№4 Amaliy mashg‘ulot



Download 55 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2021
Hajmi55 Kb.
#186143
  1   2
Bog'liq
2 5375387686771100298

4 - Amaliy mashg‘ulot



Mavzu: Rivojlangan xorijiy mamalakatlarda ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar
Darsning maqsadi: Talabalarning rivojlangan xorijiy mamalakatlarda ta’lim olish nuchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida bilimlarga ega bo’lish

Dars jihozlari: Kompyuter, ko’rgazmali qurollar, Moodle masofaviy ta’lim platformasi.

Metodik ko’rsatmalar
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim tarbiya, taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

Koreya Respublikasi ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari

Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim tizimining qaror topishi 1945
yillardan, Ya’ni mamlakatning yapon hukmronligidan ozod bo‘lgan vaqtidan
boshlanadi. 1945 yildan 1970 yillargacha ta’lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi.
1950–53 yillardagi Koreya urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo‘qotishlar
va vayronagarchiliklarga qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat’iy
kirishdi. 1968 yilda qabul qilingan Milliy ta’lim xartiyasi koreys xalqi mentaliteti
va vatanparvarligining o‘ziga xos tomonlarini ayniqsa yorqin ifoda etadi.
Xartiyaga muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’anlariga
hurmat bilan qarashga, qadriyatlarni ulug‘lashga, millatni yanada kuchliroq qaror topishiga va umuman, xalqning farovonligini ta’minlashga yaqindan yordam
beradi va asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limga bu kabi munosabatda bo‘lish,
koreys xalqi uchun tabiiy bir holatdir va aynan mana shu holat mamlakatning
muvaffaqiyati uchun kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

Kareya ta’lim tizimida ta’lim texnologiyalarini qo’llanilishi.

Janubiy Koreyada boshlang`ich maktabda o’qish 4 yil emas, balki 6 yil davom etadi.

Janubiy Koreya dunyoda Singapurdan keyin ikkinchi bo’lib, o’z maktablari, hattoki qishloqlar va orollardagi maktablarni kompyuterlar bilan to’liq jihozladi.

Bu o’quv jarayoni samaradorligidan tashqari darsliklar, ko’rgazmali qo’llanmalar chop etish, kutubxonalarni saqlash va hokazolar uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirgan holda iqtisodiy samara berdi;

Janubiy Koreyada 25–37 yoshdagi fuqarolarning 97 foizi shu tufayli oliy ma’lumotga ega va bu butun dunyoda eng yuqori ko’rsatkich hisoblanadi.

Janubiy Koreyada birgina oliy ta’lim doirasida oddiy kollej va
universitetlar bilan bir qatorda kasb-hunar-texnika kollejlari, kollej maqomiga
ega boshqa o’quv yurtlari, ochiq va sirtqi universitetlar ham bor.

O’quv yurtlari tomonidan maxsus va umumta’lim kurslarini tanlash imkoniyati berilgan.

Osiyo ta’lim modeli Yevropa modeliga qaraganda ancha mukammal. Jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Tayvan (Xitoy) dunyoda eng yaxshi milliy ta’lim tizimiga ega.

1945 yilda Koreyaning AQSh tomonidan ishg`ol qilinishi bilan bu erda Amerika tizimi asosidagi ta’limga asos solindi: olti yillik boshlang`ich ta’lim, olti yil kichik va katta maktab hamda to’rt yillik oliy ta’lim. 9 yillik ta’lim majburiy bo’lgan.

1980-yillardan boshlab ilmiy sig`imi yuqori kasblar Koreya Respublikasida eng nufuzli hisoblanadi. Mamlakat milliy ta’lim dasturining muvaffaqiyatini statistik ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda. 1945 yilda aholining 22% ma’lumotga ega bo’lgan bo’lsa,1970 yilga kelib bu ko’rsatkich 87,6 ga, 1980 yilda esa 93%ga etdi. Koreys talabalari matematika va aniq fanlar bo’yicha xalqaro musobaqalarda yaxshi ko’rsatkichlarga erishmoqdalar. Davlatning ta’lim tizimini rivojlantirishga ajratayotgan mablag`lari ham kishini hayratda qoldiradi: 1975 yilda ular 220 mlrd. vonni tashkil etgan bo’lsa, bu YaIMning 2,2 yoki jami byudjetning 13,9%ni tashkil etadi. 1986 yilga kelib esa, bu raqam 3,76 trillion vonga, ya’ni YaIMning 4,5% va byudjetning 27,3%ga teng bo’ldi.

Tojikistonning Xo'jand shahridagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarimiz.



Hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan respublikamiz oliy ta'lim muassasalarini dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik olib borishlari uchun kơplab qaror va farmonlar chiqarilmoqda. Bundan asosiy maqsad oliy ta'lim tizimini nada rivojlantirish, nufuzli universitetlar ơrtasida ikki tomonlama shartnoma va memorandumlar imzolash kơzda tutilgan. Ơzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 martdagi PQ-3596-sonli qarori hamda Ơzbekiston Respublikasi Oliy va ơrta mahsus ta'lim vazirligining 2018 yil 19 martdagi buyruği asosida Andijon davlat universiteti Tojikistonning bir qator oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yơlga qơyish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tojikiston Respublikasi Xơjand davlat universiteti rahbari tining #38-011-682-sonli aloqa xatiga kơra ADU vakillari sifatida ilmiy ishlar bơyicha prorektor B.Rasulov, xalqaro aloqalar bơlimi boshliği F.Alimov, tilshunoslik kafedrasi mudirasi D.Nabieva, Psixologi kafedrasi mudirasi M.Xalimovalar 3-5-may kunlari Tojikiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yơlga qơyish bơyicha xizmat safariga borildi. Delegasi ni Ơzbekiston-Tojikiston chegara joylashgan “Beshariq-Patar” postida Xơjand davlat universiteti vakillari kutib oldilar. Xơjand davlat universiteti bosh binosi oldida mehmonlarni milliy libos va gullar bilan talabalar va universitet rahbarini qarshi oldilar. Universitetning kichik majlislar zalida rektor prof. Jamshid Jơrazoda boshchiligida ơquv, ilmiy, ma'naviy, xalqaro aloqalar bơyicha prorektorlar, universitetning barcha fakul tet (ơn sakkazta) dekanlari va kafedra mudirlari bilan uchrashuv bơlib ơtdi. Ma'naviy-ma'rifiy sohada ikki qardosh mamlakatlarning xalq oğzaki ijodlari hamda san'at sohasida hamkorlik olib boriladi. Xalqaro loyihalarni amaliёtga tadbiq tish shu bilan birga universitetning xalqaro maydondagi nufuzini nada oshirish zasidan chora-tadbirlar rejasi takomillashtirildi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish