4 –Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha ta’lim xujjatlariga qo‘yiladigan talablar.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi : О‘zbekiston Respublikasida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash о‘quv jarayoni ta’lim xujjatlarini о‘rganish.
Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i:
Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha ta’lim xujjatlarini о‘rganish uchun T-sxema texnikasidan foydalanish
Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bо‘yicha ta’lim xujjatlarini о‘rganishda tushunchalar taxlilini tо‘ldirish
Amaliy mashg‘ulot savollariga javob berish xisobot tayyorlash
Qо‘llaniladigan metodika: T-sxema, tushunchalar taxlili, kichik guruxlarda ishlash
Nazariy qism
Avtotransport vositalarini boshqarishga о‘rgatish о‘quv dargoxlarining о‘quv jarayonlarini rejalashtirish, ta’lim muassasasi raxbariyati, о‘qituvchilar va instruktorlarni mehnat faoliyat bosqichlari maqsadi xaqida chuqquroq yondoshishlariga yordam beradi. Qolaversa turli fan mavzularining bir biriga aloqadorligi, nazariy ta’limning amaliyotga bevosita bog‘lab о‘tishning muxim jixatlarini xis qilishga yordam beradi.
О‘quv jarayonining qa’tiy rejalashtirilishi, о‘quv tarbiyaviy jarayonning ratsional tashkillashtirilishiga va ta’lim dasturlarining sifatli, tо‘liq va vaqtida bajarilishi uchun yetarli bо‘lgan barcha imkoniyatlarni beradi.
Barcha о‘quv tashkiloti raxbariyati va о‘qituvchi instruktorlar, mustaqil ravishda pedagogik va metodik adabiyotlarni о‘rganish, о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va metodikasida vujudga kelayotgan muammolar yechimini muxokamasida faol qatnashish, individual mashg‘ulotlarni bajarish kabi ishlarni bajarish kerak bо‘ladi.
Xaydovchilarni tayyorlash ta’lim-tarbiya jarayonining ahvoli, о‘quvchi va instruktorlarning tayyorgarlik darajasi, kasbiy malakasiga, pedagoglik mahoratiga, madaniyat darajasiga bog‘liq. Bunda pedagoglarning metodik ishlari juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yakka tartibdagi metodik ish butun о‘quv jarayoniga tuzilgan reja bо‘yicha olib boriladi. Unda о‘qituvchi instruktor о‘z pedagog mahoratlarini va о‘z bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida yakka tartibdagi metodik topishiriqlari nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: mavzular bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlash; о‘quv dasturning eng qiyin mavzulari bо‘yicha metodik kо‘rsatmalar tuzish; anchagina mehnat qilinishi talab qilinadigan muammoli izlanish ishlarini belgilaydi. Bu topshiriqlar har bir pedagog uchun majburiy minimum hisoblanadi.
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni о‘rgatish bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun о‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bо‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan о‘quv rejasi va fanlarning о‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turli toifalarning о‘quv rejalari, toifalarga qо‘yilagan talablardan kelib chiqqan xolda ta’lim standarti va О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun asosida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |