Fayl, papka va yorliqlar bilan ishlash.
Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo‘yilgan har qanday ma’lumot. Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, flesh-xotira kabi vositalarda fayl ko‘rinishida saqlanadi.
Papka yoki katalog – fayl nomlari va fayl haqida ma’lumot saqlanadigan diskning alohida ajratilgan sohasi. Windows operatsion sistemasida papka tasviri bilan ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |