Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat YalM da 3%ni taslikil etadi. Yagona davlat bo‘lib tuziigandan beri hukumat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berib, uni rag‘batlantirmoqda. Ekin ekiladiga maydonlar hududining 10%ini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarga Al-Fujayra, Ras-ul-Xayma amirliklari boy. Ular tog‘ etaklarida joylashganligi uchun suv bilan yaxshi ta’minlangan. Dehqonchilik hamma yerda sun’iy sug‘orishga asoslangan. Donli ekinlardan bug'doy,tariq, makkajo‘xori, mevalar,poliz ekinlari, sitruslar, sabzavotlar, texnika ekinlaridan: tamaki, paxta, yetishtiriladi. Asosiy yetishtiradigan ekini xurmo, u asosan vohalarda va sohilbo‘yida yetishtiriladi. Mahalliy hukumat fermerlarga subsiydiyalar bennoqda:o‘g ‘it va ko'chatlar narxini 50%ga kamaytmoqda, qishloq xo‘jalik mashinalarini fennerlarga xarid qilishga yordam bennoqda. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun to‘sqinli qiladigan omillar quyidagilar:
1. iqlimning quruq va issiqligi;
2. hosildor yerlaming kamligi;
3. vaqti-vaqti bilan chigirtkalar yog‘ini;
4. aynan chuchuk suvning yo‘qligi.
Qishloq xo'jaligining serunum rivojlantirilishi yer osti suv resurslarining kamayib ketishiga va yerlarni sho‘rlanib ketishiga olib kelmoqda.Shu sababli ko‘pgina ferrnerlar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldilar.Mamlakatni ko‘kalarnzorlashtirishga katta ahamiyat berilyapti. Birorbir zavod yoki fabrika atrofida 200-300ga bog‘ tashkil qilish shart.
Chorvachilikda yirik shoxli qoramollar faqat Ras-ul-Xaymada boqiladi, mayda shoxli mollar asosan tog‘li rayonlarda boqiladi. Ko‘chmanchilar xo‘jalik ishlarida tuyalardan keng foydalanishadi.
Sohilbo'yidagi aholining asosiy mashg‘uloti baliqchilik, marvarid, karallar olish bilan shug‘illanadi. Fors ko‘rfaziga neft va neft mahsulotlari to‘kilishi natijasida suvning ifloslanishi oqibatida baliq ovlash kamayib bormoqda.Yirik shaharlar atrofida parrandachilik rivojlangan.8[9:268]
O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari — O‘zbekiston Respublikasining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari yordamida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Misr, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Iordaniya, Isroil, Eron, Hindiston, Pokiston va Janubiy Afrika Respublikasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlatlar bilan aloqalari avvalo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublikamizning arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi alohida ahamiyatga molik. Mazkur davlatlar bilan siyosiy muloqotlar oliy va yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Birlashgan Arab Amirliklariga (17-18 mart 2008-yil) amalga oshirilgan rasmiy tashriflar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga asos soldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi o‘tgan davr mobaynida Birlashgan Arab Amirliklari (oktabr 2007-yil) rahbarlarining mamlakatimizga oliy darajadagi rasmiy va davlat tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekistonga Birlashgan Arab Amirliklarining (iyun 2009y.) tashqi ishlar, moliya, energetika, tashqi savdo va iqtisod vazirlarining rasmiy tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 25-oktabr kuni o‘rnatilgan.9
Do'stlaringiz bilan baham: |