|
|
bet | 2/2 | Sana | 07.03.2022 | Hajmi | 121,79 Kb. | | #485615 |
| Bog'liq 4-амалий машғулот
Ishni bajarish tartibi:
Barg suyuq azotda muzlatilib, gomogenizatsiya qilinadi (1-rasm).
600 mkl 2xSTAB solinadi va 600 C avtoblotga 20 minutga qo’yiladi (har 5 minutda aralashtiriladi).
Ustiga 600 mkl xloroform:izoamil (24:1) solinib, 2 minut qattiq aralashtiriladi.
5 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatantning yuqorisidan 600 mkl boshqa probirkaga olinadi.
Ustiga 60 mkl 10x STAB solinib aralashtiriladi.
Keyin ustiga 600 mkl xloroform:izoamil (24:1) solinib, 2 minut qattiq aralashtiriladi.
5 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatantning yuqorisidan 600 mkl boshqa probirkaga olinadi.
Ustiga 1:1 nisbatda STAB precipitation solinadi va 600 C avtoblotga 30 minutga qo’yiladi.
3 minut/14 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatant to’kiladi.
Cho’kma ustiga 300 mkl High salt solinadi va 5 minut vorteks qilinib, so’ng 15 minut xona haroratida saqlanadi.
Ustiga 180-200 mkl izopropanol solinadi va 2 minut sekin aralashtiriladi. Keyin -200 C ga 20 minut qo’yiladi.
15 minut/10 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va supernatant to’kiladi.
Cho’kma ustiga 600 mkl 70 % li spirt solinib, 5 minut aralashtiriladi.
3 minut/14 000 aylanmada sentrifuga qilinadi va spirt to’kiladi. (cho’kma spirt bilan 2 marta yuviladi).
Cho’kma, ya’ni DNK kontsentratorda 10-15 minut quritiladi.
Cho’kma ustiga 100 mkl TE bufferi solinib, vorteks qilinadi, short sentrifuga qilinadi va 200 C muzlatgichga qo’yiladi.
1-rasm. Bargni gomogenizatsiya qilish jarayoni
Nazorat savollari va topshiriqlar
DNK ni ajratish va tozalashda qaysi usuldan foydalanish nimaga asoslanadi?
DNK ni juda aniqlik bilan olish uchun o’simliklarning qaysi organlaridan ajratish juda qulay?
O’simlik to’qimalaridan genom DNK ajratishda ishlatiladigan asbob va jihozlarni ayting va ular qanday funktsiya bajaradi?
DNK ajratish uchun namunalar yig’ish qanday amalga oshiriladi?
DNK ajratish uchun qanday buferlar ishlatiladi?
STAB metodi yordamida o’simlik to’qimalaridan genom DNK ajratishda qaysi asbob va uskunalardan foydalaniladi?
O’simlik to’qimalaridan genom DNK ajratishda kerakli reagentlar?
Genomikadan amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan barcha asbob va uskunalarning ishlash tartibini va uning nima maqsadda ishlatilishini o’rganing.
Genom DNK sini ajratish uchun tuzilgan protokolni yaxshilab o’rganing va o’zlashtiring.
DNK ajratish uchun buferlar tayyorlash va genom DNK sini ajratish bo’yicha tuzilgan protokollarni daftarga yozing va amalda bajarishni o’rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|