3-TOPSHIRIQ.
Notiqlik texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, tembr, ritmikani aniqlashda muqobilini tanlash testi.
Tovushning hajmi,uning chegarasi juda yuqori va past ton bilan aniqlanadi
|
Ritmika
|
Tovush bo‘yog‘i, yorqinligini namoyon qilib, nutqning chiroyli, mayin, jozibali, o‘ziga xosligini ta’minlaydi
|
Diapazon
|
So‘z, bo‘gin, tovushning aytilishidagi to‘g‘ri va aniqligi
|
To‘g‘ri nafas olish
|
Ayrim bo‘g‘inlarni gapirishdagi to‘liq davomiylik, nutqning tashkil qilish jarayoni
|
Tembr
|
Nutq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar turkumiga kirib, o‘qituvchi ravon nutqining muntazam shakllanishini ta’minlaydi
|
Diktsiya
|
4-TOPSHIRIQ.
Pedagogik nizo va uning kelib chiqish sabablari
1.Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. Pedagogning perseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. Pedagogning o’quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni va ularni bartaraf etishning o’ziga xos xususiyatlari. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni yengish yo’llari. Pedagogik nazokat. O’zaro uchraydigan nizolarni bartaraf etish texnologiyasi.Pedagogik jarayondagi alokalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta urin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obru va xurmatga erishganlar.Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bulmaydi. O’zining dagal muomalasi bilan bolaning kunglini ukishdan sovitib, dilini urinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to’zatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tugila boshlaydi.Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan kuyilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan utgan va o’zini oklagan. Muallimlar, talabalar bilan utkazilgan suxbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir katorda bolalarga xuda – bexudaga duk urib, bakirib muomala kiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning urinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto ko’pollik holatini ham, bolaga yaxshilik kilayapman deb xisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam kilib tarbiyalash uchun kilayotganligiga ishonadi.Nizolarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida, shaxs mansub bo’lgan millat, xalq hudud xususiyatlarida namayon bo’ladi.
2.Pedagogik nizolarning turlari.
.Ichki shaxsiy nizo.
. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
. Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar. Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir:
Tezda yakun topadigan nizolar;
Kuchsiz, sust kechadigan nizolar;
Uzoq muddat davom etadigan nizolar;
Kuchli, tez kechadigan nizolar pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak. Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi. Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi savable u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
3.Pedagogik nizolar profilaktikasi.
Nizolarni hal qilishning eng yaxshi usuli – ularning profilaktikasi, psixolog ijtimoiy va psixologik kompetentsiyani oshirish uchun o’qituvchilar bilan ishlashi kerak. U avvalo’qituvchiga psixologning yo’nalishi.O’qituvchilar tomonidan o’qitilishi mumkin bo’lgan ushbu ko’nikmalarni shakllantirishni targ’ib qiluvchi profilaktika usullari quyidagi usullar.Introspektsiya usuli bu o’qituvchi o’zini talaba joyiga qo’yadi, keyin uning tasavvurida o’z fikriga ko’ra, bu vaziyatda bu talaba yuz berayotgan fikrlar va hissiyotlarni aks ettiradi. Boshqa bir “sho’ng’in” dan keyin, uning xatti-harakatlari, maqsadlari va intilishlarining sabablari va tashqi niyatlari haqida xulosa bor.Kambag’al usulboshqa shaxsning ichki tajribalaridagi ta’lim texnikasiga asoslangan. Agar o’qituvchi hissiy odam bo’lsa, intuitiv fikrlashga moyil bo’lsa, unda bu usul u uchun foydali bo’ladi. Ushbu tur ko’pincha so’zli o’qituvchilar, badiiy fanlar o’qituvchilarini “Rassomlar” turiga tegishli. Mantiqiy tahlil usuli aqliy hayotni ratsionalizatsiya qilish elementiga mos keladiganlar uchun mos keladi. O’zaro munosabatlar sherigini tushunish uchun bunday odam vaziyat nuqtai nazaridan u haqida intellektual g’oyalar tizimini yaratadi. “Tadqiqotchilar” turi fizika o’qituvchilari, matematikaga ega.Ijodkorlik usuli mojaro vaziyatining muammolarini yangi xususiyatlarga aylantirish va undan maksimal foyda olish imkoniyatini beradi. Bu muammoni vazifa bilan o’zgartirishdan iborat. Ijodiy javobgarlik asosida vaziyatni qabul qilish bu, har qanday vaziyatda biron bir narsani o’rganish istagi, ijobiy bayonotlardan foydalanish istagi hisoblanadi.O’z-o’zini tasdiqlaydigan ijobiy usul g’alaba qozonish g’alaba qozonish strategiyasiga asoslangan. Bu hujumni tasdiqlash, aybdorni izlash, talablar shakllanishini, talablarni shakllantirishga, talablar, hissiyotlar, vaziyat bo’yicha shaxsning nuqtai nazarini aks ettirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |