Sun`iy changlar: sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri natijasida hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida cho`yan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida va hamda tosh tsexlarida, issiqlik elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish ishlarida er qazish, portlatish, tsement ishlab chiqarish, shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p ishlarda ko`plab miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday havfli sanoat changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Kelib chiqishi buyicha organik, mineral va aralashma changlar mavjud. CHangning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. CHangning kattaligi (ya`ni dispers tarkibi) buyicha uch guruxga bo`lib qaraladi:
a) kattaligi 10 mkm dan katga bulgan changlar yirik chaiglar deb ataladi. Odatda bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi;
b) katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bulgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bulganda, masalan, yomg’ir, qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir zarralarga ilashib qo`nishi mumkin;
v) kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bulgan changlar ul’tra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi.
Nafas olish organlarining individual himoya vositalari. Nafas olish organlari fil’trlovchi va izolyatsiyalovchi individual himoya vositalari yordamida himoyalanadi. Fil’trlovchi individual himoya vositalari hajm buyicha nafas olinadigan havoda kislorod 18 % dan kam bulmaganda va zararli moddalar kontsentratsiyasi cheklanganda qo`llaniladi.
KIP-8 nafas olish organlari, ko'z va yuz qismini istalgan turdagi kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalardan, havoda kislorod miqdori kam yoki umuman bo'lmagan sharoitda, shuningdek filtrlovchi gazniqob tutib qola olmaydigan zaharli moddalar bilan zaharlangan hududda foydalaniladi.
Moslama shlem maska, nafas olish va chiqarish klapan karobkalar, regenerativ patron, nafas olish rezina qopi (ortiqcha bosim chiqarish klapanlari bilan), kislorod balloni, quyi biriktirilgan karopkalar, kislorodnogo ballona, kislorod berishga mo'ljallangan mexanizm va korpusdan iborat.
1.-rasm.Portativ nafas olish moslamasi PDU-q (Portativnoe dixatelnoe ustroystvo)
Nafas olish organi va ko'zni himoyalash uchun mo'ljallangan bo'lib, havoning vodorod sul'fid gazi bilan ifloslangan, kislorod miqdori kam yoki umuman bo'lmagan hududda foydalaniladi.
Q o'llanilishi: KTEEM to'qilishi bilan bog'liq avariyani bartaraf etishning birlamchi tadbirlariva jabrlanganlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish. Farqlanuvchi xususiyatlar: PDU-q izolyatsiyalovchi himoya vositasi hisoblanib, (yuz qismi) bir xil o'lchamdan iborat. Yuz qismining tuzilishi so'zlashuvga imkon beradi. PDU-q atrof muhitning harorati -q5 dan +40 0C gacha, namlik 98% gacha bo'lgan sharoitlarida ish qobilyatini saqlaydi.
(1 - regenerativ patron 2 – ishga tushirish moslamasi q – nafas olish qopi 4 – gofrotrubka 5 – niqob)
ASV-2 siqilgan havo bilan nafas olish apparati nafas olish organlarini kimyoviy zaharlangan hududda, shuningdek 20 metr chuqurlikdagi suvda ishlatish uchun mo'ljallangan. Apparatga siqilgan havo saqlash uchun kompozit yoki metall ballonlar o'rnatiladi.
ASV-2 fiziologik ovoz chiqarish moslamasi, sanoat gazniqobi shlem maskasi yoki panoramma maska bilan jihozlangan. Apparatga zaharlangan hududdan jabrlanuvchilarni olib chiqishda qo'shimcha nafas olish moslamasi o'rnatish mumkin.
Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarning fil’trlovchi elementlari maxsus FPTS-15 yoki FPP-u0 materiallaridan tayyorlanadi. Nafas olish organlarini himoyalashda changga qarshi respiratorlar (lepestok, Astra-2, F-62SH, F-62SHM, U-2k, RP-K) dan va gazga qarshi RU-60M, RPG-6u respiratorlaridan keng foydalaniladi (9.10.-rasm).
CHangga qarshi respiratorlar aerozollarning ruxsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 200 gacha bulganda foydalaniladi. Gazga qarshi respiratorlar gaz va bug’larning ruxsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 15 gacha bulganda ishlatiladi. CHangga qarshi respiratorlarni foydalanib bulinganligini mezoni nafas olishni
|
|
|
GP-u gazniqobi
|
GP-uB gazniqobi
|
GP-uBM gazniqobi
|
2-rasm. Gazga qarshi respiratorlar:
og’irlashganligi va fil’trlarni xizmat muddati hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |