II-BOB. O`RGATUVCHI DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Crocodile Physics dasturi haqida………………………………………
Crocodile ICT dasturi haqida.………………………………………….
Crocodile mathematics dasturi haqida……………………………….
Xulosa: …………………...………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'limning biror o'quv fanini to'liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o'tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo'llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta'sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko'p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo'lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o'quv qo'llanmalari o'g'il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko'makchi vazifasini ham o'taydi. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta'lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta'limiy o'yinlar va boshqa ta'lim resurslari, metodik qo'llanmalardan ayni vaqtda ko'plab ta'lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Ta'lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o'quv-trening vazifasini o'tovchi elektron axborot-ta'lim resurslari — dasturlar yaratilgan. Bu o'qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivoilantirish. ommalashtirish borasidagi ishlar o'z samarasini bermoqda. Ta'lim maskanlarida o'quvchilar to'g'ridan to'g'ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma'lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o'z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Barchamizga ma 'lumki, XXI asr — globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadał suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o'tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o'tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o'zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
I-BOB. O`QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. O`RGATUVCHI DIDAKTIK MATERIYALLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |