Talaba amaliyot o‘tashda:
amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarishi;
amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib - qoidalariga bo‘ysunishi;
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qatiy rioya qilishi;
bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;
amaliyot rahbariga barcha topshiriqdar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.
12. TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Amaliyot o’tilayotgan korxonada amaliyot boshlanishidan avval talaba quyidagilarni bajarishi shart:
1. Institut tomonidan tayinlagan amaliyot rahbaridan amaliyot o’tiladigan joyni va amaliyot muddatini aniqlashi, tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak.
2. Amaliyot bo’yicha umumiy yo’riq va zarur bo’lgan o’quv-uslubiy hujjatlarning hammasini olishi kerak.
13. MAXSUS SHAXSIY TOPSHIRIQ MAZMUNI
1. Xom ashyo omboridan boshlab to ishlab chiqarish sexi bo’ylab o’tadigan yo’lining marshrut sxemasi bilan tanishish va o`rganish.
2. Berilgan uchastka bo’ylab xom ashyoga ishlov berishning texnologik jarayonlari (operatsiyalar soni belgilab beriladi). Operatsiyalar, moslamalar va boshqa texnologik jixozlarning eskizlari keltiriladi.
3. Berilgan uchastkada detalni tayyorlash tannarxining kalkulyatsiyasi. Bunda mehnat sarfi norma soatda va detal tannarxi ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayoning kartasi va marshrutini tuzish; qo’llaniladigan moslamalar, asboblar, nazorat qilish va h.k. bayon qilinadi;
Ishlab chiqarish uskuna chizmasi A-3 yoki A-2 formatda chiziladi va yig’ish jarayonidagi asosiy texnik talablar keltiriladi;
Uskuna detallarining ishchi chizmalari standart talablari bo’yicha chiziladi va uni tayyorlashdagi asosiy texnik talablar keltiriladi;
Batafsil o’rganilgan sex, uskuna yoki agregatning loyihalanayotgan mashinadagi o’rni, uning konstruksiyasi sxemalar bilan bayon va tahlil qilinadi.
Talaba amaliyot bo’yicha chiqarilgan buyruqda hamda safarnomada belgilangan muddatda amaliyot o’tiladigan korxonaga yetib kelishi va ishga tushishi shart.
Agar talaba amalyyotni kechikib boshlasa, kechikish sababidan qat'iy nazar, kechikkan muddatchalik amaliyot uzaytiriladi.
Korxona bo’yicha chiqqan buyruqqa muvofiq talabalar shtat lavozimlariga o’tkazilishlaridan boshlab, to ishlab chiqarish amaliyotining muddati tugamaguncha, talabalar joriy mehnat haqidagi qonunlarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga va amaliyot o’tilayotgan korxonaning ichki tartib qoidalariga bo’ysunadilar; bu qonun va qoidalar ularni muhofaza qiladi.
Amaliyot o’tayotgan talabaning ishdan qandaydir sabab (ichki tartibni buzish, muntazam ravishda ishga kechikib kelish va h.k.) bilan amaliyotdan chetlashtirilishi o’z-o’zidan talabani institutdan o’qishdan chetlatilishiga olib keladi.
Talabaning ish joyidagi vazifalari uning egallab turgan lavozimi va uchastka, smena, sexlarni boshqarish apparatining mavjud strukturasi bilan belgilanadi.
Amaliyot o’tayotgan talaba o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi bilan birga, korxona jamoasining jamoat ishlarida qatnashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |