, ularning meyorlari, tozalash usullari va takrorlanishi.
Mazkur reglamentning “ishlab chiqarish nazorati” qismida nazoratning bosqichma-bosqich о‘tkazilish tartibi va ketma-ketligi bayon etiladi. Texnologik jarayonning tahlil uchun namuna olish nuqtalari va namunalarni tahlil qilish usullari, shuningdek tekshirilishi shart bо‘lgan о‘lchamlar rо‘yxati keltiriladi. Reglamentda yana xom ashyo, yarim tayyor, oraliq mahsulot, yordamchi vositalar va tayyor mahsulotlarni nazorat qilish tizimi yoritiladi, xom ashyo va yordamchi vositalar nazorati ishlab chiqarishdan avval olib boriladi.
Qayd etilgan xolatlarda eng muhim о‘rinni analitik tahlil usullari egallaydi. Jumladan, Hindistonda qо‘llaniladigan о‘simlik mahsulotlarini tahlilida kо‘plab zamonaviy usullardan foydalanilganligini kо‘rishimiz mumkin2. Reglamentning “oxirgi (tayyor) mahsulot tavsifi” bо‘limida mahsulotning xossalari, turi va qadoq shaklllari, turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar (yorug‘lik, namlik, kislorod va karbonat angidridi, bosim, rN va x.k.) va b. bayon etiladi.
Analitik tahlil 3 xil darajada olib boriladi:
Birinchi lokal daraja - faqat bitta jarayon (bitta reaksiya, bug‘latish, filtrlash va b.) nazorat etiladi. Mazkur holatda oraliq mahsulot hosil bо‘ladi va u keyingi tozalash bosqichiga о‘tkaziladi. Bunday holatlarda tezkor usullar, ya’ni jarayonni tо‘xtatib qо‘yolmaydigan refraktometriya, kolorimetriya, rN metriya, GSX va YUSSX uslublardan foydalaniladi.
Ikkinchi bosqichda nazorat yoki analitik tahlil texnologik jarayonning barcha bosqichlarida, shuningdek tozalash va ajratib olish kabi jarayonlarda olib boriladi. Ushbu bosqichda yarim tayyor mahsulot hosil bо‘ladi. Ushbu holatlarda sellektiv fizika-kimyoviy usullardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir: xromatografiyaning barcha turlari, spektrofotometriya, polyarografiya, potensiometrik titrlash va b. Mazkur nazoratning maqsadi keyinchalik ishlab chiqarishda tuzatish mumkin bо‘lgan о‘lchamlarni aniqlashdir.
Nazoratning eng yuqori 3-darajasida tayyor mahsulotning sifati va sonini, shuningdek xom ashyo va energiyaning sarf-harajatini ham aniqlash imkonini berishi lozim. Tahlillar MH (FM, VFM, KFM) asosida olib boriladi va bunda usulning selektivligi hamda aniqligi ahamiyatga ega bо‘ladi.
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida analitik nazoratni olib borish sifatni nazorat qilish bо‘limi yoki texnik nazorat bо‘limi (SNQB) zimmasiga yuklatiladi. SNQB yuqori malakali xodimlar, zamonaviy asbob- uskunalar tо‘plami, reaktivlar, MH da keltirilgan analitik usullar va bosqichli nazoratni о‘tkazish yо‘riqnomalari bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak.
SNQB xodimlari tasdiqlangan yо‘riqnomalar aosida xom ashyo, yordamchi va qadoqlovchi mahsulotlar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namuna oladilar va MH muvofiqligi bо‘yicha kirish nazoratini olib boradilar.
Uz-uzini tekshirish savollari;
1.Texnologik jarayonlar nima?.
2.Kimyoviy Texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari to’g’risida deganda nimani tishunasiz.
3.Texnologok reglament nima.
Do'stlaringiz bilan baham: |