4. Bolalar dastlab “Vatan”, “xalq” tushunchalarining mohiyatini qayerda o‘zlashtiradi?


Shaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?



Download 43,1 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2022
Hajmi43,1 Kb.
#683359
1   2   3   4
Bog'liq
umumped

19.Shaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?

  1. Tabiat, ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar

  2. Tabiat, ijtimoiy muhit, irsiy xususiyatlar

  3. Ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar, jinsiy xususiyatlar

  4. Ijtimoiy muhit, irsiy xususiyatlar, tabiat

21.Pedagogik nazokatning me’yoriga qaysilar kiradi?

  1. O‘qituvchining tashqi qiyofasi

  2. Ixtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doir vijdon, izzat nafs, pedagogik oriyat

  3. Ixtisosga doir vijdon

  4. Or-nomus, izzat-nafs

22. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari quyidagilar:

  1. Turli rollarda bo‘lish faoliyati, fikr almashishi, birga qayg‘urish, xayol surish

  2. Doimo o‘zgarmaydigan ijobiy, sust holdagi ijobiy munosabat, barqaror bo‘lmagan, barqaror salbiy munosabat

  3. Hamfikrlik, kelishuvchanlik, tashabbusni ma’qullash

  4. O‘qituvchining o‘z nutqini boshqara olish qobiliyati bilan bog‘liq ko‘nikmalar, savodli va ifodali gapirishi, bilimi va fikrini tushunarli etkaza olishi

    1. Pedagogik faoliyatda nechta qobiliyat etakchilik qiladi?

  1. 2 ta;

  2. 5 ta;

  3. 6 ta;

  4. 4 ta.


2-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: 1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; 2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan.

  • At-Termiziyning tarbiyaviy ahamiyati va merosi

  • Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) qadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: «Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim», degan. Bu Termizyga berilgan juda katta baho edi. Yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 y. xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termizyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Maxmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.Qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. «AlJomiʼ assahih» («Ishonarli toʻplam»), «ashShamoil annabaviya» yoki «AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam» («Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari»), «alIlal filhadis» («Hadislardagi illatlar»), «Risola filxilof valjadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «atTaʼrix» («Tarix»), «Kitob uzzuhd» («Zohidlik kitobi»), «Kitob ulasmo valkuno» («Ismlar va kunyalar kitobi») va boshqa T.ning asarlari ichvda eng mashhuri, shubhasiz, «alJomiʼ assahih» boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda «Jomiʼ atTermiziy», «Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham ataladi. T.ning muhim asarlaridan yana biri «ashShamoil annabaviya» Muhammad (as)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaddan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. «AshShamoil annabaviya»ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. «AshShamoil annabaviya» oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990 y. Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.

  • .Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul –haqoyiq” asarida didaktik qarashlar

Ahmad Yugnakiyning ushbu asari o’ziga xos pedagogik qiymatga ega bo’lib, bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur asarda ilgari surilgan g’oyalar kishilar, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy-axloqiy kamolotga yo’llaydi, ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlarni ahillik, saxovat hamda hamjihatlik asosida bartaraf etib, adolat o’rnatishga chorlaydi.Qoraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta’limiy-ahloqiy asarlardan yana biri Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug’oni”) asaridir. Asar mazmunini ham mazkur davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlar tashkil etadi.“Hibat ul-haqoyiq” asari To’g’rul qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilgan. Asarning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to’g’ri kelishi alohida ta’kidlanadi.Ahmad Yugnakiyning hayoti va faoliyati borasida ma’lumot beruvchi manbalar juda kam. Mavjud ma’lumotlar ham asar mazmunidan keltirilgan dalillardangina iborat.Alloma “Hibat ul-haqoyiq” asarining so’ngida o’zi haqida quyidagi ma’lumotlarni bayon etadi: Ahmad otim, adab, pand so’zim, So’zum munda qolur, borur bo’ o’zim.
Adibning yeri oti Yugnak erur,
Safoliq ajab yer ko’ngullar yorur.
Otasi oti Mahmud Yugnakiy,Adib Ahmad o’g’li, yo’q ul hech shakli.Yuqorida keltirilgan misralar mazmunidan “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad, otasining ismi Mahmud ekanligi, shuningdek, adib YUgnak nomli maskanda tavallud topganligi anglanadi. «YUgnak» nomli manzil (shahar yoki qishloq)ning qayerda joylashganligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Bu xususida Ahmad YUgnakiy va uning asari mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar bir qator fikrlarni ilgari suradilar. CHunonchi, ye.E.Bertelsning fikricha, ushbu maskan Farg’ona vodiysida mavjud bo’lgan bo’lsa, V.V.Bartoldning nuqtai nazariga ko’ra, bu manzil Samarqand viloyati hududlarida joylashgan tumanlardan biriga tegishlidir.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari yuzasidan tadqiqot olib borgan hamda mazkur asarni nashrga tayyorlagan olim Q.Mahmudov tarixiy manbalar, xususan, Ibn Xavqal va Arat Rahmatiy Ibnul Yaqub tomonidan yaratilgan asarlarda bayon etilgan fikrlarga tayangan holda «Yugnak» so’zi qadimda «Arnoq», «Arnak» kabi shakllarda ham yozilganligi, Arnoq va Arnak nomli maskan Samarqand shahri yaqinida joylashgan bir qatorda qayd etilganligini ishonch bilan ta’kidlaydi.Bizga qadar asarning beshta nusxasi yetib kelgan. Ulardan uchtasi to’liq holda saqlanib qolgan bo’lsa, qolgan ikki nusxasida esa ayrim parchalargina saqlangan. Asarning to’liq holda saqlangan nusxalari XY va XIY asrlarda Hirot va Istambul shaharlarida Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko’chirilgan. Asarning Istambul nusxasida ko’chirilgan sana sifatida 1480 yil qayd etilgan. Ayni vaqtda asarning to’liq nusxalari Turkiya davlatida joylashgan kutubxonalarda, to’liq bo’lmagan nusxasi esa Berlin shahrining kutubxonalaridan birida saqlanadi.Asar 1915-1916 hamda 1925 yillarda Istambul shahrida Najib Osim tomonidan chop etilgan. Aynan mana shu nashr asosida 1951 yilda Arat Rahmatiy tomonidan ham nashr qilingan. “Hibat ul-haqoyiq” asari yuqori darajada badiiy, filologik hamda pedagogik qiymatga ega bo’lganligi bois keyingi yillarda ham uni qayta nashr etilishiga nisbatan ehtiyoj yuzaga keldi. Ana shu ehtiyojning samarasi sifatida 1971-1972 yillarda Q.Mahmudovning sa’yi-harakatlari tufayli Toshkent shahrida, 1980 yilda Pekin shahrida hamda 1984 yilda Olmaota shaharlarida chop etilgan.Ahmad Yugnakiyning mazkur asari bir oz qisqartirilgan holda 1986-1987 yillarda Toshkent shahrida, ayrim to’plamlar tarkibida nashrdan chiqarildi.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari kabi Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy hayot darajasini ko’tarishga ulush qo’shish maqsadida yozilgan. Asar mazmun jihatidan didaktik xarakterga ega. Asarning mundarijasi ana shundan darak beradi.Asar o’n to’rt bobdan iborat bo’lib, mazkur boblar o’zida 256 bayt hamda 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to’rt bobi an’anaga ko’ra muqaddima bo’lib, beshinchi hamda o’n to’rtinchi boblarda asosiy g’oyalar ifoda etiladi. Mazkur boblarda asosan bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat, kamtarlik, baxillik hamda insonlarga xos bo’lgan boshqa xislatlar, ularning xususiyatlari borasida so’z yuritiladi.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy o’rinni inson shaxsi, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni kamolotga etishuvini ta’minlash masalasi turadi. “Hibat ul-haqoyiq” asarining birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimli insonni qimatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o’xshatib, er kishining ko’rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o’z ilmi bilan mashhur bo’lib, nomi o’chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo’lsada, nomi o’lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklargako’tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg’u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini topgan: Bilik birla bilim nur saodat yo’li,
Bilik bil saodat yo’lini bula.
(Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra ilmli bo’l, baxt yo’lini izbula
Baholik dinar ul bilimlik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz boshi.
(Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish (mevabishi
Biliksiz yiliksiz so’ngak tek holi,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas elik.
(Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka esa qo’l urilmayelik
Bilim birla o’lim yuqor yo’qladi,
Biliksizlik erni chuqardi qo’ydi.
(Bilim bilan olim ko’tarildi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdqoyuqorida bildirilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yugnakiy bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo’lsa, bilimsizlik johillik yoki razolatga yo’l ochadi.Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asarida boshqa ta’limiy-axloqiy asarlar kabi insonning barkamol ekanligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - bu uning xushxulqliligidir, degan g’oya ilgari suriladi. SHuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo’lgan ijobiy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan, tilni tiyish, mol-dunyoga muhabbat qo’yish salbiy fazilat ekanligini alohida ta’kidlab o’tadi. SHuningdek, insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar, baxillik, jamiyat va atrofdagi kishilarning manfaatlariga zarar yetkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlari haqida to’xtalib o’tadi.AhmadYugnakiyning ta’kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko’rsatuvchi muhim belgilaridan birinchisi til odobidir.


Download 43,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish