3-rasm. Prokariot (bakteriya) hujayrasining sxematik tuzilishi
1-hujayra qobig`i; 2-plazmatik membrane; 3-stoplazma; nukleotidlar; 5-ribosoma;
6- xivchin
Radioavtografdan aniqlanishicha bakteriya DNK si halqasimon holdagi, uzunligi 1 nm keladigan ip ekanligi aniqlandi.
Bakteriyalardagi DNK molekulasi bitta xromosomada joylashgan va unda asosiy
irsiy ma’lumotlar to’plangan. Bakteriyalarning hujayralarida xromosomalardan tashqari plazmidalar deb ataladigan elementlar ham topiladi. Plazmidalar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik va qo’sh zanjirli DNK molekulasidan iborat. U ham halqasimon tuzilgan bo’lib, 15000 dan 40000 gacha juft nukleotidlardan iborat, hamda xromosoma DNK siga bog’liq bo’lmagan holda replikatsiyalana oladi. Ular bakteriyalarda jinsiy jarayonning borishini nazorat etuvchi (G’-omil), dorivor moddalarga chidamlilikni ta’minlovchi (R-omil), yaqin qarindosh bakteriyalarning halokatiga sabab bo’luvchi modda-bakteriotsitlar sintezini amalga oshiruvchi (Col-omil) kabilardir.
Hujayra o’ramasi. Kapsulani qalinligiga qarab, u ancha yupqa bo’lsa mikrokapsula deyilib, uni faqat elektron mikroskop orqaligina mahsus bo’yoq bilan bo’yagandan keyin ko’rish mumkin. Mikrokapsulani qalinligi 0,2 mkm gacha boradi. Shilliqning qalinligi 0,2 mkm dan katta bo’lsa makrokapsula deyiladi va ayrim hollarda uni o’lchami hujayranikidan ham katta bo’lishi mumkin. Hujayra shillig’i doimo maxsus tuzilishli bo’ladi. Agarda maxsus tuzilishli bo’lmasa, u holda uni "o’rama" ham deyiladi.
Hujayra kapsulasi uning doimiy qismlariga kirmaydi. Agarda kapsulani hujayra yuzasidan olib tashlansa, hujayra o’sib, o’z faoliyatini davom ettiraveradi.
Bakteriyalarning kapsulasi ko’p qavatli fibrill tuzilishiga ega. Fibrillalar hujayra devori bo’ylab yoki unga tik yo’nalishlarda joylashadi.
Kapsulaning asosiy vazifasi-himoyadir. U hujayraning tashqi muhitning noqulay turlicha ta’sirlaridan saqlaydi. Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarda kapsulani mavjudligi odatda shtammning yuqtirishi bilan bog’liq. Kapsulaning yo’qolishi bilan bu mikroblarda kasallik yuqtirish xususiyati yo’qoladi. Tuproqdagi mikroorganizmlarning kapsulasi ularni qurg’oqchilik davrida qurib qolishidan saqlaydi. Kapsulaning mavjudligi mikrobni raqobatdorligini oshiradi, deb xisoblaniladi. Ko’p hollarda u hujayraga fagni kirib qolishidan saqlaydi. Hujayraning shillig’i bakteriyani biror narsaga biriktirib turishini, ayrim hollarda uni harakatini ham taminlaydi.
Xivchinlar-bakteriyalar hujayrasining ustidagi o’simtalar bo’lib ular yordamida harakatlanadi, ular rivojlanishining ma’lum davrlaridagina hosil bo’ladi.
Endospora va uni hosil bo’lishi. Sporalar bakteriya hujayrasining sitoplazmasida hosil bo’lganligi uchun endosporalar ham deb yuritiladi. Ular yumaloq, yoki biroz cho’ziq ko’rinishlarda yuzaga keladi. Sporalar noqulay sharoitda hosil bo’ladi. Sporaning hosil bo’lishi, ularni ko’payishi uchun emas, balki organizmni tur sifatida saqlab qolishi uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |