V.Darsni yakunlash.
2-DARS: Fan: Odobnoma
Sinf: 2 Mavzu: “Odob-inson ziynati.”
Darsning maqsadi: Bolalarda odob-ahloq madaniyatini tarbiyalash.
Darsning tarbiyaviy jihatlari: Orastalik, rostgo‘ylik, madaniy nutqni egallash, mehnatsevarlik, insonparvarlik.
Darsning turi: Mustahkamlovchi.
Darsning tipi: Noan’anaviy.
Darsning usuli: Suhbat, ko‘rgazmalilik, bahs-munozara, klaster.
Darsning jihozi:Sahna ko‘rinish,rasmlar, klaster topshiriq, tarqatma didaktik materiallar(test), sinf doskasi.
Darsning texnik jihozi: Magnitofon
Kutilyotgan natija: O‘quvchilarda odob-axloq madaniyati, orastalik, rostgo‘ylik, madaniy nutql malakasi, mehnatsevarlik hamda insonparvarlik kabi fazilatlari shakllanib, amalda namoyon bo1`adi.
Darsning borishi:
I. Dars kirish suhbati bilan boshlanadi. O‘qituvchi bolalarga avvalgi o‘tilgan mavzular: tartibli, intizomli bo‘lish, doimo ziyrak va rostgo‘y hamda, insonlarga iltifotli bo‘lishni eslatadi.(3 daqiqa)
1-sahna ko‘rinish namoish etiladi:
Bir xonadonning eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlaydi. Uyda bola dars tayyorlab o‘tirgan bo‘ladi. Eshikni erinibgina “uf” tortib turib, eshikni ochadi. Eshik ortida turgan keksa odamga salomni ham kanda qilib, qarab turaveradi. Shunda mehmon:
Yaxshimisan bolam. Dadang, oying uydamilar?, -deb so‘raydi.
Yo‘q, ular ishga ketishgan,- deb bola qo‘pol ohangda javob beradi.
Ha,shundaymi, men G‘azalkent qishlog‘idan kelgandim, qarindoshingiz bo‘laman,-deydi hijolatomuz ohangda mehmon.
Bola qariyaga unchalik iltifot ko‘rsatmay “kiring” deydi. Keksa kishi stulga o‘tirib, olib kelgan mevalarni stolga qo‘yadi. Bola esa beparvo, o‘tirib darsini davom ettiradi.
Keksa bu manzarani ko‘rib xayron, boshini sarak-sarak qiladi.
Shu payt bolaning akasi kelib qoladi va keksa kishi bilan salomlashib, darrov choy qo‘yib, dasturxonga taklif qiladi. Shunda mehmon:
Balli bolam, juda chanqab kelgan edim, umringdan baraka top,- deydi va sahna tugab, o‘qituvchi o‘quvchilardan lavha yuzasidan fikrlarini so‘rab, ko‘rganlari muhokama qilinadi.
O‘quvchilar o‘zaro baxslashib, fikrlarini bildirgach, o‘qituvchi o‘z fikri bilan to‘ldirib, javoblarni umumlashtiradi.(7 daqiqa)
2-sahna ko‘rinish:
Bir ayol bolasini ko‘tarib ketayotganida hamyoni tushib qoladi. Bir ozdan so‘ng, ikki bola uni topib olib, qarasalar ichida ancha pul bo‘ladi. Buni ko‘rib, bolalardan biri:
Qara-ya, shuncha pullar bor ekan, unga mazza qilib muzqaymoqlar olamiz,-deb, quvonchdan ko‘zlari chaqnab ketadi. Ikkinchi bola:
Yo‘q, nimalar deyapsan. Ahir, bu hamyon birovniki-ku! Uni mahallamiz millitsiya punktiga olib borib beramiz,-deydi. Birinchi bola ham bu so‘zlardan so‘ng, o‘ylab qoladi va ikkisi millitsiya punktiga borib, topilmani topshiradilar. Millitsiya bo‘limi hodimi:
Balli, bolalar, sizga tarbiya bergan ota-onangizga, ustozlaringizga rahmat. Biz mana bu yerga e`lon yozib qo‘yamiz va hamyon yo‘qotgan odam uni o‘qib, olib ketadi.
Sahna ko‘rinish tugagach, o‘quvchilar tahlil qilib,fikr bildiradilar va o‘qituvchi to‘ldirib, fikrlarni umumlashtiradi.(5 daqiqa)
3-sahna ko‘rinish:
Bir bola darsini tayyorlab o‘tiradi va masalani yecholmay:
Muni, masalamni ishlab ber!-deydi opasiga.
O‘zing o‘ylab yechsang bo‘ladi-ku, men senga tushuntirib beraman-deydi opasi.
Yo‘q, ishlab ber!- deydi bola yig‘lab…
O‘zing ishla!
Bola yig‘lab qog‘ozni g‘ijimlab otib yuboradi va sahna tugaydi.
O‘qituvchi: Bolalar,siz bularning odob-ahloqi haqida nimalar deya olasiz?
Bolalar ko‘rganlarini tahlil qilib, muhokama qilgach, barcha sahnalardan olingan taasurotlar umumlashtiriladi.(5daqiqa)
O‘qituvchi:
Endi yozuv tahtasiga yaxshi, yoqimli so‘zlar va yoqimsiz so‘zlarni yozing,-deydi.
Bolalar vazifani bajargach, o‘qituvchi:
Bizning lug‘atimizda, nutqimizda qaysi so‘zlar bo‘lishi kerak?
Yaxshi, yoqimli so‘zlar bo‘lishi kerak,-o‘quvchilar.
Balli bolalar, yozuv taxtasiga yozilgan yoqimsiz so‘zlarni o‘chirib tashlaymiz va faqat yoqimli so‘zlarni nutqimizda ishlatamiz.(5 daqiqa)
O‘qituvchi yozuv taxtasiga avvaldan ilib qo‘yilgan odob-ahloq haqidagi ko‘rgazmani ko‘rishga bolalarning e’tiborini jalb qiladi:
O‘qituvchi:
-Demak, shoir Obid Rasul ta`riflaganidek
Odob so‘zi bir so‘z o‘zi,
Aytaversak turi ko‘p…
Hammangizni odobli, ahloqli, yoqimtoy, bilimdon, mehnatsevar bo‘lasiz deb umid qilaman.
Endi bolalar, men sizga bir topishmoqli she`r aytaman, siz bu she`rni kim haqida ekanligini toping.
Yoqimli kuy sadosi yangraydi va o‘qituvchi she`rni ifodali o‘qiydi:
* * *
Shirinsiz nega buncha,
Qalbimda ungan g‘uncha.
Sizlarga mehrim shuncha,
Qarab aslo to‘ymayman.
* * *
Siz borsiz-u, men borman,
Sal ko‘rmasam humorman.
Sizla baxtga boyman,
Doim-doim birgaman.
* * *
O‘ynang bag‘rim so‘lim bog‘,
Ko‘ksim qulamas bir tog‘,
Sizla doim ko‘nglim chog‘.
Umidim katta sizdan,
Mard o‘g‘il, lobar qizdan.
Bolalar bu she`rni ona haqida ekanini topganlaridan so‘ng, o‘qituvchi:
Barakalla. Bolalar, mana qish fasli tugab, o‘z o‘rnini qaysi faslga beradi?
Bahor fasliga.
Balli, bilag‘on bolalar. Endi aytingchi, bahor faslida eng birinchi qaysi bayramni nishonlaymiz?
8-mart Onajonlar bayrami.
Qani aytingchi, bayramga buvijoningiz, onajoningiz va opa-singillaringizga qanday sovg‘alar tayyorlaysiz?
…
Bilasizmi bolalar, o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlagan sovg‘angiz, yozgan tabriknomangiz onangiz uchun juda qadrli. Yana eng yaxshi sovg‘a, bu sizning odobingiz, shirinso‘zingiz, mehribonchiligingiz va a`lo o‘qishingizdir…(15 daqiqa)
Do'stlaringiz bilan baham: |