2.2 Crocodile ICT dasturi haqida
Crocodile ICT dasturi, Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o‘qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq etkazib berish mumkin.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Bundan tashqari, blok sxemalarda biror bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (salta olish, qarsak chalish, o‘ngga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emotsional o‘zgarishlarni, ma’lum bir so‘zlarni gapirishlari va hakazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Xo`sh bu dasturlarni qaerdan qanday qilib olish mumkin? Buning uchun siz quyidagi ko‘rsatmalarni bajaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |