SHAXSIY TOPSHIRIQNI BAJARISH
Texnologik jarayon qurilmasi yoki laboratoriya qurilmalari sxemasi beriladi.
Berilgan topshiriq bo’yicha qurilma va jihozlar bilan tanishi.
Berilgan topshiriq bo’yicha jihozlarning tuzilishi o’ganiladi.
Batafsil o’rganilgan texnologik jarayon qurilmasi yoki laboratoriya qurilmasining loyihalanayotganda jihozning o’rni, uning konstruksiyasi sxemalar bilan tanishish.
TANISHUV AMALIYOTNI TASHKIL QILISHGA OID USLUBIY KO’RSATMALAR
Amaliyotga o’quv-uslubiy va tashkiliy rahbarlikni kafedra professor-o’qituvchilari bajaradi.
60710100 — Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)va (silikat materiallar) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
-ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlari bilan tanishish;
- atrof-muhitni muxofaza qilish va mexnat xavfsizligi talablari bilan tanishish;
- noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasida qo’llaniladigan asosiy jixozlar bilan tanishish;
- azot va vodorod asosida bog’langan azot birikmalarining sintezi bilan tanishish;
- xom ashyo yordamchi materiallar va mahsulotlarning sifatini nazorat qilish ;
- korxonadagi asbob uskunalar va texnologik jihozlarning ishlashi bilan tanishish;
Ishlab chiqarish va xizmat faoliyatda:
- namunaviy texnologik jarayonlar bilan tanishish;
- xomashyo, yordamchi materiallar va maxsulotlarning sifatini nazorat bo’limi faoliyati bilan tanishish;
- kasbiy etika kodeksi bilan tanishish;
- korxonadagi asbob-uskunalar va texnologik jihozlarning ishlashini o’rganish;
- avtomatlashtrilgan tizmlar bilan tanishish;
- texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallami va yangi turdagi materiallarning tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishish;
OTM vazifalari
Oliy o‘quv yurtlari:
har yili, 1 dekabrdan kechikmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’ektlari bilan kelishib oladi;
amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi;
fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma’ruzalarini tashkil etadi;
talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi;
ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |