14-variant
1. Strategik biznes rejalashtirish.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish va prognozlashning obyektiv zaruriyati.
3.Marketing kommunikatsiyalari kompleksi: sponsoring, mahsulot-pleysment.
1) Strategik rejalashtirish korxonaning global, uzoqqa mo'ljallangan maqsadlarini va uni amalga oshirish mexanizmini o'zida mujassamlantiradi.
Strategiyalar nimani o'z ichiga oladi?
1.Rejalashtirish (Plan)
2.Bajarish (Do)
3.Tekshirish (Check)
4.Аmalga oshirish (Action)
PDCA – Shyuart-Deming tsikli
Strategik rejalashtirish jarayoni xo'jalik faoliyatida boshqaruv qarorlari uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
Strategik rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan yangilik va tashkiliy o'zgarishlarni ta'minlashdan iborat.
Strategik rejalshatirishning tarkibi bir-biridan kelib chiquvchi oltita o'zaro bog'liq boshqaruv jarayonlarining yig'indisidir.
Strategik rejalashtirishning asosiy afzalligi shundaki, u yuqori darajada reja ko'rsatkichlariga asoslangan, voqealar rivojining rejali amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Strategik rejalashtirishning kamchiliklari uning ko'lami doirasini cheklaydi, turli xo'jalik masalalarini yechishda uni universallikdan mahrum qiladi.
Strategik rejalashtirish tashkilot boshqaruvida o'ziga xos xarita vazifasini bajarib, tashkilot o'z oldiga qo'yilgan maqsadga etirishi uchun hozirda nima qilishi kerakligini ko'rsatadi.
Strategik rejalar tashkilot bosh menejerlari tomonidan tuziladi va uni amalga oshirishda boshqaruvning barcha bo'g'inlari qatnashadi. Shuning uchun u tashkilot boshqaruvchi xodimlarini o'z ishini haqiqiy ustasi bo'lishiga o'rgatadi.
Strategik rejalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.Strategik tasavvur (videniya) va missiyani aniqlash;
2. Strategik maqsadlarni qo'yish va maqsadli ko'rsatkichlarni aniqlash:
3. Strategiyani ishlab chiqish;
4. Dastlabki shart-sharoitlarni shakllantirish;
5.Maqsadga erishish uchun chora-tadbirlarni (reja, dastur) ishlab chiqish;
6. Qo'yilgan maqsadga erishishni ta'minlovchi resurslarni aniqlash va taqsimlash;
7. Rejani amalga oshirishga mas'ul bo'lgan shaxslarga uni tushuntirish;
9.Rejani bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish;
10.Rejani to'g'rilash.
Strategik rejalashtirish strategik rejani tuzish bilan to'xtab qolmasligi kerak. Strategik rejalashtirish jarayoni uzluksiz jarayon bo'lib, strategik reja kompaniyani butun faoliyati davomida to'g'rilanishi, qayta ko'rib chiqilishi va yangilanishi zarur. Bu strategik rejani hayotiyligi va dolzarbligini ta'minlaydi.
Strategik rejalashtirish doimiy ravishda kompaniya biznesining rivojlanishini boshqarishi zarur. U kompaniya uchun bir qancha ustunliklarni ta'minlab beradi va quyidagi masalalarni hal qiladi:
1. Biznesni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlardan foydalanish;
2. Yuzaga kelayotgan muammo va tahlikalarni oydinlashtirish;
3. Cheklangan resurslarni oqilona taqsimlash;
4. Kompaniyada ishlarni muvofiqlashtirish;
5. Kompaniya ichida nazoratni yaxshilash;
6. Qaror qabul qilish jarayonini axborotlar bilan ta'minlash uchun imkoniyatlarni kengaytirish va axborot almashinuviniko'paytirishni ta'minlash;
7. Rahbarlarni qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga undash;
8. Rahbarlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish.
2) Bozor munosabatlariga o'tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo'nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo'lgan talablarning o'zgarishiga olib keldi. Gap bu yerda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo'lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi. Biz istaymizmi, yo'qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o'quv yurtlari, texnikumlar, malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya'ni butun ishlab chiqarish munosabatlari majmuiga taalluqlidir. Ko'pchilik bundan noto'g'ri xulosa chiqaradi, ya'ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha mutaxassislarigina qayta o'rganishi va moslashishi zarur bo'ladi. Аmalda esa mulkchilik shaklining o'zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko'p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va xo'jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo'lishning o'zigina yetarli emas bo'lib, bu haqda avvalgi bobda ham to'xtalib o'tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |