4 bob. Iste’mol tovarlari marketingi



Download 31,73 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2022
Hajmi31,73 Kb.
#536031
  1   2   3
Bog'liq
Ozbek


4 - bob. ISTE’MOL TOVARLARI MARKETINGI
4.1. Iste’mol tovarlar bozorining mohiyati
Iste’mol tovarlari bozori deganda ko’pgina iqtisodchilar fikricha, sotuvchilar va xaridorlarning iste’mol tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlari, ulaming o’zaro aloqalari tushuniladi. Boshqa guruh iqtisodchilar iste’mol tovarlari bozori kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonida iste’mol tovarlari almashuvini amalga oshiruvchi joy deb ta’rif beradilar2. Amerikalik mashhur marketolog olim Filipp Kotler esa, ≪iste’mol bozori alohidashaxs vaxo’jaliklar bo’lib, tovar va xizmatlami iste’mol uchun sotib oladilar≫,- degan fikrni bildirgan.
Iste’mol tovarlari bozori, bizning fikrimizcha, jismoniy shaxslaming hayot kechirishlari uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlar bozori bo’lib, xaridorlarning o’z ehtiyojlari uchun sotib oladigan barcha tovar va xizmatlami o’z ichiga oladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining uzluksiz rivojlanishiga erishilgan bugungi kunda iste’mol tovarlari bozorining rivojlanganlik darajasi, bozor sig’imi, segmentlarining to’yinganligi, talab va taklif nisbatida mamlakat aholisining moddiy iste’moli, daromad va xarajatlari ya’ni, farovonligi darajasida, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida namoyon bo'ladi. Iste’mol tovarlari bozorining holati va rivojlanish istiqbolini marketing asosida baholashni, awalo, ularni guruhlarga ajratishdan boshlamoq lozim. Tog’ri guruhlarga ajratish obyektiv rejalashtirish, hisob-kitob olib borish, investitsiyalash va istiqbolini aniqlashda asosiy rol o’ynaydi.
Iste’mol tovarlari bozori tovarlarini iste’mol qilish davrlariga qarab:
uzoq va qisqa muddatli iste’mol tovarlari bozoriga; savdo qilish xususiyatlariga ko’ra va boshqa bir qancha belgilariga qarab guruhlanadi
(2-rasm).
Respublikamiz iste’mol tovarlari bozori boshqa bozorlardan quyidagilar bilan farq qiladi:
— bozorning maqsadi aniq iste’mol tovarlariga aholini ehtiyojini qondirishga qaratilganligi;
— bozorning asosan ichki bozor sifatida shakllanganligi va uning umumiy ulushi tashqi bozorga nisbatan yuqori ekanligi;
— iste’mol tovarlari bozori uning tovarlari, ishlab chiqaruvchi va xaridorning turli xilligi, ko'pligi;
— bozor tovarlarining aksariyat qismi mamlakatimiz agrosanoat majmuasi mahsulotlari ekanligi;
— tovarlar narxining tez o’zgaruvchanligi;
— bozorning tarkibiy tashkiliy tuzilishi, joylashuvida aholini turar joylari markazlariga yaqinligi;
— bozor tovarlari tarkibida sifati, nisbatan past tovarlar ulushini hamon sezilarli darajada ekanligi;
— iste’mol tovarlar bozorining rivojlanishi va umumiqtisodiy rivojlanish orasidagi uzviy bog’liqligi;
— bozoming rivojlanishi va davlat ijtimoiy siyosatining uzviy aloqasi va h.k.
Iste’mol tovarlar bozori har qanday mamlakatda bo'lganidek O'zbekistonda ham o’z oldiga aholining ehtiyojlarini qondirishni oily maqsad qilib qo’ygan. Bunda, aniq tovar o'zining aniq xaridorini topadi. Bu ehtiyoj to’liq, o’z vaqtida va kerakli miqdorda bajarilmog'i lozim, aks holda, salbiy hola tla rn i keltirib chiqarishi tayin.
Iste’molchining talablari bu bozorda, ayniqsa, katta kuchga ega. Chunki, bu bozor tovarlari aksariyat hollarda, xaridor salomatligi, uning turmush tarzi va kundalik hayot kechirishi bilan bog’liq. Bu bozor faoliyati davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Iste’mol tovarlari bozori hozirgi kunda, asosan, ichki bozor sifatida shakllangan. Buni biz eksport va importning o’zaro qiyosiy baholashda ko'rishimiz mumkin.
Importning eksportga nisbatan iste’mol tovarlari bo'yicha 1,5 marta ortiqligi so’zimiz dalilidir. Marketingning vazifasi bu bozor tovarlari bo'yicha importning o'rnini bosuvchilariga alishtirish va eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ochib berishi va kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Iste’mol tovarlari bozorida paxta terish mashinalar, ularga xizmat ko’rsatishda foydalaniladigan stanoklar, asbob-uskunalardan tortib ip-ignayu, go’daklar oziqalarigachasotiladi vaolinadi. Bundan, uning tovar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalari tarkibida yirik mashinasozlik zavodlaridan tortib maxsus sut tayyorlovchi kichik korxonalargacha, xaridorlar tarkibida esa, yirik xolding kompaniyalaridan, xususiy korxona-yu ayrim shaxslargacha bor ekanligidan dalolat beradi.
Iste’mol har qanday jamiyatda obyektiv hol bo’lib, uning hajmi ehtiyojini aniqlash orqali hisob-kitob qilinadi. Ehtiyoj kategoriyasining insoniyat, jamiyat va mamlakat rivojlanishidagi, aholini farovonligini yuksalishidagi ahamiyati unga bo’lgan iqtisodchi olimlaming e ’tibor darajasini belgilab beradi. Kishilik jamiyatining rivojlanib borishi o’z navbatida insonlarning ehtiyojlarini miqdoran o’sib, ta rkiban mukammallashib, yangilanib borishi bilan bir vaqtda kechadi.
Ehtiyoj to'lovga qobil talab va ular bilan uzviy bog’liq taklif, baho majmuasi bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali tadbirkorlikni birinchi va zaruriy shartidir. A. Maslou, Z. Freyd, A. O’lmasov, A. Abdullayevlarning ehtiyojga bergan ta’riflari mana bir necha o’n yillar davomida darsliklarda e’tirof etilib kelinmoqda. Respublikamiz iqtisodiy nazariyasi fani, marketologlari va amaliyoti ham shu kunlarda o’z e ’tiborini iste’molchilarga qaratdilar.Ular marketing tadqiqotlari olib borib iste’molchilar ehtiyojini rivojlanish qonuniyatlarini o'rganmoqdalar va yangi-yangi qirralarini ochib bermoqdalar.
Har qanday jamiyat rivojlanib borar ekan insonlarning iste’mol tovarlariga, ma’naviy ne’matlarga, xizmatlarga bo'lgan ehtiyoji ortib boradi. Bunda, yildan-yilga ma’naviy ne’matlarga ehtiyojlaming tezroq o’sganligiga e’tibor bermoq lozim.
Ehtiyoj iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, namoyon bo’lish shakliga, qondirish usuliga va hokazolariga qarab miqdoran o’sib va sifat jihatidan yaxshilanib, mukammallashib boradi. Fiziologik me’yoriy ehtiyojlar insonlarning hayot kechirishlarini ta ’minlash uchun zarur. Ular tug'ma xususiyatiga ega bo'lib genetik jihatdan kishilarda mavjuddir. Bu ehtiyojlar turli-tuman moddiy ne’matlar va xizmatlar majmuidan iborat va har xil shakl, iste’mol xususiyatiga ega tovarlargina ulami qondrishi mumkin. Ular aholining ayrim guruhlariga xos bo'lgan turli ≪Hayotiy standartlar≫da o’z ifodalarini topadi. Bu barcha farqlar iste’molchi guruhlarining hayot tarzi, tarixiy, milliy, tabiiy kun kechirish shart-sharoitlari bilan belgilanadi.
Iste’mol mahsulotlarga bo'lgan jismoniy me’yor va to'lovga qobil talab boshqa tovar va xizmatlarga bo'lgan talabga nisbatan bir-biriga ko'proq chatishib, birikishib ketgan bo'lib, non, yog, un, qandshakar va boshqalar kabi oziq-ovqatlar tovarlarga qilinadigan xarajatlami orqaga qoldirish mumkin emas. Ular aynan ma’lum vaqt, joy va holatda amalga oshirilmog'i zarur.
Fanda har qanday ehtiyojni hisoblash maqsadida ulaming iste’mol me’yorlari va aniqlash usuli va uslubiyatlari ishlab chiqilgan. Lekin, bunga qaramay daromadlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, fiziologik ehtiyojni qondirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarni sotib olish uchun sarflanadi va ulardan ortib qolgan taqdirdagina boshqa ehtiyojlami qondirish uchun sarf qilinadi. Bu A.Maslouning ≪Ehtiyojlar iyerarxiyasi≫ nazariyasida ham o'z aksini topgan (3-rasm).

Download 31,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish