O'quvchi: - Islom xalifaligini tiklab, uning Bayrog'i ostida musulmon xalqlarining yangi imperiyada birlashtirishga qaratilgan intilishlar:
O'quvchi: - Jaholatga eltuvchi sayoz g'oyalarni yoyib, xalqni ma'naviy jihatda buzishga intilishadi.
O'quvchi: - Turli mafkuraviy vositalar orqali minta-qaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar
O' qituvchi: - Hozirgi zamonda g'oyaviy ziddiyatlarni demokratiya va plyuralizm tamoyili asosida hal qilish imkoniyatlari ochila boshladi. Shuning uchun ham prezident Islom Karimov tomonidan yuksak mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan g`oyaga qarshi g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqatgina ma'rifat bilan kurashish haqidagi tamoyil maydonga tashlandi.
Shuning uchun ham yurtboshimiz ta'lim tizimini isloh qilishga alohida e'tibor berdi.
"Ta'lim to'g'risida"-gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o 'tmishdan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to' la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratishdan iboratdi.
Kelajagi buyuk davlat barpo etish, avlodlarga ozod va obod Vatanni meros qoldirish borasidagi olijanob ishlar taqdiri, oxir - oqibatda, yoshlarni ilm fan yutuqlari va zamonaviy kasblarni nechog' lik mukammal egallashiga bog'liq. Binobarin, barkamol avlodni tarbiyalash O'zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning eng muhim shartidur. Hulosa qilib aytadigan bo'lsan, mustaqillik - o'zaro hurmat, bir-birini tan olish, qadrlash, umuminsoniy qadryatlarga tayanish, o' z istiqbolini o 'u lash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
“MUSTAQILLIK DARSI” DA OLINGAN BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH.
Mustaqillik darsi o'tib bo'lingach, sinf o'quvchilari uch guruhga bo'linadi. Ularga o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan topshiriqlar yozilgan kartochkalar topshiriladi. Bundan ko'zlangan maqsad o' quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, mantiqiy fikrlashga undash va mavzuni mustahkamlashdir. Guruhlarga berilgan savollarga FSMU texnologiyasi asosida javob berish so'ralari, ya'ni: F -fikrlang: S - sabab ko'rsating: M -misol keltiring: U - umumlashtiring.
Guruh a'zolari berilgan vazifaga b irgalikda tayy orgarl ik ko' rishadi. tayyorlanish uchun 5 daqida ajratiladi. Guruhlar nomidan bittadan o' quvchi guruh a'zolarining fikrlarini bayon qiladi. tayyorlanish jarayonida o' quvchilardan o' z fikrlarini daftarga yozish so'raladi. Guruh a'zlari bir-birlarining fikrini to' ldirib, baxs -munozaraga kirishishlari mumkin.
O'qituvchi: Yurt tinchligi Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog'liqdir. Birovga qaram bo'lgan xalq hech qachon erkin yashay olmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim.
Darsni uakunlash va o' quvchilar bilimini baholash:
O' qituvchi darsga yakun uasaydi. Mavzu yuzasidan o' quvchilami qiziqtirgan savollarga javob beradi. Darsda faol ishtirok etgan guruhni, o' quvchilami aniqlab ko' rsatadi, baholami e'lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |