2. Faol metod turlari va ularga doir topshiriqlar. 2. Faol metod turlari va ularga doir topshiriqlar. “FSMU” metodi Metodning maqsadi: mazkur metod o‘quvchilarning umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni amalga oshirish tartibi: - o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan fikr (g‘oya, xulosa) aytiladi yoki mavzu yuzasidan o‘z fikr (g‘oya, xulosa)sini aytish taklif etiladi;
- o‘quvchilar quyidagi jadvalni to‘ldirishadi. Bunda
- “F – fikr” (g‘oya, xulosa)ni bayon eting;
- “S – sabab” shu fikr (g‘oya, xulosa)ga kelganingiz sababini ko‘rsating;
- “M – misol” ko‘rsatgan sababingizni isbotlab, misol keltiring;
- “U – umumlashtirish” fikringizni umumlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |