4-AMALIY MASHG`ULOT: So‘z turkumlari. Fe‘l. Fe‘l negizi. Fellarning buyruq mayli
11-§. So‘z turkumlari
So‘zlarning ma‘no va grammatik jihatdan o‘hshashliklariga ko‘ra ayrim leksik-grammatik turlarga bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan guruhlarga so‘z turkumi deyiladi.
Lotin farmatsevtika atamashunosligida (terminologiyasida) quyidagi so‘z turkumlari ishlatiladi1:
1. substantivum – ot
2. adjectivum –sifat
3. pronomen – olmosh
4. numerale – son
5. verbum – fe‘l
6. adverbium – ravish
7. praepositio – old qo‘shimcha (ko‘makchi)
8. conjunctio – bog‘lovchi
9. interiectio – undov
10. particula – yuklama
12-§. Fe’l
Predmetning ish - harakatini ifodalovchi so‘z turkumiga fe’l deb ataladi. Lotin tilida fe’l o‘zbek tilidagidek shaxs-son, zamon va mayl bilan tuslanadi.
Lotin tilida fe’llar to‘rtta turda tuslanadi. Noaniq shaklda:
Do'stlaringiz bilan baham: |