4 bob. Iste’mol tovarlari marketingi


Iste’mol tovarlari bozori marketingining xususiyatlari



Download 31,73 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2022
Hajmi31,73 Kb.
#536031
1   2   3
Bog'liq
Ozbek

4.2. Iste’mol tovarlari bozori marketingining xususiyatlari
Iste’mol tovarlari bozori boshqa bozorlardan o’zining tovarlar turi va iste’molchilarning xilma-xilligi, ularning geografik, milliy, tarixiy, regional xususiyatlari bilan ajralib turadi hamda marketingi ham o’ziga xos usul va uslubiyatlarda olib borishlikni taqozo etadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
- marketing faoliyatini boshlashdan oldin maxsus tadqiqot ishlari olib boriladi va har xil usullaridan foydalanadi. Ular jumlasiga: kuzatish, izlanish, so’rov, eksperiment o’tkazish, kompyuter dasturlari usuli,
texnik vositalar, dala, panel, ekspert iqtisodiy-matematika, graflklar usuli kabilar kiradi;
- boshqa ilmiy va bilim yo'nalishlari, fanlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotida qo’llanilayotgan usullardan foydalaniladi. Ular jumlasiga: sotsiologiya, psixologiya, antropologiya, ekologiya, estetika,
dizayn kabi sohalarning usullari;
- umummilliy usullar: tizimli tahlil, kompleksli yondashish, maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
- tahliliy istiqbollash usullarini qoilaydi: chiziqli dasturlash, yalpi xizmat ko’rsatish nazariyasi, aloqalar nazariyasi, ehtimollik nazariyasi, to’rli (setevoy) rejalashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish, iqtisodiy — statistika usullari, ekspertiza, biznes o’yinlar usuli va boshqalar.
- iste’mol tovarlari bozori marketingining yana bir xususiyati iste’mol bozoriga tovarlaming asosiy qismi qishloq xo’jaligi tomonidan yetkazib berilishidadir.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari marketingi faoliyatini amalga oshirishda, awallo, qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olish talab qilinadi. Bu o’rinda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tabiat bilan uzviy bog’liqligi, biologik jarayoniga, o’simlik va chorva mollari yashashi, o’sishi va rivojlanish qonunlariga asoslanganligidir. Shunga ko’ra, ishlab chiqarishning yakunini ifoda etuvchi belgi, yetishtirilgan mahsulotlarda ham doimo biologik jarayonlar kechib turganligi boisdan, bu mahsulotlar tezda buziluvchan va uzoq masofalaiga tashish noqulaydir.
Shu xususiyatlariga ko’ra, erkin baholar hukm surgan bir davrda, qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiruvchilar boshqa sohalardagi mahsulot yetishtiruvchilar bilan bozorda erkin, barobar raqobat qila
olmaydilar. Erkin baholar hukmronlik qilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligidan boshqa hamma sohalardagi ishlab chiqaruvchilar o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlariga baho belgilashadi,
ayniqsa, har ikkala tomonga: sotuvchi va xaridorga manfaatli bo’lgan muvozanat bahoni belgilashda hal qiluvchi mavqega ega bo’lgan holda, qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishda, bu
mahsulotlar u yoki bu darajada tez buziluvchanlik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun kelishilgan bahoni belgilashda aksincha ishlab chiqaruvchidan ko’ra iste’molchi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Sanoat sohasidagi traktor ishlab chiqaruvchi zavod o’z mahsuloti bo'lgan traktorni bozorga olib chiqib ma’lum bir bahoni taklif qilsayu, xaridor bu bahoga ko’nmagan taqdirda, sotuvchi o’z maqsadini to’la ifoda qiladigan baho darajasi shakllangunga qadar mahsulotni saqlab turish imkoniyatiga ega. Chunki bu muddat orasida sanoat mahsulotini iste’mol qiymati o’zgarmaydi. Bu mahsulot iste’molchiga haqiqatdan ham zarur, buni ustiga mamlakatda inflatsiya jarayoni mavjud bo’lsa, bozordagi muvozanat, baho ko’proq ishlab chiqaruvchilarni ta ’sirida o'zgaradi. Lekin, bozordagi turli ishlab chiqaruvchilarni o'rtasidagi
raqobat bu xususiyatni butunlay yo’q qilmaydi, balki tovar bahosini yuqori yoki past bo'lishiga ta’sir etadi. Marketing tadqiqotlarida qishloq xo'jaligi mahsulotini bozorga olib chiqqan ishlab chiqaruvchi butunlay
boshqa vaziyatda ekanligiga e’tibor berish lozim. Masalan, ishlab chiqaruvchi bozorga sut olib chiqib, unga ma’lum bir bahosini taklif qilsa-yu, iste’molchi esa bu mahsulotga unga qaraganda kamroq bahoni
taklif qilganda, sut tezda buziladigan mahsulot bo’lganligi uchun ishlab chiqaruvchi baho belgilashda iste’molchi taklifiga yon berishiga majbur.
