Makroekosistema. Katta yoki kichik ekosistemalarga energiyaning kirishi – chiqishida muhitning o’zgarishi har xil bo’ladi, ya’ni : 1) O’zgarish ekosistemasining hajmiga bog’liq, agar u katta bo’lsa (tabiiy hudud , okean) tashqi muhitning qisman o’zgarishiga qaram bo’lmaydi , kichiklar ( hovuz , bog’) qaram bo’ladi; 2) Ekosistema katta bo’lsa , unda energiya va moddalar kelishi , almashinishi va chiqish ham ko’p bo’ladi; 3)Ekosistemsda avtotrof va geterotrof organizmlar o’rtasida bo’lib o’tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo’lsa , uni tiklash uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko’p bo’ladi; 4)Yosh sistemalarning rivojlanish stadiyasi va darajasi eski, yetilgan sistemalardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |