Tanqidiy fikrlashni shakllantirish bosqichlari
I- tayyorlov
|
“Millatlararo totuvlik” mavzusini, maqsadini, konseptual asoslarini, uning didaktik asoslarini aniqlaydi va ifoda etadi. Qiziqtiruvchi savollar va asosiy fikrlarni shakllantiradi. Zarur o‘quv materiallarini tayyorlaydi.
|
Mavzu maqsadini anglashga tayyorlanadi
|
Mavzu maqsadini anglashga tayyorlanadi
|
Dav’at
|
II-O‘quv mashg‘ulotlariga kirish
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishini aniqlaydi, o‘z mulohazalarini bildiradi va o‘quvchilarga o‘z nuqtai nazarlarinbi bayon etishni taklif etadi. “Pinbord” strategiyasini tanishtiradi. Munozara boshlanishini tezlashtirish uchun bir nechta tayyorlangan savollarni beradi
|
Munozara davomida mavzuni ishlab chiqadilar
|
O‘quv materialida taqdim qilingan axborot tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo‘lib xizmat qildi; mustaqil fikr bildirishga harakat qildilar boshqalarnikidan mustasno holda o‘zining g‘oyasi, baholashi va ishonchlariga ega bo‘lishdi;
|
|
III-O‘z xulosalarini yozma bayon etish
|
Kuzatadi
|
Munozara davomida shakllangan fikrlarni asosiy xulosalar ko‘rinishida qog‘oz varag‘i yoki maxsus kartochkalarga yozib, doskada taqdim qilishga tayyorlanadi.
|
|
|
IV- umumlashtirish
|
Maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan ko‘mak berish
|
O‘quv guruhining 2-3-a’zosi o‘rtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydi va guruhlarga bo‘ladilar
|
Axborotlarni tizimlashtiradilar. Guruh jadvallarini tuzadilar o‘zlari nimani o‘ylaganlarini va bilganlarini muhokama qiladilar. egallanishi lozim bo‘lgan millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, empatiyaga moyillik kabi kategoriyalar mohiyati yoritilib, ularni tushunib olishga muvoffaq bo‘lindi
|
|
V-Yakun yasash, tahlil qilish va natijalarni baholash
|
O‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi. Maqsadga erishishning muvoffaqiyatligini tahlil qiladi, keyingi o‘quv maqsadlarining istiqbolini belgilaydi.
|
O‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi. Maqsadga erishishning muvaffaqiyatligini tahlil qiladi, keyingi o‘quv maqsadlarining istiqbolini belgilaydi.
|
Savollarga javob beradilar. Matnni o‘qiydilar va quyidagi belgilarni qo‘yadilar v-bilaman –tasdiqlayman;
+ yangi axborot;
men bilganlarga zid axborot;
? –meni o‘ylantirib qo‘ydi;
juftliklarda ishlashadi, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan fikr almashadilar.
|
Refleksiya mushohada: analiz-sintez umumlashtirish
|
Ushbu munozara –debat darsida pinbord strategiyasi orqali o‘quv materiali idrok qilinganda:
birinchidan, o‘quvchilar mustaqil fikr bildirishga harakat qiladilar, ya’ni har bir o‘quvchi boshqalarnikidan mustasno holda o‘zining goyasi, baholashi va ishonchlariga ega bo‘lishdi;
ikkinchidan, o‘quv materialida taqdim qilingan axborot tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchidan, egallanishi lozim bo‘lgan millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, empatiyaga moyillik kabi kategoriyalar mohiyati yoritilib, ularni tushunib olishga muvaffaq bo‘linadi;
to‘rtinchidan o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor ma’lumotlarni ishonchli asoslashga harakat qilishadi va boshqa qarorlar ham bo‘lishi mumkinligini tan olishadi, lekin o‘zlari tanlagan qaror boshqalarnikiga nisbatan eng mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qilishadi.
Xullas, yuqoridagi kabi darslarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash orqali mustaqil fikrlash malakasini shakllantirilishini ta’minlar ekan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda odobnoma darslarini asosiy g‘oyasi o‘quvchilarning milliy ruhda, yuksak madaniyat, ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi va o‘z qarashlarini himoya qilishga qodir, barkamol avlodni voyaga yetkazish va Vatanimizga munosib merosxo‘rlarni tarbiyalashdir. Bunga erishish ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiya beruvchi pedagoglarning fidoyiligi, izlanuvchan va intiluvchanligiga bog‘liq ekanligi yuqoridagi keltirilgan misollarimizdan ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |