4-5 LABORATORIYa ISHI Mavzu: Elektromagnit relelarni o’rganish va sinash
1. Ishning maqsadi 1. Elektromagnit relening tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish.
2. Releni sinash va uninq quydagi asosiy parametrlarini aniqlash: ishga tushish, qo’yib yuborish, ishchi parametr, qaytish koeffisienti ulangandagi va ishdan to’xtilgandagi zahira (zapas) koeffisienti.
II. Umumiy ma’lumotlar Rele deb, ma’lum bir kirish signali o’zgarganda chiqish kattaligining sakrashsimon o’zgaruvchi elektr asbobga aytiladi.
Elektromagnit relening tuzilishi 2.1- rasmda ko’rsatilgan:
2.1-rasm. Elektromagnit relening sxematik ko’rinishi 1-yakor: 2-o’zak: 3-cho’lgam: 4-prujina; 5- kontaktlar guruxi; 6-xavo oralig’i. Rele cho’lg’amidan o’tayotgan tok magnit maydonni hosil qilib, bu magnit maydon o’zak, magnit o’tkazgich, yakor va xavo oralig’i (δ)orqali ulanadi. Kirish signali o’sganda cho’lg’amning tortish kuchi prujina 4 ning kuchlangandagidan katta bo’ladi va cho’lg’amning o’zagi 2 ga yakor 5 ni tortadi. Bunda reledagi kontaktlar o’zkarining xolatlarini o’zgartirishadi. Relening asosiy ko’rsatgichlari (2.2-rasm.)
1. Ishga tushish ko’rsatgichi – relening ishga tushish paytidagi kirish kattaligining eng kichik qiymati Xi.t.
2. Qo’yib yuborish ko’rsatgichi – relening oldingi xolatiga qautish uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining eng katta qiymati Xq.yu. 3. Qaytish koeffisienti Kq= Xq.yu. / X i.t. 4. Ishchi parametr- rele uzoq vaqt ishlashi uchun zarur bo’lgan kirish kattaligining qiymati (nominal rejimdagi) - Xish 5. Zahira (zapas) koeffisienti:
Ishga tushishda
Qo’yib yuborishda
2.2-rasm. Relening tavsifnomasi. 2.3-rasm. Relening tortma va mexanik tavsifnomalari. Rele asboblari bo’yichabildirgichlarda faqat ishchi parametr va Kq Kz.i.t. Kz.q.yu.koeffisientlar beriladi, ya’ni muxandis uchun kerakli ko’rsatgichlar.
Relening ishi va mexanik tavsifnomalarining moslashuviga bo’g’liq.
Tortma tavsifnoma – bu cho’lg’amning elektromagnit kuchlanganligi va yakor bilan o’zak o’rtasidagi xavo oralig’i bilan yakorning surilishi oralig’idagi bog’liqliqdir.
III. Tajriba qurilmasining qisqacha tavsifi Tajriba qurilmasi stend ko’rinishda tayorlangan bo’lib, unda o’lchash asboblari (ampermetr va voltmetr), sinalayotgan rele (K) va kommutacion apparatlar o’rnatilgan. Qurilmaning prinsipial elektrik sxemasi 3.4-rasmda ko’rsatilgan. SA o’zgartgich orqali sinalayotgan rele K kuchlanish turi tanlanadi. Tajriba avtotransformatori (LATR) yordamida K ga kirish signalining talab qilingan kattaligini tanlash mumkin. Voltmetr pV ampermetr uordamida nazorat olib boriladi.