Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o’z ichiga quyidagi vositalarni oladi: reklama, sotuvni rag’batlantirish, shaxsan sotish, jamoatchilik bilan ishlash, to’g’ridan-to’g’ri marketing, sponsoring, mahsulot-pleysment, brending.
Sponsoring - bu o’zaro manfaatdorlik tamoyili asosidagi firmaning sponsorlik faoliyati. Sponsoringning hozirgi paytda to’rtta turi mavjud: sport sohasida sponsoring; madaniyat sohasida sponsoring; ijtimoiy sponsoring; ekosponsoring.
Mahsulot-pleysment deganda tovarni siljitish va joylashtirishning shunday shakli tushuniladiki unga ko’ra mediadasturlarda (kino, video va televizion dasturlarda) mahsulotni yoki xizmatni reklama qilish bilan mahsulotni bozordagi holatini yaxshilashni birgalikda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |