Eukariot hujayraning tuzilishi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma xil tuzilgan. Ularda haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Bir hujayrali suv o’tlari, zamburug’lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo’lgan o’simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi.
O’simlik va hayvon hujayra tuzilishiga ko’ra umumiy o’xshashlikka ega bo’lib, o’z navbatida ma’lum qismlari bilan farq qiladi.
Har bir hujayra plazmatik membrana-plazmolemma, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan.
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda bilan ajralib turadi. Yadrodan tashqari hujayraning ichidagi barcha tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb nomlanadi.
Sitoplazma -grekcha sitos - idish, plasma- shira hosil bo’lish degan ma’noni anglatadi.
-rasm. O`simlik hujayrasining sxematik tuzilishi.
-rasm. Hayvon hujayrasining sxematik tuzilishi.
Eukariotik hujaralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo’lib, gioplazma, hujayra organellari va kiritmalardan tuzilgan. Bu qismlar sitoplazmada bo’lishi shartdir. Bu qismlar bir biri bilan bog’liq holda kelishib ishlaydi.
Yadro: yadrocha, xromatin , karioplazma (yadro shirasi) va kariolemma (yadro qobig’i) dan iborat.
Yorug’lik va elektron mikroskop orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib, hujayraning qismlarini quyidagi sxemada ifoda etish mumkin.
Tuzilishi. O’simlik hujayrasi odatda uch qism: ancha muncha qattiq va mustahkam, uglevod tarkibli ustidan o’rab turadigan po’st; hujayrani tirik qismi, unda yorug’likdan foydalanib ishlatiladigan mikroskoplarda bitta katta yoki 2-3 ta o’rtada joylashgan tiniq vakuola, hujayra po’sti va vakuola orasida sitoplazma; yadro, plastidlar va mitoxondriylar ko’rinadi.
Po’sti va vakuola sitoplazma faoliyatining mahsuloti bo’lib, hujayra hosil bo’lishining ma’lum davrida paydo bo’ladi. Protoplast ancha murakkab hosila, unda tuzilishi va mahsus vazifalarni bajarishga ihtisoslashgan organella (yoki organoid) deb ataladigan qismlar mavjud (-rasm). Hujayraning organellalariga yadro, plastidlar, mitoxondriylar, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, diktiosomalar, peroksisomalar (mikro tanachalar), lizosomalar mavjud. Organellalar ularning aloqadorligini ta’minlaydigan gialoplpzmani ichida joylashadi. Gialoplazmani organellalar bilan yadrosiz holdagisiga sitoplazma deyish odat bo’lgan. Organellalarning tuzilishidagi hususiyatlar va miqdoriy nisbatlari hujayraning u yoki bu yo’nalishdagi faoliyatini belgilaydi.
Turli o’simliklar va hayvonlarning hujayralaridagi organellalar molekulyar va kimyoviy tarkibiga ko’ra o’zaro yaqin tuzilishga ega. Bu ularning bajaradigan vazifalarining o’xshashligini belgilaydi. O’simliklar va hayvonlardagi asosiy hayotiy jarayonlarning umumiyligini namoyon qiladi. Shunga qaramay ular orasida juziy farqlar mavjud. Zero o’simliklar hujayrasining o’ziga hos tomonlaridan plazmodesmalar bilan teshilib ketgan pishiq, mustahkam po’stni, plastidlarni, ko’p hollarda markazda joylashgan katta hajmli vakuolani bo’linishi hisoblanadi. Bu hususiyatlar bir joyda o’sib hayot kechiradigan, skeleti yo’q, avtotrof va ajratadigan tashlandig’ini chiqarib yuboradigan tuzilmasi bo’lmagan yoki sezilarli namoyon bo’lmaydigan o’simliklar hujayralariga hosdir. O’simliklar hujayralariga hos hususiyatlaridan po’sti va vakuolani cho’zilish yo’li bilan o’sishi. Bu holdagi o’sishda hujayra o’lchamining kattalashuvi protoplastni emas vakuola hajmining ortishi hisobiga ro’y beradi. Hayvon hujayralaridan farqlanib yuksak, ya’ni murakkab tuzilishli o’simliklar hujayralarida bo’linishda ishtirok etadigan hujayra markazi sentriola yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |