Darsning borishi:
I. Bu darsni o‘tkazish uchun sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘linadi (qator bo‘yicha) va o‘yin mazmuni tushuntiriladi:
Bolajonlar, bugungi darsimizni o‘yin tarzida o‘tamiz. Buning uchun sizlarni uch guruhga ajratib olamiz .Har bir guruh berilgan topshiriqlarni tez va to‘g‘ri bajarganligi, chiroyli nutqi, odob bilan so‘zlashishiga qarab baholanadi. Dars davomida eng yahshi guruh, eng faol guruh va eng shirinso‘z guruh nomini olishga intiling. Har bir to‘g‘ri javob uchun qizil jeton, o‘rta javob uchun sariq jetonlar berib boriladi va albatta guruhdagi holatga qarab yuqoridagi aytilgan darajalar berilib, buning uchun ham ballar ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |