Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Neft konlari ochilgunga qadar unchalik aholisi ko‘p bo‘lmagan bu mamlakatda asosan chorvachilik, palma yetishtirish, baliqchilik va marvarid qidirish bilan shug‘ullanar edilar. Maravarid eksportidan Dubay amirligi mintaqaning yirik savdo markaziga aylandi, biroq sun’iy marvarid paydo bo'lgandan so‘ng mahalliy savdogarlar oitin va qimmatbaho toshlar bilan shug‘illanishga o'tib olishdi.6[7:127]
1.2.Sanoati, ta’lim tizimi, tashqi iqtisodiy aloqalari hamda O`bekiston va BBA aloqalari. Sanoati. BAA sanoatida neft asosiy o‘rinni egallaydi. Birinchi neft koni 1958-59-yillarda Abu-Dabi amirligida topilgan. 1962-yil neftning tijorat yolida qazib chiqarish boshlandi.O`sha vaqtlarda mamlakat Britaniya potektarati bo'lganligi sababli neft qazib chiqarishni ingliz kompaniyalari olib borar edi va mahalliy hukumatga ma’lum foizlar ajratar edi. 1975-yil neft qazib chiqarish tarmog'ini milliylashtirish amalgam oshirildi va undan olinadigan daromad davlat budjetiga kelib tusha boshladi. 1966-yil Dubay amirligida ham neft konlari topildi. 1971-yil Britaniya qo‘shinlari mamlakatdan chiqarilib yagona davlat BAA tashkil topdi. BAA dunyo neft bahosining ko‘tarilishi bilan kichik cho‘l amirligidan hayot tarzi yuqori bo`lgan davlatga aylandi. 1966-yil Abu-Dabi amirligi neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti “OPEK”ga a’zo bo‘ldi. 1971-yil amirliklaming yagona davlat bo‘lib birlashishi natijasida OPEK ka a’zolik BAAga o‘tdi. Mamlakat OPEKka bir vakil bo‘lib a’zo bo‘lsada, har bir amirlik o‘z hududidagi neft qazib chiqarish, eksport qilish hajmini o‘zi belgilaydi. Neft va mineral resurslar vazirligining hukumronligi cheklangan bo‘lib, u faqatgina neft qazib chiqarish tarmog‘i rivojlanishining umumiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va uni rivojlantirishda cheklangan holda ishtirok etishi mumkin. Neftning yirik zahirasiga ega bo‘lgan Abu-Dabi amirligi o‘z iqtisodiyotining rivojlantirish uchun katta sarmoyalami jalb qilish siyosatini olib bormoqda. Asosan aeroportlarga, yo‘llar qurilishiga, portlami rivojlanishiga, bank va turistik tarmoqlarga katta mablag‘lar sarf qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti neftga tobelikni kamaytirish maqsadida diversifikatsiyaga yo‘naltirilgan ko'pgina loyihalami amalga oshirmoqda. Mamlakatdagi qulay investitsion iqlim ko‘pgina chet el kompaniyalarini jalb etmoqda.Mamlakatdagi har 55-odam millioner, davlat yosh oila quruvchilarga $100ming to‘yana beradi. arab ayoli har bir tug‘ilgan farzandi uchun $20ming va yer uchastkasi oladi. Shuning uchun shunday maqol yuradi “har bir arab neft konining egasi bo'lib tug‘iladi. o‘z kuchi bilan moliyaviy jihatdan o‘zini ta’minlay olmaganlarga davlat o‘z hisobidan uy qurib beradi, yoshlami xorijda o'qish sarf-xarajatlarini o ‘z zimmasiga oladi.So‘ngi vaqtlarda neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining hissasi YAIMda asta-sekin kaniayib bonnoqda va o‘z o‘mini ko‘chmas mulk, savdo, qishloq xo‘jaligiga bo‘shatib bermoqda. Mamlakat o‘zining oziq-ovqatga bo‘lgan ichki ehtiyojini faqat chorak qismini qondiradi, shuning uchun qishloq xo‘jaligiga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi katta. lnvestitsiyalar birinchi navbatda suvni chuchuklashtiruvchi zavodlar qurilishiga kelib tushrnoqda. bu esa nafaqat dala va bog`larni suv bilan ta’minlash, balki o‘tqizilgan daraxtlarni sug‘orish imkonini beradi.Sayyohlik milliy daromadda yuqori o‘rinlarni egallaydi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasi eng yuqori yevropa standartlariga javob beradi.
Hozirgi vaqtda Rossiyadan sayyohlar oqimi bir yilda 250ming kishini tashkil etmoqda. Bizncs va sayyohlikning rivojlanishi amirlikda qurilishning shiddat bilan avj olishiga turtki boMdi. Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi osmono‘par binolar va besh yulduzli mehmonxonalarga milliardlab dollarlar ajratilmoqda.
Dubay amirligining iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarmoqlariga shuningdek, mintaqadagi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan. Abu-Dabi amirligi esa aksincha, uning rivojlanishi asosan neft qazib chiqarishga qaratilgan. Abu-Dabida yiliga 2,5-3mln.tonna neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Neftdan tashqari BAA yer osti tabiiy gaz resurslariga ham boy. Zahiralari 6,06trl.m3. Eng yirik konlari Abu-Dabi, Dubay, Shaija amirliklarida joylashgan. Tabiiy gaz IESIarda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi, lekin uning katta qismi eksport qilinadi. Ba’zi shimoliy amirliklar esa tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1979-yil “Mina Jabal-Ali”da alyuminiy zavodi ochilishi biian Dubay amirligining sanoati rivoilana boshladi. Agar 130 ta zavod 1982-yil yiliga 130ming tonna alyuminiy ishlab chiqargan bo‘lsa, 1991 -yil qayta ta’mirlangandan so‘ng yiliga 290ming tonna alyuminiy ishlab chiqara boshladi. Asosiy sanoat shov-shuvi 1985-yil “Mina Jabal-Ali” shahrini erkin iqtisodiy hudud deb e’lon qilingandan so'ng boshlandi. Birinchi yildayoq 40ga yaqin korxonalar ro'yhatdan o‘tdi. 2008-yilda esa bu yerda 2800ta firmalar faoliyat yurita boshladi. Amirlikda erkin iqtisodiy hududda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el firmalariga nisbatan bir nechta qonurlar qabul qilingan: ular mulklarga 100% egalik qilib, kapitallarini erkin olib kirish va oiib chiqishga ruhsal berilgan hamda importga bo‘lgan barcha soliqlar va bojlar bekor qilingan. Shimoliy amirlikiarning sanoati yengil sanoat korxonalariga ixtisoslashgan. Bu yerda mebel, turli idishlar, plastik mahsulotlar, portlovchi moddalar hamda sement ishlab chiqariladi. Ras-ul-Xayma amirligida doridarmon zavodlari faoliyat yuritadi, lekin asosiy e’tibor qurilish sanoatiga qaratilgan. Bu yerda sement, qurilish toshlari hamda asfalt zavodlari faoliyat yuritmoqda.
Fujayra amirligi ichki bozorni marmar, ohaktosh, sement, asbest va qurilish bloklari bilan ta’minlaydi.Umm-ul-Kayvayn amirligi mahsulotlami harid quwatidan ortiqcha ishlab chiqargani uchun 1990-yillarda ancha inqirozga uchragan. U ham qo‘shni amirliklar kabi qurilish sanoatini rivojlantirganligi va bozor qurilish mollariga to‘la bo‘lganligi uchun amirlik katta zarar ko‘rdi. YalM ning sanoatdagi ulushi - 52%, xizmat ko‘rsatishda esa - 45% ni tashkil etadi. Ta’limi. Asosan AQSH ta’lim tizimidan andoza olgan. Har yili yuzlab xorijliklar Birlashgan Arab Amirliklariga sifatli oliy ma’lumot olish va butun dunyo bo’ylab tan olinadigan diplom olish uchun kelishadi. Ko’pgina oliy o’quv yurtlarida ta’lim Buyuk Britaniya tizimida amalga oshirilganligi sababli, 12 yillik o’rta ta’lim talab qilinadi.