4-amaliy mashg’ulot: Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Windows operatsion sistemasining bazaviy obyektlari bilan ishlash Uslubiy ko’rsatma: Windows operatsion tizimining bazaviy obyektlari.
Fayl, papka va yorliqlar bilan ishlash.
Fayllar va ularning turlari.
Windows da klavishalar kombinatsiyasi
Windows operatsion sistemasining bazaviy obyektlari bilan ishlash.
‘Блокнот’ (NotePad) dasturida ishlash. Bu dastur yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengaytmali) fayllarni yaratishimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar shrifti (shakli) bilan va bitta o’lchovda (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo’q.
Bu dastur ‘Пуск-Все программы-Стандартные- Блокнот’ ketma-ketlik orqali ishga tushiriladi va ekranda ‘Блокнот’ oynasi ochiladi.
Uning asosiy ish sohasi oq varaqga o’xshash bo’lib unda qora chiziqcha - kursor joylashadi. Bu kursor turgan joyda klaviaturadan kiritilgan matn paydo bo’ladi.
Menyu qatoridagi buyruqlar quyidagi
vazifalarni bajaradi va ularda {Ctrl+N} singari tezkor tugmalar mavjud bo’lib, ular yordamida menyuga kirmasdan belgilangan buyruqni bajarish mumkin:
‘Файл.' menyusi.
‘Создать’ {Ctrl+N} - yangi fayl matnini yaratish va yangi oynaga o’tish.
‘Открыть’ {Ctrl+O} - kompyuter xotirasida va diskida mavjud bo’lgan matn faylini ochish. Qaysidir matnli faylni tahrirlash yoki ko’rish uchun ochmoqchi bo’lsak u holda sichqoncha bilan menyuning ‘Открыть’ buyrug’ini tanlaymiz. ‘Открыть’ nomli oyna ochiladi. Oynadan kerakli faylni topib, tanlab ‘Открыть’ tugmasini bosamiz.
‘Сохранить’ {Ctrl+S} - yaratilgan faylni standart nomi bilan saqlash. Yangi matn yaratilgan bo’lsa u ‘Безимянный’ nomi bilan ochiladi. Yozilgan matnli faylni saqlash uchun sichqoncha bilan menyuning ‘Сохранить’ buyrug’ini
tanlaymiz. ‘Сохранить как’ nomli oyna ochiladi. U ‘Открыть’ nomli oynaga o’xshash. Bu oyna orqali fayl saqlanishi kerak bo’lgan papka ichiga kirib oynaning pastki qismida joylashgan ‘Imya fayla’ satriga saqlanayotgan faylning nomini yozamiz va ‘Сохранить’ tugmasini bosamiz.
‘Сохранить как’ - mavjud saqlangan matn faylini yangi nom bilan saqlash.
‘Параметры страницы’ - hujjat chegaralarini o’zgartirish, qog’oz yo’nalishini o’rnatish.
‘Печать’ {Ctrl+P} - hujjatni bosmaga berish.
‘Выход’ - dastur ishini to’xtatish.
‘Правка’ menyusi.
‘Отменить ’ {Ctrl+Z} - Oxirgi kiritilgan belgilarni bekor qilish va oldingi ko’rinishga o’tish.
‘Вырезать’ {Ctrl+X} - ajratilgan matn bo’lagini buferga kesib olish.
‘Копировать' {Ctrl+C} - ajratilgan matn bo’lagini buferga olish.
‘Вставить’ {Ctrl+V} - buferdagi ma'lumotlarni kursor turgan joyga qo’yish.
‘Удалить’ {Del} - matnning belgilangan qismini o’chirish.
‘Найти ’_{Ctrl+F} - biror matn bo’lagini qidirish.
‘Найти далее'{F3} - biror matn bo’lagini qidirish va u qidirib topilgan bo’lsa
yana qidirishni davom ettirish.
‘Заменить’ {Ctrl+H} - belgilangan matn bo’lagini boshqa matn bilan
almashtirish.
‘Перейти’ {Ctrl+G} - biror matn bo’lagiga yoki sahifa raqamiga o’tish.
‘Выделить все’ {Ctrl+A} - matnning barcha qismni belgilash.
‘Время и дата’ {F5} - joriy sana va vaqtni matnga qo’yish.
Форматmenyusi. U ‘Перенос по словам’ (kursorni matn boshlanishiga keltirish) va ‘Shrift’ buyrug’idan iborat. ‘Shrift’ buyruq ishga tushirilsa ‘Shrift’ soha ochiladi va unda matn o’lchamini va turini o’zgartirish hamda matn qalinligi, ostiga chizish amalga oshiriladi).
Вид menyusi. Matn holatini o’zgartirish.
Справка menyusi. Dasturidan foydalanish haqida malumotlarni beradi.
Matn kiritish va tahrirlash. Eng avvalo matn o’lchami va shrift belgilanadi, so’ngra matn tili o’rnatiladi. Til masalalar paneledagi ‘Русский’ SI tugma yoki klaviaturadagi {Alt+Shift} orqali o’rnatiladi.
Matn asosan klaviaturadan kiritiladi va yangi abzatsga o’tish uchun {Enter} tugma bosiladi, aks holda matn kiritish davom ettiriladi.
Kursor turgan joydan chap tomondagi belgini o’chirish uchun {Del}, o’ng tomondagisini esa {Backspace} tugmasi bosiladi.
Mantlarni bo’lagini belgilash (boshqa rang foniga olish) uchun sichqoncha ko’rsatkichi belgi yoniga keltiriladi va klaviaturadan {Shift+Kerakli yo’nalish tugmasi} harakat bajariladi.
Barcha matnni belgilashda ‘Правка’ - ‘Выделить все ’, klaviaturadan {Ctrl+A} bosiladi.
Sichqoncha yordamida belgilash uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
Belgini belgilash - sichqoncha ko’rsatkichi belgi yoniga keltirilib chap tugmani bosgan holda o’ng yoki chap tomonga siljish amalga oshiriladi.
So’zni belgilash - sichqoncha ko’rsatkichi shu so’zdagi istalgan belgiga keltirilib chap tugma 2 marta bosiladi.
Qator ajratish - sichqoncha belgisini shu qator boshiga keltirib chap tugma bir marta bosiladi.
Gap ajratish uchun sichqonchani shu gapdagi istalgan belgiga keltirib {Ctrl} ni ushlab chap tugma 1 marta bosiladi.
Abzats ajratish uchun sichqoncha shu abzats boshiga keltirilib chap tugma 2 marta bosiladi yoki ixtiyoriy belgiga keltirilib chap tugma 3 marta bosiladi.
Bir necha qatorni belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichini belgilanayotgan qatorning boshiga yoki oxiriga keltirib chap tugmani bosib turib yuqoriga quyiga suriladi.
Bir necha qatorni belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichini belgilanayotgan sohaning yuqori yoki quyi chegarasi so’ziga keltirib chap tugma bosiladi, keyin esa sohaning qarama qarshi burchagi belgisiga sichqoncha ko’rsatkichi olib borilib {Shift} tugmani bosib turgan holda sichqoncha chap tugma bosiladi.
Sohani belgilagach klaviaturaning ixtiyoriy belgisi kiritilsa belgilangan soha o’chadi va uning o’rniga kiritilgan belgi yoziladi. Agar probel tugma bosilsa bir pozitsiya bo’sh joy kiritiladi. Agar {Delete} tugma bosilsa belgilangan soha o’chadi.
Matn bo’yicha tez harakatlanish. Matnni tez tahrirlash uchun matn bo’yicha tez harakatlanish kerak. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini matnning istalgan joyiga keltirib chap tugma bir marta bosilsa kursor shu joyga o’tadi
Klaviatura yordamida matn bo’yicha tez harakatlanish uchun: