ILOVALAR…………………………………………………………...
|
22
|
KIRISH.
Tanishuv amaliyoti Oliy o‘quv yurtida talabalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashning muhim bosqichi hisoblanib, uning maqsadi institutda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy ishiga bevosita tayyorlash va mahoratini oshirishdan iboratdir. Bu tayyorgarlikka korxonaning progressiv rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshirishga, ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda olib borishga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, ta’lim berish va siyosiy-ijtimoiy topshiriqlarni mustaqil yechish yo‘li bilan erishiladi.
Amaliyot Oliy o‘quv yurtining tanishuv amaliyoti to‘g‘risidagi nizomi bilan mos ravishda o‘tkaziladi. tanishuv amaliyotining mazmuni va uning o‘tkazilish joyi maxsus dastur va talabaning bo‘lajak mutaxassisligi bilan aniqlanadi.
Muhandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, o’quv jarayonini ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga olib borish, talabalar bilan yakka holda ishlash shakllarini kengaytirish bilan uzviy bog’langan. Bu borada 60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) va Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar) bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha 1-kurs talabalari uchun ushbu tanishuv amaliyot barcha Kimyoviy texnologik korxonalari hamda ular asosida olingan mahsulotlarni tadqiq qiluvchi korxonalarida o’tkaziladi.
UMUMIY QOIDALAR.
1. Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlariniig ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151-sonli Qarorida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amaliyot oʼtash joyida talabaga masʼul xodimni biriktirish holati, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʼnikmasiga ega boʼlishini taʼminlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʼlga qoʼyish unda oliy ta’lim muassasalari talabalarining tanishuv amaliyotini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
1.1. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti - ilg‘or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Talabalar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari fanlarining nazariy qismini mustakamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.
Tanishuv amaliyotlar bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko‘zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari talablariga binoan, ilmiy kengash qaroriga mavofiq amaliyotning boshqa guruhlarini kiritish huquqiga ega.
Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS, o‘quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan.
Amaliyot dasturlari tanlangan yo‘nalish (ixtisoslik)ning tanishuv talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning (bundan buyon – amaliyot ob’ektlari) tavsifi hisobga olingan holda tegishli o‘quv muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni oliy o‘quv yurtlari rektorlari tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham:
|