Bu xususiyat ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini vaqt o’tishi bilan qisman, mutlaq o’z iste’mol qiymatini yo’qotishi, keraksizlik holga kelib qolishi turli mahsulotlarda turlicha bo’lsa-da, biroq bundan masalaning mohiyati o'zgarmasligini yodda tutmoq zarur.
Bozor iqtisodi sharoitida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, ularni qayta ishlashni keng rivojlantirish orqali, ular raqobatbardoshligini qisman oshirish mumkin. Undan tashqari qishloq xo’jaligini bozor munosabatlarida ishtirok etishi erkin baholarni amal qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalarining ixtisoslashishiga va joylashishiga ham juda katta ta’sir etadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining tez buziluvchanligi, hamda uzoq masofaga tashishini murakkabligi u yoki bu mahsulotlarini yetishtirilishi iste’molchiga yaqin joylarida joylashuvi, maxsus transport vositalarini yaratilishiga, ishlab
chiqarish o’ta samarali bo’lgan hududlarda shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalami qurish taqozo etiladi. Bu iqtisodiy hamda tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barqarorlashtirishga, uni samarali sohaga aylantirishga ijobiy ta ’sir etadi, ammo uni o’ta nozik tomoni o’ziga xos xususiyatini bartaraf eta olmaydi.
Qishloq xo'jaligi erkin bozor munosabatlari sharoitida boshqa sohalar bilan teng raqobat qila olmaydi. Shuning uchun mamlakat hayotiga o’ta zarur bo’lgan bu sohaga davlat yordami doimo zarur bo’lib turadi. Bu
borada rivojlangan mamlakatlar AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlaming qishloq xo'jaligining rivojlanishi uchun ko’rsatayotgan ko’magi va tajribasi diqqatga sazovordir.
Qishloq xo'jaligini bozor iqtisodiga o’tish jarayonini erkinlashtirish qishloq xo’jaligini tub xususiyatini hisobga olishni va bu sohaga davlat ko'magini berish, kengaytirish talab etiladi. Chunki ayrim asosiy qishloq
xo'jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmalari va davlat xarid baholari saqlangan holda, moddiy-texnika vositalariga erkin baholar belgilash baholar o’rtasidagi tenglik buziladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini (asosan paxta, g’alla) xarid baholariga qaraganda moddiy-texnika vositalarini erkin baholari bir necha barobar ortib ketdi. Natijada, asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalami moliyaviy ahvollari og'irlashdi.
≪Bank tizimini isloh qilish va banklar faoliyatini erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida≫gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I .A. Karimovning 2000-yil 21-mart farmoniga ko’ra, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini aholidan, dehqon va fermer xo’jaliklaridan xarid qilib oluvchi tayyorlash tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan shartnomada ko’rsatilgan mahsulotlar qiymatini 100 % hajmda naqd
pul bilan hisob-kitob qilishga ruxsat berilishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish jarayonlarini keskin yengillashtirish bilan birga aholini, dehqon va fermer xo’jaliklarini o’z tarmoqlarida uzoq muddatga ijaraga olgan yerlarda mahsulot yetishtirishni ko’paytirishga moddiy manfaatdorligini oshirish imkonini beradi. Endigi vazifa viloyatlar, dehqon - ferma eruyushmala riga, paych ilik asosidagi shirkat xo’jaliklariga, ≪ O‘zbekbirlashuv≫ savdo uyushmasi tayyorlov idoralariga, qayta ishlash sanoat korxonalariga (konserva va sut zavodlari) mahsulotlari tayyorlash punkti tashkil qilishlari dehqonlarga aholi ehtiyojlari uchun zarur boMgan mahsulotlarni yetishtirish bo'yicha ular bilan shartnomalar tuzish, ularga zarur bo'lgan urug’lik, ko’chat, o’g’it, transport, idishlar bilan yordam ko’rsatish zarur. Bu ishlar hozirgi vaqtda har ikkala tomon uchun o’ta foydali tadbir hisoblanadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan tayyorlash va xarid qilish ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar yirik shaharlar dehqon bozorlarida o’z do’konlarini ochsalar bozordagi noqonuniy olibsotarlarga zarba bergan va qishloq xo’ialigi mahsulotlari bozor baholarini pasaytirishga ijobiy ta ’sir etgan bo'lar edilar.
Marketing tadqiqotlari keyingi yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining birmuncha sifatining yaxshilanganligiga, ulami saqlash, tashish, ortish-tushurishda yangi yuqori texnologiyalardan foydalanilayotganligi haqida dalolat bermoqda.
Buni aniqlashda marketologlar tovarlar sifatini tahlil qilish va sertifikatlashning bioximiya, tovarshunoslik hamda boshqa ilmiy usullardan foydalanmoqdalar. Masalan, iste’mol tovarlari tarkibini, unda kraxmallar turi, qanchalik mikroorganizmlar va keraksiz ortiqcha moddalar borligini aniqlashda mikroskop orqali tekshirish o’tkazish usulidan, oziq-ovqatlaming kimyoviy tarkibini o’rganishda kimyoviy va biokimyo usullaridan (kimyoviy reaksiya, reaktivlar yordamida), ularni kishilar organizmiga foydaliligini, hazm bo'lish darajasini aniqlashda fiziologik usullardan, sanoat qayta ishloviga va shaxsiy iste’molga yaroqliligini aniqlashda tovarshunoslik-texnologik usullaridan foydalaniladi va hokazo.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish va ularni yig’ish davrida qishloq xo’jaligi tovarlari bozorida keskin konyunkturaviy o'zgarishlar ro’y berishi mumkin. Masalan, 1990-yildajahonning ko'pgina hududlarida qurg’oqchilik bo’lganligi tufayli qishloq xo’jaligi ekinlaridan yetishtirishga Hindiston, Kanada, Avstraliya, J.A.Rda qattiq zarar yetdi. Natijada, donning narxi 202$ ga, 1979-yilga nisbatan 19 $ga oshdi. Bu jarayon ob-havo sharoiti, tabiiy holat bilan uzviy bog’liq bo’lganligi tufayli, marketing tadqiqotlari, aynan tabiiy sharoit, obi-havoni o’rganish usullaridan foydalanib amalga oshirilmog'i maqsadga muvofiqdir. Bunda, gidrometiriologiya usullari bilan birgalikda dinamik qatorlar va prognozlash usullaridan foydalanmoq zarur.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'payishiga ilmiy texnika taraqqiyoti (ITT) natijalarini qo’llash, ayniqsa, ijobiy ta ’sir etadi. Marketing xodimlari qaysi texnikaning aynan shu sharoitga qayerdan? qachon? qayerga? ko'proq mos kelishini aniqlab berishlarida sanoat korxonalari tomonidan bir necha bor sinovdan o’tgan ishlab chiqarish quwatlarini to'liq band qilish va ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri, bevosita xo'jalik aloqalari o’rnatish usulini qo’llashlari lozim.
Zamonaviy ITT ning muhim yo’nalishlaridan biri — qishloq xo’jaligi mahsulotlari, iste’mol tovarlari tarkibida natural tabiiy mahsulotlami sun’iy tovarlar bilan almashtirish, texnika maqsadlarida hozirda foydalanilayotgan tabiiy mahsulotlami ham sun’iylariga almashtirishdir.
Bularni o’rganishda marketologlar qo’shimcha ravishda bilvosita ko’rsatkichlami ham jalb qilmoqlari lozim boMadi. Masalan, paxtayog’i bozorining holati va istiqboli tahlil etilar ekan, albatta, sun’iy yog’ (margarin) ishlab chiqarish holati va imkoniyatlari, paxta, kungaboqar, kunjut va boshqa tabiiy manbalardan olinadigan yog’ iste’molchilari, ularning tarkibi, joylashgan o’rni, istiqboli kabi barcha jihatlari ikki jismoniy va yuridik shaxs yo’nalishlari bo'yicha hartomonlama va chuqur o'rganib chiqiladi. Bunda har ikkala guruh tovarlarining iste’mol, inson salomatligi va texnika nuqtayi nazaridan tadqiq etilmog’i va ustuvor
yo’nalishlari aniqlanmog’i lozim. Iste’mol bozori marketingi xususiyatlaridan biri unda baholaming alohida o’rin egallashidir. Tovarlarning agrosanoat majmuasida yaratilishi, turli-tumanligi ularning baholarini belgilashda o’z uslubiyatlari va xususiyatlari bilan farqlanishlariga olib keladi. Bozorlarning, iste’molchi, sotuvchilarning, joylashish geografiyasi, kommunikatsiya tizimi va h.k. bunga ta’sir qiladi.
Marketing nuqtayi nazaridan olib borilgan tadqiqotlar iste’mol bozorida keyingi yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining va, ayniqsa, xomashyo resurslari bahosini nisbatan tezroq va ko’proq o’sganligidan dalolat bermoqda. Masalan, iste’mol bozorida baholar mavsumiy, tabiiy sharoit, milliy an’analar tufayli ham tez-tez o’zgarib turish xarakteriga ega. Demak, marketologlar baholaming bu xususiyatlarini e’tiborga olmog’i, ularni o’zgarmas va o'zgaruvchan baholar, hisobot davri, bazis baholari, yangi, eskizlar, har xil baho koefiitsiyentlari moslashuvchan, kelishilgan shartnomali baholar kabilarni belgilash usullaridan
foydalaniladi.
Baholami belgilash usullari: yangi va eski tovarlarga baho belgilash usuli, ≪qaymog’ini olish≫, ≪bozorlarga kirib borish≫, ≪psixologik baho≫, ≪presstij≫ baho, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash bahosi, ≪lidemi ketidan quvish≫ kabi usullami qachon, qayerda, qaysi tovarga nisbatan belgilangani, ulaming u yoki bu bozor sharoitiga qanchalik mosligini aniqlamoq marketologning muhim vazifasidir.
Baholaming to’g’ri yoki noto’g’ri belgilanganlik mezoni bo’lib, tovar sotish hajmini kengayib borishi, ishlab chiqaruvchilar va marketing organlarining foyda va rentabellik darajasi hamda korxonaning o’z xaridorlari safini kengayib borishi hisoblanmog’i lozim. Rentabellik darajasi, umum tarmoq rentabellik darajasida boMishi, xaridorlarini yo'qotib qo'ymasligi zararsizlik nuqtasini tashkil etadi.
Baho tadqiqotida raqobatdosh korxona haqida, uning istiqboli tovarlari va uning bahosi haqida to'liq ma’lumotga ega bo'lish, ulaming tovarlarini xarid qilish, uni har tomonlama o'rganish lozim.
Keyingi yillarda, ko’pgina mamlakatlarda tovarga baho belgilashning ≪qadriyatlarni qadrlash≫ usuli keng qo'llanilmoqda. Bu usulning mohiyati tovarning xaridor tomonidan qanday qabul qilishi, yoqtirishi, xarajatlardan ko'proq ahamiyatga molikligini e ’tirof etishdir.
Iste’mol tovarlari bozori marketingi xususiyatlaridan biri bu bozor narxlarining tarkibi davlat va yirik monopoliyalar tomonidan belgilanadigan, qat’iy narxlar ulushining yuqoriligini hisobga olib faoliyat ko'rsatishdir. Bunda birmuncha omillarta’sirini ko’rish mumkin.
Avvalo, bu bozoming yetarli darajada to’yinmaganligi, hamon sifati past tovarlar, ularning bozorda ko’pligi, monopoliyaning ta’siri kuchli ekanligidir. Ikkinchidan, o’tish davri qiyinchiliklarini yengib o’tish, aholining past daromadli qismini himoyalash maqsadida davlatning iste’mol tovarlari bozori bahosini boshqarib turishdir.
Iste’mol bozori marketingi iste’mol tovarlarining bir qismi sanoatda yaratilishini e’tiborga olishi lozim. Bu sanoat, awalo, agrosanoat bo'lib, qishloq xo’jaligi xomashyosini qayta ishlash va uning asosida tayyor mahsulot tayyorlashni nazarda tutadi. Bu sanoatga konservalar, alkogolsiz ichimliklar, sut va sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari kabi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish kiradi. Iste’mol tovarlari mashinasozligida yengil mashinalar, yengil sanoatda kiyim-kechak, tekstil va hokazolar, soatsozlikda-soat ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi.
Bu sanoat tarmoqlarining har biri butun murakkab xo’jalik tizimi bo’lib, ulaming tarkibi, texnologiyasining xilma-xilligi, o’ziga xosligi yuqori darajadagi marketing tadqiqotlari usulini ishlab chiqish, yaratish uchun muhim yo'nalish va alohida soha b o iib xizmat qiladi. Iste’mol tovarlari bozori marketingi undagi tovarlar aksariyat qismini o’ziga xos saqlash, yuklash-tushirish, tashish va iste’mol xususiyat-larini e’tiborga olishi lozimligini ta ’kidlash joiz.
Bunda bu tovarlarning tez o’z sifatini yo’qotib qo’yishi, buzilish, zanglash, chirish, achish, ezilish, sinish kabi jarayonlar bu tarmoqda ko'proq sodir bo'lishi tabiiy hoi ekanligi va bu salbiy holatlar jarayonini sekinlashtirish yoki butunlay bartaraf etish, to’xtatish bo’yicha qanday ehtiyot choralari ko'rilganligi va ular qanday amalga oshayotganligi va natija berayotganligiga e ’tibor qilinadi. Bunda injenerlik, bioximiya kabi tabiiy fanlaming tadqiqot o'tkazish usullariga tayanib ish yuritish lozim. Masalan, yengil mashinalarning tezligi, chidamliligi, yoqilg’i sarflash, yuk ko’tarish, dizayn kabi sifat ko’rsatkichlari alohida injener-texnik va texnologik usullar bilan ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar va amaliyot bazalarida tadqiq etiladi.
Iste’mol tovarlari tarkibida sifati jihatidan oziq-ovqat tovarlari alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ulaming sifat darajasi tadqiq etilganda uch xil differensiallashgan, kompleks va aralash usullardan foydalaniladi.
Marketingda ehtiyojni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash aholining u yoki bu guruhi iste’molining ilmiy asoslangan normalarini hisob-kitob qilishga asoslangan holda belgilanadi. Ular aholining fiziologik ehtiyojlarini, jinsi va yoshining tarkibini hamda ish bilan bandligini o’rganishga asoslanadi.
Normalar daromad va narxlaming muayyan nisbatiga bo’ysundirilmagan. Ular rejalashtiriladigan davrga bog’liq emas. Ratsional normalar maqsadli funksiyalarni rejalashtirish uch u n dastlabki miqdor hisoblanadi, chunki ular ehtiyojlar bilan bog’liqdir. Aholining jinsi, yoshi, yashash hududi va professional guruhlarga ko’ra tabaqalashgan ratsional normalar bir yilga belgilanadi. Hozirgi paytda ovqatlanishning tabaqalashgan normalari hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining muhim turlarini iste’mol qilishning ratsional normalari tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning ratsional normalari aholi jinsi va yosh sostavining fiziologik ehtiyojlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Aholi jon boshiga kerak bo’ladigan kiyim va poyabzalning ratsional normalari ayrim xususiyatlariga ko’ra, ya’ni bazilari almashtirib turish, ba’zilari uzoq chidash xususiyatiga ko’ra farq qiladi. Talab qiladigan xizmatlar normalari matlubot sohasida talab qilinadigan xizmatlarning oqilona me’yor- usullari bilan belgilanadi. Aholi jon boshi hisobiga haqiqatan iste’mol qilinadigan tovarlar bilan ulaming ratsional normalarini taqqoslash, moddiy boyliklar va xizmatlarga bolgan talabning qondirilishi darajasini ifodalaydi. Shu bilan birga, aholi talablarining normativ hisob-kitoblari murakkab vazifa hisoblanadi. Uni hal qilish uchun ehtiyojlarning sifat xarakteristikalari bilan bir qatorda bu ehtiyojlarning miqdor ko’rsatkichlari hisob- kitoblari ham bir vaqtning o’zida olib borilishi kerak. Normativ budjetlar bunday hisob-kitoblar uchun asosiy vositadir. Normativ budjet deganda oila (yoki yolg’iz kishi)ga ma’lum iste’mol predmetlarining yig’indisi, oziqovqat tovarlar va boshqa xizmatlar haqini to'lash uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari summasi nazarda tutiladi.
Aholining talab va iste’moli, kishilarning 11 yoki bu manfaatlariga ehtiyojlari ko’p jihatdan iste’molchilarning umumiy madaniyati, ilmiy xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitlariga ko’ra aniqlanadi. Bu omillar ta’sirida iste’molchilaming ayrim tovar va xizmatlarga talablari vujudga keltiradigan odat va an’analar tarixan shakllanadi. Aholining talabi, shaxsiy va ijtimoiy iste’mollarini farqlash lozim. Shaxsiy iste’mol talabdan ishchi, xizmatchi, ayniqsa, fermer oilalari tomorqalaridan yoki mehnatga natural haq toiash tartibida olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha farqlanadi. Talab va shaxsiy iste’mol o’rtasidagi boshqa farq, taklif etilayotgan tovarlar ko’pgina talabga muvofiq emasligi va bunday hollarda iste’mol va talabning tarkibi bir-biriga muvofiq kelmasligidandir. Aholining talab va iste’moli ko'pincha iqtisodiy va tabiiy omillar ta’sirida shakllanadi. Bu omillarning asosiylari: tovar va xizmatlarni taklif etish darajasi; aholi ayrim kategoriyasining daromadlari darajasi; chakana narx va takliflar indeksi hamda munosabatlari; iste’mol predmetlari zaxirasi; aholining demografik tarkibi; ishlaydiganlami mehnat faoliyati xarakteriga ko’ra taqsimlashi; tabiiy iqlim sharoitlaridir.
Iqtisodiy omillardan narx va daromadlar darajasi ko’proq ta’sir qiladi. Pul daromadlari hajmi oshgani sari aholining tovar va xizmatlarga talabi ham oshib boradi. Turli omillarning talab darajasiga ta ’sirini miqdoriy baholashda tahlilning statistik metodlaridan keng foydalaniladi. Bunda talabga ta ’sir etuvchi omillarning regressiya (talab funksiyalari) tenglamasi tuziladi, iste’mol va talab funksiyalari farqlanadi. Ular ommaviy statistik ma’lumotlar bo'yicha hisoblanib, u yoki bu kategoriyadagi aholining daromadlari, yoshi, jins tarkibiga ko’ra guruhlangan oilaning umumlashtirilgan xarakteristikasi hisoblab chiqiladi. Agar omillar mazkur davr uchun o'zgaruvchan miqdor bo’lsa, unga muvofiq keluvchi funksiyalar bog'liqlik talabning (iste’molning) bir omilli va ko’p omilli funksional modellarini tuzishga asos bo’lib hisoblanadi.
Talab va iste’mol qonuniyatlarini o’rganish iste’molning maqsad funksiyasini shakllantirish imkonini beradi. Iste’mol, shuningdek, unga ma’lum darajada teng bo’lgan (turmush darajasi funksiyasi, farovonlik funksiyasi, ijtimoiy foydalilik funksiyasi, iste’mol funksiyasi) maqsad funksiyalari milliy iqtisodiyot rejasini optimallash vazifalarining maqsad funksiyalarini belgilaydi. Bu funksiya ishlab chiqarishning umumiymaqsadi-jamiyat a’zolari ehtiyojlarini yanada to'liqroq qondirishga asoslanadi. Maqsad funksiyasining ayrim iste’mol boyliklari bo'yicha xususiy hosilalari ijtimoiy farovonlikning (ijtimoiy foydalilik) mazkur boylik o’sish birligi hisobiga ortib borishini ifodalaydi.
Download 31,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish