I tuslanishdagi fe’llar - āre qo‘shimchasiga ega:
dāre - bermoq
II tuslanishdagi fe’llar cho‘ziq -ēre qo‘shimchasiga ega:
miscēre - aralashtirmoq
III tuslanishdagi fe’llar qisqa -ĕre qo‘shimchasiga ega:
solvĕre - eritmoq
IV tuslanishdagi fe’llar -īre qo‘shimchasiga ega:
audīre - eshitmoq.
Lotin tilida fe’llarning ikkita nisbati bor:
genus activum – aniqlik nisbati
genus passivum – majhullik nisbati.
Lotin tilida fe’llar ikkita songa ega:
numerus singularis – birlik son
numerus pluralis – ko’plik son.
Mashq
1. Quyidagi fe’llarni tuslanishiga ko`ra guruhlarga ajratib yozing.
Adděre, audīre, miscĕre, curāre, extendĕre, colāre, finīre, formāre, recipěre, dāre, continēre, vertĕre, servāre.
13-§. Fe’lning lug’at shakli
Lug’atda fe’l hozirgi zamon I shaxsda -o qo’shimchasi bilan to’liq yoziladi. Keyin fe’l noaniq shaklining oxirgi uchta harfi yoziladi va fe’lning tuslanishi raqam bilan ko’rsatiladi.
Masalan: signo, āre - I tuslanish
misceo, ēre – II tuslanish
divido, ĕre – III tuslanish
audio, īre – IV tuslanish
Do'stlaringiz bilan baham: |