Ekosistemalarning tuzilishi . Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri –bu yer usti muhiti , chuchuk suv , dengiz yoki sun’iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o’rtasidagi munosabatlardir.Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo’yicha quyidagi pog’onalarga bo’linadi, ya’ni: 1) Yuqori atrof (mustaqil ovqatlanuvchi )pog’ona yoki ’’ yashil pog’ona’’. Bu pog’onani o’simliklar yoki ularning qismlari tashki qiladi . Ularning o’z tanalarida organik moddalar to’playdi; 2) Pastki geterotrof pog’ona (boshqalar bilan ovqatlanish ) da tuproqda to’plangan turli qoldiq (barg , shox, ildiz ) lar namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi va murakkab birikmalar hosil bo’ladi.
Biologik nuqtai nazardan ekosistema tarkibida quyidagi konponentlarni ajratish mumkin,ya’ni :1) Neorganik moddalar (C,N, CO2, H2O); 2) Organik moddalar biotik va abiotik qismlarini birlashtiradi. 3) Havo, suv va substrat muhitlar bo’lib, ular iqlimning hamma fizikaviy omillarini o’z ichiga oladi;
4) Avtotrof organizmlar majmuai-produtsentlar (yaratuvchilar ), yashil o’simliklar ; 5) Gererotrof organizmlar – makro va mikro konsumentlar , fagotroflar tayyor chirindilar holatiga o’tkazadigan organizmlar majmualariga redutsentlar yoki destruktorlar kirib, ularni bakterialar, zamburug’lar, sodda tuzilgan va o’lik organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi.Trofik tuzilishdagi qonuniyatlar ikki kategoriyaga bo’linadi; biofaglar-tirik organik moddalar bilan oziqlanuvchi va saprofaglar- o’lik organik moddalar bilan oziqlanuvchilar . Biofaglar ichida fitofaglar –o’txo’r hayvonlar,insonlar, parazitlar birlamchi konsumentlar , yirtqichlar ikkilamchi, uchlamchi konsumentlar uchraydi.
Trofik tuzilish oziqlanishini quyidagicha sodda holda ham ifodalash mimkin ya’ni:
O’simliklar Qo’y, quyon Tulki, bo’ri, burgut
_____________ _______________ ________________________
Produksentlar Birlamchi Ikkilamchi konsumentlar
konsumentlar
Ekosistemaning tirik va o’lik qismlari bir-birlari bilan aralashib, bi butun majmuani hosil qiladi , ularni ajratish juda qiyin.
Ekosistemaning ichidagi ko’pchilik biogen elementlar (uglerod, azot,fosfor) va organik birikmalar (uglevodlar,oqsillar, yog’lar ) tirik organizmlarning ichidagina emas balki ularning sirtida ham uchraydi va tirik hamda o’lik jinslar o’rtasida doimiy energiya oqimini hosil qiladi..
Ekosistemaning 3 ta tirik komponentlari (produksentlar, fagotroflarr va safrofitlar) ni tabiatning 3ta funksional olami sifatida qarash mumkin . Ularning bunday bo’linishi oziqlanish turlari va energiyadan foydalanish manbaiga asoslangan .
Do'stlaringiz bilan baham: |