II-BOB. O`RGATUVCHI DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1 Crocodile Physics dasturi haqida
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli
Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model.
Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Yer sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin.
Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.
1-rasm. PhET dasturining umumiy ko‘rinishi.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.
PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, ximiya va biologiya fanlaridan dars mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin. Xususan fizika faniga oid 90 dan ortiq modellar mavjud; Biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud; Matematika faniga oid 7 ta model mavjud; Kimyo faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud.
Dasturda keltirilgan modellarni faqat ingiliz tilida emas. Balki 50 dan ortiq tilga tarjimalarini topish mumkin, xususan o‘zbek tilida 1 ta model tarjima qilingan. Agar siz dasturda keltirilgan modellarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday qiyinchiliksiz bu niyatingizni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud bo‘lib, u erga kirib maxsus qaydnomani tuldirgan holda tegishli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.
PhET dasturida har xil fanlar kesimidagi modellarning ko‘rinishini qo‘yidagi rasmda ko‘rishingiz mumkin:
2-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi
3-rasm. PHET dasturining “Elektr va magnitezm” bo‘limiga oid modellar
4-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi
PHET dasturining rasmiy http://phet.colorado.edu saytining “O‘qituvchilar uchun” bandida har bir model uchun metodik ko‘rsatmalar (virutal laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari va boshq.) keltirilgan. O‘qituvchi xech qanday qiyinchiliksiz quyidagi qidiruv filtr orqali mavzuga oid dars ishlanasini yoki metodik ko‘rsatmalarni, ta’lim turi kesimida pdf yoki doc formatlarida ko‘chirib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |